Yangi o’zbekistonda kambag’allikni qisqartirish va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash muammolari
Reja.
Kirish.
1. . Kamabag‘allik: Daromad tengsizligimi yoki ta’lim olishga e’tiborsizlik?
2. Kambag‘allikni bartaraf etishning yo‘li-tadbirkorlik
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Hozirgi kunda, Respublikada kambag‘allikni qisqartirish borasida qisqa va uzoq muddatlarga mo‘ljallangan strategik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qisqa muddatli chora-tadbirlar asosan, aholini kambag‘allik holatidan qashshoqlik holatiga o‘tish riskini to‘liq bartaraf etishga qaratilgan.
“Hozirgi kunda O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari hamda mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda “Yaqin va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan kambag‘allikni qisqartirish dasturi va konsepsiyasi”ni ishlab chiqish yakunlanmoqda. Shu bilan birgalikda, 2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda”,
“Darhaqiqat, kambag‘allik yo‘nalishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Kambag‘allik tushunchasiga xalqaro tashkilotlar tomonidan bir qator ta’riflar berilgan. Ularning ichida BMT tomonidan taklif etilgan ta’rif keng qamrovli bo‘lib, unga ko‘ra kambag‘allik – bu insonning asosiy ehtiyojlarini, yani shu jumladan oziq-ovqat, toza ichimlik suvi, sanitariya inshootlari, sog‘liqni saqlash, turar joy, ta’lim xizmatlari bilan bog‘liq ehtiyojlarini to‘laqonli qondira olmaslik holati hisoblanadi. Ya’ni kambag‘allik nafaqat daromad yoki iste’mol, balki insonning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, moddiy ahvoli, sog‘ligi va hayot tarzidan mamnunligi bilan ifodalaniladi”
Kamabag‘allik: Daromad tengsizligimi yoki ta’lim olishga e’tiborsizlik?
Fikrimizcha, kambag‘allikni aniqlashga yordam beradigan omil sifatida daromadlarning shakllanishiga e’tibor qaratish muhim hisoblanadi. Bunda daromad shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi sabablar va omillarni rivojlantirish yanada muhim.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlash taklif etilishida uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash nazarda tutildi. Ushbu g‘oyaning tub mohiyati mamlakatni ilg‘or tajribalar asosida rivojlantirish va aholi daromadlari tengsizligini bartaraf etishdir. Bu esa kambag‘allikni qisqartirishning bosh omili, desak, xato bo‘lmaydi. Binobarin, Prezident 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi yetarli daromad manbaiga ega emasligi sir emas. Har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi bizda ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular taxminan 12 — 15 foizni tashkil etadi. Bu o‘rinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda”, deya alohida ta’kidladi.
O‘zbekistonda mazkur kategoriyaga nisbatan yondashuvning yuzaga kelishi va unga doir islohotlarni amalga oshirish juda muhim masala. Chunki shu paytgacha unga, umuman, e’tibor berilmagan, raqamlar ochiqlanmagan edi. Shu ma’noda, Prezidentimizning 2020 yil 26 martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bu borada ko‘plab vazifalar belgilab berildi hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar shakllantirildi. Xususan, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qilib qayta tashkil etilishi ushbu yo‘nalishdagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |