O’rni
|
Davlat
|
Tabiiy gaz zahirasi (m. kub)
|
Ma’lumot olingan vaqt
|
1
|
Dunyo
|
172,800,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
2
|
Rossiya
|
47,570,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
3
|
Eron
|
26,620,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
4
|
Qatar
|
25,770,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
5
|
Saudiya Arabistoni
|
6,654,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
6
|
Birlashgan Arab Amirliklari
|
6,006,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
7
|
AQSh
|
5,451,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
8
|
Nigeriya
|
4,984,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
9
|
Jazoir
|
4,545,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
10
|
Venesuela
|
4,276,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
11
|
Yevropa Ittifoqi
|
3,219,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
12
|
Iroq
|
3,115,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
13
|
Indoneziya
|
2,760,000,000,000
|
31.12.2005
|
14
|
Xitoy
|
2,350,000,000,000
|
2005
|
15
|
Malayziya
|
2,124,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
16
|
Norway
|
2,085,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
17
|
Turkmaniston
|
2,010,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
18
|
O’zbekiston
|
1,875,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
19
|
Qozoqiston
|
1,841,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
20
|
Gollandiya
|
1,756,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
21
|
Misr
|
1,657,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
22
|
Kanada
|
1,603,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
23
|
Quvayt
|
1,572,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
24
|
Liviya
|
1,472,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
25
|
Ukraina
|
1,121,000,000,000
|
1 .01. 2005
|
Dunyo gaz zahirasining 58%i bor yo’g’i 3 ta davlat hissasiga to’g’ri keladi: Rossiya, Eron Qatar. Yaqin Sharq davlatlarining asosiy eksport mahsuloti ham gaz hisoblanadi va bu mamlakatlarning makroiqtisodiy ko’rsatkichlariga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Neft va gaz sanoati Qatar davlati YaIMda 60%ni, eksportida 85%ni, va davlat daromadida deyarli 80%ni tashkil qilib, mamlakat iqtisodida yetakchi va yagona rivojlangan sanoat sohasi bo’lib hisoblanadi. Oxirgi yillarda kuzatilayotgan neft narxidagi o’zgarishlar va gaz eksportidagi keskin o’sish natijasida Qatar o’z byudjetini tiklab olishiga imkon berish bilan birga, chet el valyuta zahiralarini mustahkamlab olishiga imkon berdi.
Xizmat ko’rsatish sohasi
Hozirda xizmat ko’rsatish sohasining iqtisodda asosiy sektorlardan biri sifatida o’rni juda ham muhimdir. Bu esa hozirda ishlab chiqarishning qiyinlashib borayotganligi, ya’ni kerakli tovarni ishlab chiqarishda, bozorni yangi tovarlar bilan to’ldirish muammolari va Ilmiy-Texnik Taraqqiyotning tez o’sayotganligi bilan bog’liqdir. Bularning barchasining amalga oshishida ma’lumot, moliya, sug’urta va boshqa xizmatlar bozorlari muhim rol o’ynaydi. Butun dunyoda iqtisodiy o’sish kuzatilayotganing asosiy sabablaridan biri, mamlakat miqyosida xizmatlar sektorining o’rni oshib borayotganligidadir. Bu esa mehnat, material, moliyaviy resurslarining 3- sektorda ulushi oshib borayotganligining natijasidir.
Xalqaro statistiklarning ma’lumotlariga qaraganda dunyo bo’yicha yillik investitsiyalarning 40%idan ko’prog’i aynan shu sektorning rivojlanishi uchun jalb qilinar ekan. Hozirda xizmatlar bozori eng ishonarli va tez rivojlanadigan soha hisoblanadi. U o’z ichiga savdo, transport, moliyalashtirish, sug’urtalash va umuman BMT tomonidan tasdiqlangan 12 guruhga kiruvchi 160 ta ko’rinishga ega. Hozirda rivojlangan davlatlar YaMMda xizmat ko’rsatish sohasining o’rni juda ham katta bo’lib, bu ko’rsatkich 60-75% atrofida. Quyidagi jadvaldan ham ko’rib guvohi bo’lishimiz mumkinki, rivojlangan davlatlar iqtisodida 1990-2004 yillar davomida xizmat ko’rsatish sohasining oshib borishi kuzatiladi. Bu esa asosan sanoatning o’rni kamayayotganligining evazigadir. Sanoatning o’rni YaIMda kamaygani bilan uning davlatda va jahon xo’jaligida samaradorligi oshib boryapti. Har bir sohada ma’lum bir davlatning roli oshishi bu tendensiyani muntazam davom etib kelishida asosiy o’rin turadi. Qishloq xo’jaligining o’rni esa rivojlangan davlatlarda juda ham past bo’lib, o’rtacha 1-4%ni tashkil qiladi. Bu qishloq xo’jaligining maksimal darajada samarali rivojlanganligidan dalolat beradi. Germaniya, Yaponiya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, AQSh davlatlarida bu ko’rsatkich eng kam hisoblanadi va 1 %va undan kam miqdorni tashkil etadi.
7- jadval.Dunyoda xizmat ko’rsatish sohasi yetakchi o’rinda turuvchi davlatlarning sohalar bo’yicha YaIMdagi ulushi (%da mos ravishda 1990-2004 yillar)5
Davlat
|
Qishloq xo’jaligi
|
Sanoat
|
Xizmat ko’rsatish sohasi
|
YaIM (mln.$)
|
1990
|
2004
|
1990
|
2004
|
1990
|
2004
|
1990
|
2004
|
AQSh
|
2
|
1
|
28
|
22
|
70
|
77
|
5757200
|
11711834
|
Avstraliya
|
4
|
3
|
29
|
26
|
67
|
61
|
310610
|
637311
|
Avstriya
|
4
|
2
|
32
|
31
|
64
|
67
|
165021
|
292328
|
Birlashgan Qirollik
|
2
|
1
|
35
|
26
|
63
|
73
|
989524
|
2124385
|
Daniya
|
5
|
2
|
27
|
25
|
69
|
73
|
133360
|
241437
|
Fransiya
|
4
|
3
|
27
|
22
|
70
|
76
|
1239256
|
2046646
|
Germaniya
|
2
|
1
|
38
|
29
|
61
|
70
|
1707383
|
2740551
|
Italiya
|
4
|
3
|
34
|
28
|
63
|
70
|
1102380
|
1677834
|
Yaponiya
|
3
|
1
|
39
|
31
|
58
|
68
|
3039693
|
4622771
|
Latviya
|
22
|
4
|
46
|
23
|
32
|
73
|
7447
|
13571
|
Livan
|
-
|
7
|
-
|
21
|
-
|
72
|
2838
|
21768
|
Portugaliya
|
9
|
4
|
32
|
27
|
60
|
70
|
71462
|
167716
|
Shveytsariya
|
3
|
1
|
33
|
29
|
64
|
70
|
235808
|
357542
|
Daromadi kam davlatlar
|
32
|
23
|
26
|
28
|
42
|
49
|
609821
|
1239169
|
Daromadi o’rtacha davlatlar
|
16
|
10
|
39
|
37
|
46
|
53
|
3238587
|
7156777
|
Ko’p daromadli davlatlar
|
3
|
2
|
33
|
26
|
65
|
72
|
17887372
|
32900093
| Jahon xizmatlar bozorining asosiy makrosektorlari
Dunyo xizmatlar bozorini alohida makrosektorlarga ajratish mumkin.
Jahon moliyaviy xizmatlar bozori o’z ichiga bank xizmatlari, sug’urta va qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarni qamrab oladi. Bu bozor hajmi 1 trln. $ miqdorda baholanadi.
Moliyaviy faoliyat xalqaro iqtisodiy munosabatlarda nisbatan yosh, lekin rivojlanayotgan soha sifatida qaraladi. Uning asosiy sektori sifatida kapitalning xalqaro harakati, hisoblanadi va u tovarlar savdosidan ko’ra tezroq o’sayotgani bilan ajralib turadi. Hozirda dunyoda bir nechta shunga ixtisoslashgan markazlar bor va ular xalqaro kapital harakatida bir-biri bilan raqobatlashadilar.
Ilgari xalqaro moliyaviy markazlarning vujudga kelishi uchun rivojlangan milliy bank tizimi, yirik fond birjalari va barqaror pul birligi kabi omillar zaruriy hisoblanar edi. Oxirgi 10 yilliklarda esa buning uchun rivojangan moliyaviy qonunchilik tizimi, chet el banklari bo’limlari ochish huquqi, daromad solig’i yo’qligi yoki kam miqdorda belgilanganligi, birja va bank operatsiyalari o’tkazishning osonlashtirilganligi yetarli hisoblanadi. Hozirda dunyoga ma’lum bo’lib ulgurgan an’anaviy markazlar – Nyu-York, London, Tokio, Parij, Tsyurix kabilar qatorida Singapur, Gongkong, Bahrain, Kipr, Panama fond birjalari ham muhim rol o’ynaydi.
Yangi moliyaviy markazlarning vujudga kelganligiga qaramay, hozirda ham Nyu-York, London va Tokio kabi markazlar yetakchi o’rinlarda bo’lib, o’z mavqeini yo’qotgani yo’q. Ular boshqa bozorlar bilan qalin munosabatda bo’lib, filiallar va tarmoqlari orqali bog’lanib turadilar. Shuning uchun AQSh moliyaviy harakatlarning markazi bo’lib, operatsiyalar dinamikasi va strukturasi o’zgarishlarida o’ziga xos ta’sir o’tkazadi.
Xalqaro yuk va passajir o’tkazmalari ham xalqaro xizmatlar bozorida o’z o’rniga ega. Xalqaro o’tkazmalarning 2 ta o’ziga xos xususiyati bor:
Ular 2 yoki undan ortiq davlat doirasida amalga oshiriladi;
Ularning bajarilishi xalqaro kelishuvlarda ko’rsatilgan shartlar asosida nazorat qilinadi.
Birinchi xususiyatning e’tiborga molik tomoni shundaki, bunda o’tkazmalar xalqaro transport yordamida va davlat chegarasidan tashqariga olib o’tiladi. Shuning bilan xalqaro o’tkazmalarning ichki o’tkazmalardan farqi kelib chiqadi. Ikkinchi xususiyat ularning huquqiy jihatdan mustahkamlanganligidir. Bu turdagi o’tkazmalar 2 usulda: 2 davlatning o’zaro kelishuvi asosida yoki xalqaro kelishuvlarga amal qilingan holda amalga oshiriladi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida oxirgi 10 yilliklarda xalqaro transport infrastrukturasi yaxshlandi va bu havo transoporti, avtomobil, suv va temir yo’l transportining yangi avlodlari yaratilayotganligi natijasidir. Yuk va passajir o’tkazmalari ancha tezlashdi va arzonlashdi. Agar 1930 yilda 1 kishi/mill narxi havo transportida 0.68$ni tashkil qilgan bo’lsa (dollarning 1990 yilgi kursi bo’yicha), 1950 yilda 0.30$ni, 1990 yilda 0.11$ni tashkil qildi. Oxirgi 10 yil ichida havo o’tkazmalari 6 martaga arzonlashdi va bu shubhasiz yangi texnologiyaning muntazam rivojlanib kelayotganidan darak beradi. Shuningdek dengiz orqali yuk olib o’tish ham konteynerlar xizmati evaziga arzonlashdi va olib o’tilgan yuk hajmi 1950-2000 yillarda 10 barobarga oshdi. Buning natijasida davlatlar qaysidir ma’noda bir-biriga yaqinlashdi. Hozirda Yevropada eng ko’p yer usti transportidan foydalaniladi va bu davlatlarning o’zaro yaqin joylashganligi, yo’llarning yuqori standartlarga javob bera olishi va immigratsiya hamda bojxona to’siqlari Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida olib tashlanganligining evazigadir.
Aviatransportga bo’lgan talab reaktiv dvigatellarning kirib kelishi bilan juda ham ortdi. Boshqa sohalarga nisbatan aviatransportda passajirlar qatnovi oxirgi 50 yilda 60 marta oshdi va bunga asosiy sabab qilib turizm sohasining rivojlanishi ko’rsatiladi.
Asosiy xalqaro aviaqatnovlar Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaponiya va Osiyoning yangi industrial davlatlari o’rtasida amalga oshiriladi va butun dunyo qatnovlarining 75%ini tashkil qiladi. Shulardan 30%i AQSh kompaniyalari tomonidan, 10%i Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan bajariladi.
Xalqaro turizm. Xalqaro turizmning rivojlanishi turistik mahsulotlarning samarali savdolashtirilayotganligiga (коммерциализация ) bog’liq. Turizm sanoatdan shunisi bilan farq qiladiki, turizm mahsulotlarini faqat o’z o’rnida va bir marta iste’mol qilib bo’ladi va sistematik ravishda qayta ishlab bo’lmaydi. Hozirda turizm o’sish surati bo’yicha eng yirik ko’rsatkichlarni qayd qilayotgan sanoatdir. Xalqaro turizmdan keladigan daromad allaqachon neft va neft mahsulotlari eksportidan, elektron jihozlar, avtomobil eksporti va tele - radio apparaturalari eksportidan oshib ketgan. Xalqaro turizm eng yuksak rivojlangan mintaqalar Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Sharqiy Osiyo- Tinch okeani hisoblanadi. 1999 yilda yuqorida eslatib o’tilgan 3 hududga 92.4% turistik qadamjolar va 94.9% daromad to’g’ri keldi. Bu uchlik ichida eng ko’p qism Yevropa hissasiga to’g’ri keladi – 59.3% keluvchilar, 52.7% daromad, undan so’ng Amerika 18.5% va 26.8%, Sharqiy Osiyo-Tinch okeani davlatlariga mos ravishda 14.6% va 15.4%. Qolgan 3ta region Afrika, Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo hissasiga 7.6% sayyohlar va 5.1% dunyo turizm daromadi to’g’ri keladi6. OTR mintaqasi uchun AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Hindiston va Italiya davlatlari asosiy chet elga chiqish zonalari hisoblanadi va bu davlatlar OTR davlatlari miqyosidagi 63% turistlarni qabul qiladi. Umuman OTR bo’yicha Xitoy, Malayziya, Singapur va Tayland davlatlari asosiy turistik migratsiya eksport qiluvchi davlatlar hisoblanadilar.
Afrika turizm sanoati rivojlanishi juda ham notekis bo’lgan regiondir. 3 ta subregion – Shimoliy, Janubiy va Sharqiy Afrika hisobiga mintaqada turizmdan hosil bo’ladigan 91% daromad va 90% valyuta tushumlari to’g’ri keladi. Sanoqli davlatlargina jahon standartlariga javob bera oladigan rekreatsion boyliklarga va turistik xizmatlar kompleksiga ega.
Mehmonxona xo’jaligi. Bu xalqaro xizmatlar bozorida o’ziga xos o’ringa ega, chunki, turistik oqimlar bevosita mamlakatdagi mehmonxonalar xizmatining sifatiga bog’liq. Mehmonxonalar xizmati doirasiga tegishli bo’lgan muammolar avvalambor davlatning turistik agentliklari zimmasiga tushadi, chunki ular kiritilayotgan investitsiyalarning qay darajada samarali ishlatayotganliklari mehmonxonalar xizmati, qolaversa turizm sohasining rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi. Yashash joylarining sifati, xizmat ko’rsatishning qanday tashkillashtirilganligi sohaning kelajakdagi rivoji uchun asosiy o’rinda turadi. Mehmonxona biznesi iqtisodiy faoliyatning bir turi bo’lib, bevosita ishchi joylari yaratishda va davlat xazinasini chet el valyutasi bilan to’ldirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Hozirda dunyo bo’yicha rivojlangan davlatlarda, ayniqsa, turizm keng rivojlangan davlatlarda yangi konsepsiyalarni o’zlashtirish va mehmonxonalarni ta’mirlash ishlariga katta e’tibor qaratiladi. Yevropa bozorlarida AQSh mehmonxona biznesi liderlari hisoblanmish “Hilton Otel Corp.”, “Sheraton Corp.”, “Mariott Corp.”, “Ramada Int.”, “Hayatt Otels” kompaniyalari o’z tarmoqlarini keng yoyishgan.
Jahon information xizmatlar bozori. Dunyo xizmatlar bozoriga kiruvchi ushbu sohada asosiy o’rinda internet-xizmatlar turadi va u ishchi kuchi manbai, elektron biznes asosi, korporativ va individual iste’molchilarga ma’lumot yetkazish vositasi hisoblanadi.
8-jadval. 1990-2004 yillarda davlatlar xizmat ko’rsatish sohasi tarkibi7.
Davlat
|
Transport
|
Sayohat
|
Sug’urta va Moliyaviy xizmatlar
|
Kompyuter, Informatsiya, Aloqa va boshqalar
|
1990
|
2004
|
1990
|
2004
|
1990
|
2004
|
1990
|
2004
|
AQSh
|
36.3
|
29.5
|
38.9
|
26.4
|
4.5
|
13.2
|
20.4
|
30.9
|
Avstraliya
|
33.9
|
36.3
|
31.5
|
36.7
|
4.8
|
4.2
|
29.8
|
22.8
|
Avstriya
|
8.4
|
13.7
|
54.9
|
24.4
|
4.6
|
6.1
|
32.1
|
55.8
|
Birlashgan Qirollik
|
33.2
|
24.3
|
41
|
40.3
|
2.4
|
5.5
|
23.4
|
29.9
|
Daniya
|
38.3
|
43.4
|
36.5
|
21.8
|
1.6
|
-
|
23.6
|
34.8
|
Fransiya
|
29.4
|
27.2
|
20.7
|
29.6
|
19.2
|
4.9
|
30.7
|
38.3
|
Germaniya
|
20.6
|
21.1
|
46.9
|
36.8
|
1
|
4.7
|
31.6
|
37.4
|
Italiya
|
23.7
|
24.4
|
22.1
|
25.4
|
10.4
|
4.7
|
43.9
|
45.5
|
Yaponiya
|
30.8
|
31.9
|
27.9
|
28.5
|
2.1
|
4.6
|
39.3
|
35
|
Latviya
|
82.3
|
35.5
|
10.9
|
32.4
|
4.8
|
5.8
|
2.1
|
26.3
|
Portugaliya
|
48.5
|
30.5
|
23
|
29.2
|
5.1
|
4.3
|
23.5
|
36
|
Shveytsariya
|
33.7
|
22
|
53
|
37.1
|
1.4
|
4.9
|
12
|
36
|
Daromadi kam davlatlar
|
55.6
|
44.3
|
13.4
|
18
|
5.2
|
6
|
26.2
|
32.3
|
Daromadi o’rtacha davlatlar
|
48.7
|
30.8
|
25.3
|
27.7
|
4.1
|
13.2
|
22.1
|
28.4
|
Ko’p daromadli davlatlar
|
30.8
|
27
|
34.8
|
28.7
|
5.2
|
7.4
|
34.8
|
37.6
|
Yuqoridagi jadvaldan ham ko’rinib turibdiki, oxirgi yillarda rivojlangan davlatlarda sug’urta xizmatlari, moliya xizmatlari, kompyuter va information xizmatlar ulushi umumiy sektorda oshib borgan. AQSh, Shveytsariya, Avstriya, Daniya, Latviya davlatlari misolida buning guvohi bo’lishimiz mumkin.
2004 yilda internet xizmatlar sanoati umumiy hisobda 7 trln. $ ni tashkil qildi. Internet kerakli ma’lumot olishning eng oddiy va tez usuli hisoblanadi. Internet orqali amalgam oshirilayotgan reklamalarning oshib borayotganligi bu sohaga qanchalik katta e’tibor qaratilayotganligidan darak beradi. 2005 yilda dunyo bo’yicha internet orqali reklamalar deyarli 40 mlrd. $ni tashkil qildi, bu esa butunjahon reklama harajatlarining 6%ini tashkil qiladi. Hozirda internet reklamalarning 75%i Shimoliy Amerika, 12%i Yevropa, 7%i Osiyo hissasiga to’g’ri keladi.
Internet xizmatlarining oshib borishida PC (Personnel Computer) larning va internet aloqaga chiqa oluvchi uyali telefonlarning keng tarqalayotganligi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, albatta. Hozirda kompyuter (PC) yetishtirib berish bo’yicha dunyoda 5 ta kompaniya yetakchilik qiladi: Dell, HP, IBM, NEC va Fujitsu Siemens.
2003-2004 yillarda dunyo bo’yicha kompyuterlar yetkazib beruvchi kompaniyalar joylashuvi quyidagicha:
9- jadval. 2003- 2004 yillarda jahon kompyuter bozorini ta’minlagan yetakchi kompaniyalar
Ishlab chiqaruvchi kompaniya
|
2003 yil
|
2004 yil
|
Yetkazib berish hajmining oshishi (%da)
|
Mahsulot soni ming dona
|
Bozordagi ulushi (%da)
|
Mahsulot soni ming dona
|
Bozordagi ulushi (%da)
|
Dell
|
5929
|
17,2
|
7264
|
18,3
|
22,5
|
HP
|
5399
|
15,7
|
6229
|
15,7
|
15,4
|
IBM
|
2183
|
6,3
|
2565
|
6,5
|
17,5
|
Fujitsu Siemens
|
1275
|
3,7
|
2521
|
3,8
|
19,3
|
Acer
|
971
|
2,8
|
1269
|
3,2
|
30,7
|
Qolganlar
|
18 650
|
54,2
|
20 885
|
52,6
|
12,0
|
Jami
|
34 408
|
100,0
|
39 733
|
100,0
|
15,5
|
2004 yilning yakuniga binoan dunyo bozorini kompyuter bilan to’ldirishda asosiy o’rinda turgan kompaniyalar sirasiga Dell - 18.3%, HP - 15.7%, IBM - 6.5%, Fujitsu Siemens - 3.2% va Acer - 3.2% kirdi. Dunyoda asosiy iste’molchilar sirasiga asosan Osiyo davlatlari kiradi. Chunki, Osiyoning rivojlanayotgan davlatlari o’z iqtisodini jahon standartlariga tenglashtirishi uchun ko’proq kompyuterlar sotib olishiga to’g’ri keladi. Kompyuter iste’moli lideri bo’lib, Xitoy – 43%, Janubiy Koreya – 16% va Hindiston – 9% hisoblanadi.
Dunyo bo’yicha kompyuter ishlab chiqarish sohasida AQSh, Yaponiya davlatlarining ixtisoslashganligi bu bozorga kirishning naqadar qiyinligidan dalolat beradi. Bu kompaniyalar o’z davlatlaridagi talabni deyarli qondirib bo’lganlar va ularning keyingi yashab qolishi uchun yangi bozorlarni qidirishga bo’lgan harakatlari va buning natijasida raqobatning kuchayishi, albatta, iste’molchilar yutug’i hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda davlatning roli yana bir muhim ishda ko’rinadiki, bu tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashda va innovatsion texnologiyalar rivojida asosiy o’rin tutadi:
Shaxsiy sektorda innovatsion sohaga ajratiladigan harajatlarni tovarning tannarxiga qo’shish;
Ilmiy asbob-uskunalar ammortizatsiyasini tezlashgan usulda hisoblash;
Yangi texnologiyalar sohasiga kichik va o’rta biznesni jalb qilish va yirik korporatsiyalarda ilmiy sohaga bo’lgan harajatalarni muntazam oshirib borish;
Ilmiy-texnik ishlarga imtiyozli kreditlar berish va katta proyektlar ulushini oshirish;
Innovatsiyaga ixtisoslashgan yirik kompaniyalarga davlat yerlarini bepul yoki imtiyozli narxlarda berish.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan omillar, albatta, ilmiy-texnologik kashfiyotlarning yaratilishiga xizmat qilib, kelajakda amaliyotga qo’llanishiga yordam beradi.
Xulosa
Jahon xo’jaligida rivojlangan davlatlar iqtisodida xizmat ko’rsatish sohasining ulushi oshib borish bilan birga qishloq xo’jaligi o’zining minimum ulushiga erishgan. Sanoat va qurilish sohasi ham sekin-sekin kamayib bormoqda. Yangi rivojlangan va yangi industrial davlatlar iqtisodida sanoatning strukturaviy ahamiyati oshib bormoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida jahon xo’jaligida qazib oluvchi tarmoqning ulushi kamayib borishi bilan birga, ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan tovarlar ishlab chiqaruvchi tarmoq rivojlanib boryapti. Postsotsial va rivojlanayotgan davlatlar resurslarga bog’liq va mehnat talab qiladigan tarmoqlar rivojlanib bormoqda, asosan, neftni qayta ishlash, metallurgiya, kimyo va yengil sanoat. Rivojlangan davlatlar qishloq xo’jaligi industrial asosga o’tgandan keyin, biotexnologiyalarni kiritish bosqichi boshlandi. Qora va rangli metallurgiya tarmog’i ,asosan, yangi rivojlangan va yangi industrial davlatlarda mujassamlashmoqda.
Rivojlangan davlatlar issiqlik-energetika kompleksida energiyani tejash tendensiyasi saqlanib qolmoqda va bu energoresurs sifatida neftdan kamroq foydalanish va energiyaning boshqa turli manbalarini kashf etilishi bilan bog’liq. Kimyo sanoatida davlatlar ilmiy ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish va ularga yuqori sifatda ishlov berish jarayonlarini boshdan o’tkazishayapti. Mashinasozlikda Sharqiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlarining o’rni kuchayib bormoqda va bu maishiy elektronika va avtomobil ishlab chiqarishda o’z tasdig’ini ko’rsatayapti. Yengil sanoatda tekstil, tikuvchilik va poyafzal ishlab chiqarish tarmoqlari yangi modadagi mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirish maqsadida, rivojlanayotgan davlatlardan rivojlangan davlatlarga ko’chishi jarayoni kuzatilyapti. Bunda istemol bozorlarining uzoq yoki yaqinligi ham asosiy o’rinda turadi, chunki, mahsulotni chet elga chiqarishda transport harajatlari katta ahamiyatga ega.
Jahon transport tizimining rivojlanishida asosiy urg’u transport xizmatining sifatiga qaratilmoqda. Bu esa yetakchi o’rinlarda turuvchi quvur transporti va avtomobil transporti bilan raqobatlashish uchun zaruriy shartdir.
Rivojlangan davlatlar xizmatlar sferasida moliyaviy xizmatlar, informatsion, sug’urta xizmatlari, sog’liqni saqlash xizmati, ta’lim xizmati va madaniy-rekreatsion tarmoqlar rivoji kuzatilyapti. Shu bilan birga savdo tarmog’i o’zgarmay turibdi va uchinchi sektorda davlatning aralashuvi kamayib bormoqda. Xalqaro turizm esa xizmatlar almashinuvida yetakchi soha bo’lganligi tufayli o’z o’rnini mustahkamlab bormoqda.
Umuman olganda ixtisoslashuv jarayoni jahon xo’jaligida tez suratlarda amalga oshmoqda va har bir mintaqa, davlat, korporatsiyalar o’zining liderligini mustahkamlab bormoqda. Har bir sohada yangi texnologiyalarning tatbiq qilinishi iqtisodiy samaradorlikni oshib borishiga xizmat qilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Мировая экономика: Глобальные тенденции за 100 лет/И.С. Королева, Москва 2003
Мировая экономика /И.П. Николаев, Москва 2006
Мировая экономика/В.И. Ломакинб Москва 2002
Зайнашева З.Г. Региональная политика в сфере услуг// Вестн. Моск.// Экономика.- 2005
CIA – World Factbook, 2006
World Development Indicators//2006
World Development Indicarors//2005
www.mobile-review.com/articles/2004
www.wikipedia.com
Do'stlaringiz bilan baham: |