Yangi o’zbekistonda kambag’allikni qisqartirish va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash muammolari Reja. Kirish


Kambag‘allikni bartaraf etishning yo‘li-tadbirkorlik



Download 74,19 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2022
Hajmi74,19 Kb.
#598020
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
73 Yangi o’zbekistonda kambag’allikni qisqartirish va ijtimoiy xavfsizlikni

Kambag‘allikni bartaraf etishning yo‘li-tadbirkorlik
Mahallalarda “Temir daftar”ga kiritilganlar bilan ishlash, daftarlardagi ma’lumotlarni yangilab borish hamda kambag‘al oilalarni ro‘yxatdan chiqarish masalalari O‘zbekiston siyosiy hayotida ham, ijtimoiy hayotida ham birinchi planga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 yanvardagi Murojaatnomasida O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish masalasiga alohida to‘xtalib, bu bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bergan edi.
“Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir”, degan edi Prezident.
“Darhaqiqat, kambag‘allik yo‘nalishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Kambag‘allik tushunchasiga xalqaro tashkilotlar tomonidan bir qator ta’riflar berilgan. Ularning ichida BMT tomonidan taklif etilgan ta’rif keng qamrovli bo‘lib, unga ko‘ra kambag‘allik – bu insonning asosiy ehtiyojlarini, yani shu jumladan oziq-ovqat, toza ichimlik suvi, sanitariya inshootlari, sog‘liqni saqlash, turar joy, ta’lim xizmatlari bilan bog‘liq ehtiyojlarini to‘laqonli qondira olmaslik holati hisoblanadi. Ya’ni kambag‘allik nafaqat daromad yoki iste’mol, balki insonning ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, moddiy ahvoli, sog‘ligi va hayot tarzidan mamnunligi bilan ifodalaniladi”.
Kambag’alchilikka qarshi kurashish xalqaro kuni tarixi 1987-yil 17-oktabr kuni bilan bevosita bog’liq. Inson huquqlari bo’yicha qabul qilingan 1948-yildagi umum deklaratsiyaga binoan zo’ravonlik, ocharchilik, kambag’alchilikdan halok bo’lgan insonlarni xotirlab, ushbu kuni 100 mingdan ortiq kishi Parijning Trokadero maydonida yig’ilgan edi. Yig’ilganlar kambag’allik bu - inson huquqlarini poymol qilinishining yana bir ko’rinishiligini namoyon qilishgan. Ushbu so’zlar hattoki xotira toshiga ham bitilgan. Shu vaqtdan boshlab, 17-oktyabr kuni kam ta'minlanganlikka qarshi kurashuvchi odamlar yig’iladigan bo’lishgan. Bunday toshlar ko’pgina davlatlarda mavjud. Assambleya o’zining rezolyutsiyasida davlat va nodavlat tashkilotlarni bunday masalalarda ko’mak berishiga chaqirgan. 17-oktyabr beva bechoralarga Birlashgan millatlar tashkiloti bilan birgalikda xolis yordam berishda juda katta imkon yaratilishi davlatlarning o’z millatlari aholisiga ko’proq e'tibor berishga chorlaydi. Qolaversa, 17-oktyabr beva bechoralarning o’zlari ham kambag’alchilikdan chora topib chiqib ketishlariga imkon yaratadi.
Bugungi kunda Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda viloyatda 40 ming 474 ta kam ta’minlangan ehtiyojmand oila mavjud bo‘lib, avvalo, ularning ishsiz a’zolari bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilyapti. Zarur taqdirda oilalarga moddiy yordam ham ko‘rsatilyapti.
Barcha shahar va tumanlardagi ijtimoiy nachor oilalar “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida 9 mingdan ortiq homiy tashkilotlarga biriktirildi. Pandemiya davrida 49 mingdan ziyod oilalarga jami 20,5 milliard so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, vaqtincha ishsiz qolgan 68 274 nafar aholining 44,5 mingdan ziyodining bandligi ta’minlandi.
Ayniqsa, bu borada viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining homiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan tadbirlari o‘z samarasini bermoqda. Xususan, Oqqo‘rg‘on tumanining “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 42-uyda istiqomat qiluvchi Muhabbat Mirzaahmedovaning uyi homiy korxonalar tomonidan ta’mirlab berildi.
– Tumanimizdagi 29 ta mahalla fuqarolar yig‘inining har birida nuroniy jamoatchilik raislari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, – deydi mehnat faxriysi Mirmuhammad Nodirov. – Har birida 7-8 nafar maslahatchilar bo‘lib, ular mahallalarni aylanib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishadi, tomorqalarda zarur ekinlarni ekish yuzasidan maslahatlar berayotganligi diqqqatga sazovordir. Uyma-uy yurib, kambag‘al va kam ta’minlangan oilalar ro‘yxati shakllantirilib, mutasaddi tashkilotlarga etkazilmoqda. Ilgari kam ta’minlanganlar ko‘p edi, hozir kamayib bormoqda. Sababi oilalar tomorqadan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yyapti, eng asosiysi, hunarmandchilik bilan shug‘ullanishmoqda. Shu bilan birga, mahallalarni obod qilishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Toshkent tumanida ham bu borada ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Kam ta’minlangan oilalar ro‘yxati shakllantirilib, ularni kambag‘allikdan chiqarish choralari ko‘rilyapti. Asosiy e’tibor tomorqadan samarali foydalanishga qaratilayotganligi natijasini bermoqda. Homiylik tariqasida ixcham issiqxonalar qurib berilayotganligi esa oilalar byudjetiga katta yordam bo‘lyapti. “Qizg‘aldoq” fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Dilnoza Abdullaeva xonadonida viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tashabbusi bilan uch sotixli erda issiqxona barpo etildi.
– Bu yil bir marta hosil oldik, – deydi uy bekasi Dilnoza Abdullaeva. – endi ikkinchi marta ekin ekishga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Oila a’zolarimiz bilan hamjihatlikda mehnat qilayotganimiz bois, natija yomon bo‘lmayapti. Ro‘zg‘orimiz but. Eng muhimi, oila a’zolarimning bandligi ta’minlangan. Mutasaddilarga rahmat, baraka topishsin.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, boshqa hududlarda ham bunday tadbirlar izchil olib borilayotganligi bois, kam ta’minlangan, ijtimoiy jihatdan nochor oilalar son kamayib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari hamda tashkiliy asoslarini, shuningdek, rahbarlarining funksional majburiyati va mas’uliyatini belgilaydi.
2. Vazirlik mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlanish sohasidagi davlat siyosatini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mulkchilik va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, ijro etilishi majburiydir.
5. Vazirlik yuridik shaxs bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘zining nomi bitilgan muhriga ega.
6. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi;
qisqa nomi — Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Ministerstvo ekonomicheskogo razvitiya i sokraщeniya bednosti Respubliki Uzbekistan;
qisqa nomi — Minekonomrazvitiya;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Ministry of economic development and poverty reduction of the Republic of Uzbekistan;
qisqa nomi — Ministry of economic development.
7. Vazirlik quyidagi manzilda joylashgan: Toshkent shahri, Islom Karimov shoh ko‘chasi, 45a-uy.
2-bob. Vazirlikning tuzilishi
8. Vazirlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Vazirlikning markaziy apparati;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, viloyatlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — Vazirlikning hududiy boshqarmalari);
tumanlar va shaharlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — Vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlari);
Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi;
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti;
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi;
“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK;
Elektron kooperatsiya portali markazi;
Ma’muriy binolardan foydalanish boshqarmasi.
9. Hududiy boshqarmalar Vazirlikka hamda tegishliligiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga bo‘ysunadi.
Vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlari Vazirlikning hududiy boshqarmalariga hamda tegishliligiga ko‘ra tuman (shahar) hokimliklariga bo‘ysunadi.
10. Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziriga bo‘ysunadi.
3-bob. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifa va funksiyalari
Download 74,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish