Jahon iqtisodiyotida ixtisoslashuv jarayonining chuqurlashuvi



Download 434,5 Kb.
bet1/9
Sana31.12.2021
Hajmi434,5 Kb.
#239136
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
#100. Full


Reja



Kirish 2

Qishloq xo’jaligi 5

Don xo’jaligi 6

Chorvachilik 7

Sanoat 9

Neft sanoati 10

Gaz sanoati 15

Xizmat ko’rsatish sohasi 18

Jahon xizmatlar bozorining asosiy makrosektorlari 19

Xulosa 25

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 28




Kirish


XX asrning 2- yarmi xo’jalik faoliyatining masshtabining kengayishi, turli davlatlar orasidagi aloqalarnig takomillashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashishi bilan o’ziga xos yo’lni bosib o’tdi. Hozirda boshqa davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy yoki boshqa sohalarda hamkorlik qilmaydigan biror bir davlatni topish qiyin. Hozirda butun dunyo insonlarning faoliyat zonasiga aylangan. Davlatlarning geogragik joylashuvi, rivojlanish darajasi, yer osti va usti boyliklaring xilma-xilligi, milliy xarakter kabi omillarga asoslangan holda ixtisoslashuv jarayoni yuz berdi va bu jarayon hozirda ham davom etmoqda. Jahon xo’jaligining iqtisodiy qudrati juda ham notekis taqsimlangan. Misol sifatida 3 ta davlat – AQSh, Yaponiya va Germaniyani olishimiz mumkin. Bu 3 ta davlat aholisi sayyora aholisining 8% ini tashkil etish bilan birga, umumiy (dunyo bo’yicha) daromadning deyarli yarmini tashkil qiladi. Bu holatni izohi sifatida aytishimiz mumkinki, har bir davlat o’z rivojlanish yo’lida o’z iqtisodining ma’lum sohalarini rivojlantiribgina qolmay, bu bilan birga jahon xo’jaligi rivojiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Jahon xo’jaligining tayanch tizimi bo’lib: xalqaro va alohida mamlakatlarning milliy material tovarlari va xizmatlari, ularning taqsimoti, o’zaro almashinuvi va iste’moli tushuniladi. Yuqoridagi fazalarning har biri davlatning joylashgan o’rni va rolini inobatga olgan holda jahon xo’jaligining faoliyatiga ta’sir o’tkazadi.

Jahon xo’jaligi tarixiy va siyosiy-iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Bu esa har bir tarixiy bosqichning o’zigagina tegishli bo’lgan ma’lum masshtablari va ishlab chiqarish darajasi, xo’jalik hayotning internatsionalizatsiyalshishi va ijtimoiy-iqtisodiy tuzulishi bilan tushuniladi. Jahon xo’jaligi murakkab iqtisodiy tizim sifatida namoyon bo’lib, alohida elementlar – sub’yektlardan tashkil topadi.

Jahon xo’jaligining alohida elementlarining o’zaro munosabatlari darajalardan tashkil topgan. Xalqaro daraja davlatlararo munosabatlarni o’z ichiga olib, xalqaro normalar va qoidalar asosida nazorat qilinadi. Milliy chegaralardan chiqadigan oqimlarning o’zaro munosabatlari transmilliy darajani tashkil qilib, ular firmalar va guruhlarning ichki ma’lumot tizimini doirasida namoyon bo’ladi. Bular kamroq nazorat qilinib, ko’proq avtonom xususiyatga ega bo’ladi. Transmilliy daraja shuningdek, noformal oqimlar tizimini ham o’z ichiga oladi: narkotik va qurol savdosi, noqonuniy migratsiya.

Jahon xo’jaligi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan bir xil rivojlanmagan. Asosiy o’rinda sanoati rivojlangan g’arb davlatlari turadi. Rivojlanayotgan davlatlarning ham roli o’ziga xos bo’lib, ularda industrial davlatlarga bog’lanib qolish holatlari kuzatiladi, ayniqsa o’tish davridagi sharqiy Yevropa davlatlari. Umuman olganda jahon xo’jaligi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimni tashkil etadi.

Ishlab chiqarish sohasida jahon xo’jaligi o’zida o’zaro qarama-qarshiliklar, raqobat kurashlarini mujassamlashtiradi. Bu kurashlar mamlakat ichida va shuningdek, davlatlararo munosabatlarda o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ular o’z ichiga ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy birlashmalar, tadbirkorlar va ishchi kuchini o’z ichiga oladi.

Davlat – xalq xo’jaligining asosiy sub’yekti. U o’zida jamiyatning siyosiy va iqtisodiy tashkilotini namoyon etib, hukmron sinf, aholining manfaatlarini ifoda etadi. Davlatning iqtisoddagi o’rni, avvalambor, kompaniyalar uchun davlat ichida va chet elda kafolatlangan bozorlar yaratish, ularning kapital yig’ilishi jarayonidagi ishtirokini ta’minlash, umummilliy manfaatlarni hisobga olgan holda ichki va tashqi aloqalarni nazorat qilishdan iboratdir. Bu esa asosan milliy daromadni davlat moliyasi asosida qayta taqsimlash natijasida erishiladi. Uzoq vaqtlardan beri davlat tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalar oshib bormoqda. 14 ta rivojlangan davlatlar miqyosidagi ma’lumotlarga qaraganda, davlat harajatlari 1870 yildan 1996 yilgacha 8.35%dan 47%gacha o’sgan. Xulosa qilib aytish mumkinki, xalq xo’jaligi rivojida davlatning o’rni salmoqlidir. Davlat o’z monopol hukmronligini ishga solgan holda, milliy strategiyani aniqlaydi, jamiyat rivojlanishining huquqiy asosini ishlab chiqadi, pul-kredit munosabatlarini nazorat qiladi va ichki xavfsizlikni ta’minlaydi. Davlatning jahon xo’jaligining boshqa sub’yektlariga va umumiy tizimga ta’sir o’tkaza olish kuchi davlatning xo’jalik potensiali va milliy xo’jalik sub’yektlarining xalqaro bozordagi roli bilan o’lchanadi.

Jahon xo’jaligida transmilliy kompaniyalarning o’ziga xos o’rni bor. Boshqa davlatlarda ishlab chiqarish bo’linmalariga ega, o’z mahsulotini xorijda ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korporatsiyalarga transmilliy korporatsiyalar deyiladi. Ular bir yoki bir necha markazdan umumiy srtategiyani ishlab chiqib shu sohada faoliyat olib boradigan boshqa ishtirokchilarga ham ta’sir qila olishi mumkin bo’lgan sistemaga egadir. TMKlarning paydo bo’lishi asosan XX asrning 60-yillariga, g’arb davlarlarining yetakchi kompaniyalari ommaviy kapital olib chiqish jarayonini boshlagan vaqtiga to’g’ri keladi. Umumiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi va ishlab chiqarishda yangi texnologiyaning qo’llanishi alohida texnologik jarayonlarning hududiy bo’linishiga imkoniyat yaratgan bo’lsa, yangi transport va aloqa vositalarining paydo bo’lishi bu imkoniyatlarning amalga oshishiga yordam berdi. Hozirda TMKlarning ta’siri va masshtabi oshib bormoqda. 1998 yilda bu turdagi birlashmalarning umumiy soni 63 mingga yetdi, 1970 yilda esa 7 mingtani tashkil qilardi. TMKlar umumiy ishlab chiqarishning 25%ini ta’minlaydi. Dunyodagi eng qudratli 100 ta TMK hisobiga xalqaro kompaniyalarning 15% chet el aktivlari va ularning xalqaro savdodagi 22% ulushi to’g’ri keladi.



Download 434,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish