1-sinf matematika darsida tayyorgarlik davrini tashkil etish metodikasi ”


Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi



Download 104,24 Kb.
bet5/26
Sana21.07.2022
Hajmi104,24 Kb.
#833841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
1- sinf matematika darsida tayyorgarlik davrini tashkil etish metodikasi( Nurmamedova Ayna)

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Ish kirish, ikki bob, 5 band,xulosa qismlaridan tashkil topgan bolib, unda birinchi sinflarda matematikadan tayorgarlik davri darslarini tashkil etish va uni o`tkazish metodikasi masalasi yoritiladi.
I BOB
BOSHLANG`ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARINI TASHKIL ETISH VA UNI O`TKAZISHNING UMUMIY MASALALARI
1.1. Boshlang`ich sinflarda dars va matematikadan darslar tizimi
Ma`lumki, boshlang`ich matematika kursi yagona uchta qismdan iborat: unda arifmetik material bilan birgalikda algebra va geometriya elementlari bayon qilinadi. Shu bilan birga dasturda ishning barcha yo`nalishlari( arifmetik, algebreik va geometrik) bir-biri bilan uzviy bog`liq qaralishi kerakligi ko`rsatilgan.Kursning har xil bo`limlari materiallarning kiritilishi matematikadan darsining tuzilishiga va uning o`tkazish metodikasiga ta`sir qiladi.
Boshlang`ich matematika kursining yana bir xususiyati shundan iboratki, boshlang`ich matematikadan hozirgi mavjud dastur o`qitishning nazoriy saviyasiga ko`proq talablar qo`ymoqda. Bunda nazariy bilimlarni amaliy malaka va ko`nikmalarni shakllantirish bilan bir birga o`zlashtirish nazarda tutiladi. Shu sababli deyarli har bir darsda yangi materialni o`rganish bilan bir qatorda shakllantirilayotgan malaka va ko`nikmalarni mustahlashtirish ishi olib boriladi.
Matematika darslarining xususiyatlari o`quvchilarning matematik materialni o`zlashtirish xususiyatlariga ham bog`liq: materialning abstrakt xarakterda bo`lishi ko`rsatma vositalarini, o`qitishning faol metodlarini to`g`ri tanlashni, dars davomida o`quvchi faoliyatining turli-tuman bo`lishini, o`quvchilarga individual va differensial yaqinlashishni talab qiladi va hokazo.
Endi o`qituvchi ishining darsni tayyorlash va uni o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan momentlarini qarashga o`tamiz.
Darsni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishda eng oldin darsning asosiy maqsadlarini aniq oydinlashtirib olish zarur. Boshlang`ich matematika kursining yuqorida gapirilgan asosiy xususiyatlari (nazariya bilan amaliyotning tarkibiy bog`liqligi, arifmetik, algebraik va geometrik materiallarning o`zaro bog`liqligi va hokazo) bilan bir qatorda darsda, odatda, bir qancha didaktik maqsadlar amalga oshiriladi; darsning ba`zi bir materialiga nisbatan tayyorgarlik ishlari oldin boshlanadi; yangi material bilan tanishtiriladi va bu materialni dastlabki puxtalash amalga oshiriladi; ayrim materialga nisbatan- bilimlarni mustahkamlash va tizimlashtirish; mustahkam malaka va ko`nikmalar hosil qilishga oid ishlar o`tkaziladi. Aytilganlarni misol bilan konkretlashtiramiz.
Misol uchun birinchi sinfda: “Ikki xonali sonlarni xona birliklarining yig`indisi bilan almashtirish” mavzusiga bag`ishlangan darsni qaraymiz.
Darsning maqsadlari:
1. Bolalarni ikki xonali sonlarni xona birliklarining yig`indisi bilan almashtirishga o`rgatish.
2. Nollar bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirish malakalarini mustahkamlash.
3. Sonni yig`indiga qo`shish xossalarini o`rganishga doir tayyorgarlik ishini o`tkazish.
Darsning asosiy maqsadi- “Bolalarni xona sonlaridan iborat bo`lmagan ikki xonali sonlarni xona sonlari yig`indisi bilan almashtirishga o`rgatish” bilan birgalikda yana boshqa maqsadlar ham kuzatiladi. Oldingi darsda o`quvchilar nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo`shish va ayirish usullari bilan tanishgan edilar. Mazkur darsda shunday sonlarni qo`shish va ayirish malaka va ko`nikmalarini shakllantirishga oid ish o`tkazish nazarda tutiladi. Bir-ikki darsdan keyin bolalarni sonni yig`indiga qo`shishning har xil usullari bilan tanishtirish kerak. Shu sababli qaralayotgan darsning maqsadlaridan biri sonni yig`indiga qo`shish xossalarini o`rganishga tayyorgarlik ishlarini o`tkazishdan iborat. Agar bu ish o`tkazilmasa, u holda mazkur dars zvenosi hisoblangan «zanjir» uziladi va bolalar yangi materialni o`zlashtirishga yetarlicha tayyor bo`lmay qoladilar.
Yangi mavzuga o`tilgandan keyin ham oldingi mavzuda olingan bilimlar va malakalar ustida ishlash to`xtab qolmaydi; u takrorlash shaklida, ilgari o`tilganlarni rivojlantirish va mukammallashtirish shaklida davom ettiriladi; bunda bilimlar boyitiladi; malakalar asta-sekin avtomatlashtiriladi; yangi va eski bilimlar orasida bog`lanish o`rnatiladi, ma`lum tizim yaratiladi.
Bundan har bir darsda qo`yiladigan didaktik maqsadlarning turli-tumanligi va qaralayotgan holda ijobiy rol o`ynovchi darsning tuzilishidagi turli-tumanlilik mutlaqo tabiiy ravishda kelib chiqadi.
Mavzu yuzasidan rejalar tuzish har bir darsnigina emas, balki dasturning berilgan mavzusi chegarasida darslar tizimini aniq rejalashtirishga yordam beradi (o`qituvchi metodik qo`llanmalarda berilgan mavzu yuzasidan rejalardan foydalanishi mumkin). Mavzu yuzasidan rejalashtirish darslarning to`la ishlanmasidan iborat bo`lmay, balki uning har bir dars uchun majburiy bo`lgan asosiy momentlarini o`z ichiga oladi. Kelgusidagi mavzu yuzasidan rejalashtirish bunday sxema bo`yicha tayyorlanishi mumkin:

Mavzu:____________________________________________________



Dars


Dars mavzusi

Darsning maqsad
lari

O`tilganlarni takrorlash, yangisini o`tishga tayyoylanish

Yangi materialni o`rgatish usuli

O`rgatuvchi va mashq qildiruvchi ishlar sismavzusi

Mavzu bo`yicha mustaqil ish

Ko`rsatmali qo`llanmalar (qurollar)

























Dars maqsadlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning to`g`ri yo`llarini topishga darsning ta`limiy va tarbiyaviy vazifalarini, irodani, emotsiyani, o`quvchilarning bilishga oid qiziqishlarini va qobilyatlarini rivojlantiruvchi vazifalarini aniqlash yordam beradi.


Darsning maqsad va vazifalari belgilab olinganidan keyin o`qituvchi darsda qilinadigan ishlar mazmunini aniqlashga kirishadi.
Dars mazmunini aniqlash uchun o`qituvchi yetakchi didakt va metodistlari tomonidan ifodalangan hozirgi zamon darsi mazmunidan qilinadigan talablarga rioya qilishi kerak.
1. Darsdan qilinadigan birinchi, asosiy talab shuki, uning mazmuni dasturga mos kelishi va tabiiy ravishda uning maqsadlaridan kelib chiqishi kerak. Mavzuning dastur talablariga mos kelish talablari har doim ham bir tekisda tushunilavermaydi. Ba`zi o`qituvchilar dasturning pedagogik g`oyalarni qanday amalga oshirishni o`ylamagan holda darsda dasturning hamma masalalarini o`rgatish va bu ishni buning uchun ajratilgan vaqt ichida uddasidan chiqish haqida o`ylaydilar va g`amxo`rlik qiladilar.
Shuni esda tutmoq kerakki, nazariy bilimlardan amaliy malaka ko`nikmalar bilan tarkibiy birgalikda foydalanish dasturning yetakchi tamoyillaridan biridir.
2. Darsdan qilinadigan eng muhim talab- 0quvchi dunyoqarashini shakllantirish, ularda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashdir.
3. Dars mazmunidan qilinadigan muhim talablardan biri uning turmush bilan, o`quvchining shaxsiy tajribasi , jamiyat qurilish praktikasi bilan bog`liq bo`lishi kerakligidir. Ilg`or o`qituvchilar kundalik materialni o`rganishni o`quvchilarning turmush tajribalari va shaxsiy kuzatishlari bilan bog`laydilar. Yangi ma`lumotlar va bog`lanishlar odatiy tasavvurlar tizimiga mantiqan qo`shiladi, bu esa pedagogik psixalogiya o`rgatganidek, predmet nazariyasini ongli o`zlashtirishning o`zginasidir.
O`qitishning turmush bilan bog`lashning qimmatli shakli darslarda o`lkashunoslik materiallaridan foydalanishdir. Tajriba darslarda o`lkashunoslik materiallardan foydalanish dars mazmunini bolalarga yaqinroq va qiziqarliroq qilishini, bilimlarni o`zlashtirish ongli, bolalarning kuchlari yetadigan va puxta bo`lishini ta`minlashini ko`rsatmoqda. Matematikada o`lkashunoslik materiallaridan foydalanishning katta imkoniyatlariga ega.
Masalan, mahalliy material asosida mamlakatimiz xalqining turmushi va hayotini aks ettiruvchi masalalar tuzishga tuman, viloyat, respublika gazetalari boy material beradi. Buning ustiga bu gazeta raqamlari o`quvchilarni butun mamlakatimizda erishilgan yutuqlarga faxr bilan qarashga undaydi va majbur qiladi.
4. Dars mazmunidan qilinadigan muhim talablardan biri o`quv materialining o`quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari yetadigan bo`lishidir. Bu talabning buzilishi bilimlarni tushunmaslikka, maxanik ravishda eslab qolishga olib keladi; bolalar qiziqishlarining , ular umumiy rivojlanishlarining pasayishiga olib keladi.
Dars mazmuniga har xil masalalar, mashqlar kiradi. Darsga mashqlar tanlash uchun darslik xizmat qiladi, darslik o`qituvchiga darsning ko`p qismi uchun ma`lum mashqlar tizimini beradi. Ammo bu muhim masalani hal qilishda o`qituvchining ijodiy yondashishi maqsadga muvofiqdir. Bunda matematik adabiyotda berilgan ko`rsatmalarga, o`z shaxsiy tajribasi yoki ilg`or o`qituvchilarning metodik jurnallar sahifalarida yoritilgan ish tajribalariga asoslanib bir xil mashqlarni boshqalariga almashtirish mumkin.
Har bir konkret materialda (faqatgina darslik materialining o’zi emas) bilimlari mustahkamlash, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish tabiiydir. Bu o’rinda ishda variativlik yorqin namoyon bo’ladi.
O’qituvchi darsning mazmunini o’ylar ekan, faoliyatining har xil turlaridan almashlab, bu faoliyatlar orasidagi bog’lanishlardan to’g’ri foydalanishni nazarda tutmog’i lozim. Ma’lumki, matematika darslarida bajariladigan asosiy ish turlari quyidagilardan iborat:

  1. og’zaki mashqlar;

  2. yozma hisoblashlar va masalalar yechish;

v) yasashga va o’lchashga doir mashqlar;
Hozirgi zamon darsidan qilinadigan muhim talablardan biri o’quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini faollashtirishni talab qilishdan iborat. Har bir dars o’ziga yarasha fikrlash darsi, ijod qilishga qatnashtirish darsi bo’lishi kerak.
Olimlar insonning har qanday qobiliyati, malakasi xarakteri xususiyati shu qobilyatlarni kuchaytirishni talab qiluvchi faoliyatda rivojlanishini ishonarli ravishda asoslab beradilar. Demak, o’quvchining o’quv faoliyati o’quvchidan faol fikrlashni talab qiladigan qilib tuzilgan bo’lsa, bunday ish o’quvchining aqliy
faoliyatining kundalik mashqiga aylanadi.
Bu ish ularni mantiqiy mulohaza yuritish, to’g’ri xulosalar chiqarishning har xil shakllari bilan ta’minlaydi. Bu yerda shuni qo’shib ketish kerakki, aqliy faoliyat asosida qurilgan ish o’quvchilarda katta xursandlik hissini tug’diradi. Ular mustaqil bajargan « kashfiyot» laridan xursandchilik va g’urur hissining zavqini suradilar. O’zlarining orginal misollarini topishga harakat qiladilar. O’zlarining ijodiy tashabbuslari va fantaziyalarini ko’rsatishga intiladilar. Aytilganlardan, bilish qobiliyatlarini faollashtirishga yordam beradigan vosita, metod va usullarni tanlashda bolalar ham doim o’qituvchining maxsus g’amxo’rligi predmeti bo’lishi kelib chiqadi.
O’quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini faollashtirishda respublikamizning ilg’or o’qituvchilari bir qator usullardan foydalanmoqdalar. Shu usullardan namunalar keltiramiz:

  1. butun sinfga topshirilgan har qanday ijodiy ishda har bir o’quvchining mumkin bo’lgan mustaqil ishining maksimal ulishini ta’minlash;

  2. buning uchun o’qitishning individual va kollektiv formalaridan optimal ravishda birgalashtirib foydalanish usullari bilan bir qatorda maxsus tarqatma didaktiv materiallardan foydalanish;

  3. faoliyat turlari bilan o’rganilayotgan o’quv materiallari orasida to’g’ri munosabatni ta’minlash;

  4. darsning har xil bosqichlarida programmalashtirilgan va muammoli ta’lim elementlaridan foydalanish;

  5. darsda har xil ko’rsatmali va ekran vositalardan foydalanish;

  6. darsda (dastur materialida) tez tushunish – ziyraklikni, diqqatni, tasavvur qilishni tekshirish va shakllantirishga doir o’ziga xos tanlovlar o’tkazish, o’qitishning mazmuni va metodlari xususiyatlariga darsning tashkiliy tomonlari mos kelishi kerak. « Har bir dars mazmuni, vositalari, metodlari va usullari bilan aniqlanuvchi jiddiy yagana ichki logikasiga ega bo’lishi kerak. Darsni rivojlantirish logikasini tashqaridan ko’rsatib bo’lmaydi. Darsdan qilinadigan asosiy talablarga amal qilgan holda o’qituvchi bu talablarni amalga oshirishga nisbatan ham, dars komponentlaridan foydalanishda nisbatan ham o’z san’ati, o’z metodik uslubi bilan ta’sir qiladi bu san’at va metodik uslub sinfining xarakteriga va uning individual xususiyatlariga bog’liq. Bu shartlarning o’ziga xosligi o’qituvchining ularni hozirgi zamon darsiga qanday joriy qilishida namoyon bo’lishi kerak.

Darsda individual ishni jamoa ish bilan mohirona birgalikda olib borish, o’quvchilarga differensiallashgan yaqinlashishni amalga oshirishda darsning muhim tashkiliy jihati hisoblanadi.
O’qitish vositalardan dars mazmuni, uni o’tkazish metodikasini hisobga olgan holda foydalaniladi. Odatda, dars rejasida shu darsda qanday ko’rsatmali qo’llanmalardan foydalanish ko’rsatiladi. O’qituvchi zarur yozuvlarni sinf doskasiga joylashtirish masalasi haqida ham o’ylab qo’yishi kerak.
Yozuvlarni doskaga tartibsiz joylashtirish dars materiallarini o’zlashtirishda salbiy ta’sir ko’rsatdi.
Uyga qanday vazifa berilishini, u material bilan qanday bog’langanligini va nega shunday bog’langanini uy ishiga oid tegishli yo’l yo’riqlar darsning qaysi qismida berilishi zarurligini o’ylab ko’rish ham katta ahamiyatga ega.
Ko’rib turibmizki, o’qituvchi darsga tayyorlanganda bir qator masalalarni hal qilishi kerak. Bu ishning natijalarini o’qituvchi darsning yozma rejada qayd qiladi.
Dars rejasi odatda ixtiyoriy ravishda tuziladi, ammo unda qo’yadigan elementlar o’z aksini topishi kerak:
1. Darsning o’tkazilish vaqti va uning rejasi bo’yicha raqami.
2. Dars rejasining nomi.
3. Dasrning asosiy didaktik maqsadlari, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari.
4. Darsda foydalaniladigan jihozlar.
5. Dars tarkibi, ya’ni darsning asosiy qismlari yoki bosqichlarini, ularning ketma-ketligi va o’tkazish uchun ketadigan vaqtni taxminan aniqlash.
6. Yangi materiallarni o’rganishga oid, mustahkamlash va takrorlashga oid ishlarning mazmuni
7. Darsning har bir qismida bajariladigan o’quv ishining metod va usullari.
8. Darsning borishida so’ralishi kerak bo;lgan o’quvchilar familyalari.
9. Uy vaifasi.
Doskaga (daftarga) bajarilishi kerak bo’lgan yozuvlarni alohida ajratib yozish maqsadga muvofiqdir.
Darsning mukammallik darajasi — deb yozishadi boshlang’ich matematika bo’yicha mashhur metodislar M.I.Moro va A.M. Pishkalo —ko’p omillarga, masalan, o’qituvchining tajribasiga, darsning qiyinlik darajasiga, darsga qaralishi kerak bo’lgan mashqlarning murakkabligiga bog’liq (ba’zi hollarda o’qituvchi reja tuzar ekan, unda murakkabroq mashqlarni bajarishni yoki bolalarga beriladigan savollarning javoblarini yozib chiqadi, bu uning darsga ishlashini yengillashtiradi).
O’qituvchining mahorati darsda bolalar uning tushuntirishlarini qanday qabul qilishlariga, o’quvchilar qanday ishlashlariga, o’quvchilarga o’qituvchi tayyorlagan savollarga javob berishda qanday qiyinchiliklar va xatolar paydo bo’lishiga, qay darajada tez, to’g’ri va aniq javob olishiga qarab namoyon bo’ladi. O’quvchilar javoblaridagi kutilmagan xatoliklar sinfdagi ishlash aktivligining kutilmaganda pasayib ketishi, o’quvchilar tomonidan kutilmagan savollarning berilishi va shunga o’xshash holatlarning hammasi darsning borishida oldindan belgilandan rejadan chetga chiqish zaruriyati keltirib chiqaradi.Bunday hollarda o’qituvchidan qoshimcha tushuntirishlar, demonstratsiyalar, ba`zi o`quvchilar bilan individual ishlash talab qilinadi. Ammo o`qituvchining har qanday bo`lganda ham, oldindan belgilangan rejani amalga oshirish uchun harakat qilib, o`qitish jarayonida paydo bo`ladigan bunday hollarga e`tibor bermasligi yomon ahvoldir.
Agar biror sababga ko`ra oldindan belgilangan rejani chetlashish muhim bo`lsa, shu vaqtning o`zidayoq darsda bu rejada belgilangan ishning qolgan qismiga qanday ta`sir qilishni aniqlab olish muhim.Masalan, o`qituvchi biror muhim masala ustida o`tkazishni mo`ljallagan ishi uchun kam vaqt qolganini ko`rsa, u holda bu ishni boshlamay qo`ya qolgan ma`qul. Agar darsda uy vazifasi uchun asos bo`ladigan materialni qarash imkoni bo`lmay qolsa, u holda oldindan uyga berish uchun belgilab qo`ygan vazifani o`zgartirish kerak.
Ko`pgina boshqa narsalar ham o`qituvchiga bog`liq. Masalan, u bayonni dogmatik olib borishi mumkin, u holda o`quvchilar o`rganayotgan material qotib qolgan o`lik tizimga aylanib qoladi, bunda hamma dalillar va qoidalar tayyor bir narsa sifatida o`quvchilarga yuklatiladi, ular faqat eslab qolish, yodlash, quruqdan- quruq bilib olish kerak bo`lgan yo`l-yo`riqlarning ulkan to`plamidan iborat bo`ladi. Ravshanki, bunday o`qitish metodlari o`quvchilar tafakkurini rivojlantirishga biror narsa berishi amri mahol.
Ammo o`qituvchi o`qitishga boshqacha yondashishi ham mumkin, bunda u o`quvchilarga qaralayotgan dalil va hodisalarning sabablari tushunarli, amallar bajarishning usul va qoidalari izlanish va qidirish natijasida kelib chiqishi yangi xossalarning topilishi va asoslanishi, o`quvchilar bu xossalarning mumkin bo`lgan qo`llanishlari borasida tirishqoqlik bilan fikr yuritishlari, o`quvchilar o`z bilimlariga tayanib har xil amaliy usullar mohiyatini tushuntirib berishga harakat qiladigan jamoaviy ijod qilish jarayoni ekanligini ko`ra bilishlari kerak.
Hozirgi zamon o`qituvchisi o`zida yuqori professional pedagogik madaniyatni, kelajak uchun kurashuvchining g`oyaviy va axloqiy sifatlarini mujassamlashtirishi; o`zi o`qitayotgan fanning so`nggi yutuqlarini pedagogik va metodik nazariyani yaxshi bilishi; ijobiy pedagogik tajribadan ijodiy foydalana olishi; psixologiya bergan ma`lumotlarga asoslanishi; o`quvchilarning aqliy va axloqiy kuchlarini rivojlantirishning asosiy metod va usullarini izlashi kerak.
Shunday qilib, dars samaradorligi o`quv materialining mazmuni bilan uni o`qitish metodlari , ishlash metodlari bilan bolalarning gruppaviy va individual faoliyatlari orasidagi bog`lanishlarning qay darajaliligiga bog`liq, shuningdek, dars alohida qismlarining o`zaro bog`liqligi qanday amalga oshirilishiga, o`qituvchining nazariy va metodik tayyorgarligiga bog`liq.
1.2. Boshlang`ich sinflarda matematika dars turlari va ularning tarkibi
Endi boshlang`ich sinflarda matematikadan darslarining asosiy xillarini qarashga kirishamiz.
Didaktik maqsadlariga qarab matematikadan darslarining ushbu turlari bir-biridan farq qilinadi: murakkab dars, yangi materialni o`rganish darsi, bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni puxtalash darsi, takrorlash- umumlashtirish darslari, bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni tekshirish darslari.
Murakkab darslar boshlang`ich sinflardan eng ko`p tarqalgan dars turidir. Bu o`quvchilarning yosh xususiyatlari, matematika boshlang`ich kursining tuzilish xususiyatlari bilan tushuntiriladi.
Bunday darsda har xil didaktik masalalar yechiladi: o`quvchilar yangi bilimlar , malakalar va ko`nikmalar bilan tanishtiriladi, shu tanishtirilganlarni dastlab puxtalanadi, ilgari o`tilganlar takrorlanadi bundan keyin o`rganiladigan materialni o`rganishga tayyorlaniladi, bilimlar hisobga olinadi. Bu xildagi darslardan ko`pincha yangi materialni o`rganish, uni puxtalash bilan ilgari o`tilganlarni takrorlash bilan organik bog`lab ketiladi, bunda o`quvchilarga tanish bilimlarga asoslaniladi va faqat o`qituvchining bayoni va tushuntirishlari bilangina emas, balki o`quvchilarning har xil mustaqil ishlari tariqasida o`tkazilishi mumkin. Bunda murakkab darslarning tuzilishi yo`q ekan degan mazmun kelib chiqmasligi kerak.
Hozirgi zamon murakkab darsi tuzilishiga uning quyidagi tarkibiy qismlari turli kombinatsiyada va har xil hajmda kiradi:
1) uy vazifasini tekshirish
2) maxsus og`zaki mashqlar
3) o`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish
4) bolalarni yangi materialni idrok qilishga tayyorlash
5) yangi materialni o`rganish
6) yangi materialni mustahkamlash
7) ilgari o`tilgan materialni takrorlash va mustahkamlash
8) darsni yakunlash va uyga vazifa berish
Har qaysi alohida darsga bu sanab o`tilgan elementlarni hammasi ham kiravermaydi, ammo bularning hammasi ham bir mavzu bo`yicha darslar tizimining zarur qismlaridir. Murakkab dars tipida darsning hamma bosqichiga taxminan bir xil vaqt sarflanadi.
Murakkab darsning har bir tarkibiy qismini qarab chiqamiz.
1) Uy vazifasini tekshirish – darsning muhim qismi. Tekshirish tizimi yaxshi yo`lga qo`yilsa uy vazifalarini bajarmaslik yoki qoniqarsiz bajarish haqidagi fikr o`quvchi xayoliga ham kelmasligi kerak. O`quvchilarning uy ishlarini tekshirish o`qituvchining zarur vazifasidir. Bu ishni bajarmay turib, o`quvchilarning o`tilgan materialni qanday o`zlashtirganlari haqida yaqqol tasavvurga ega bo`lib bo`lmaydi. Uy vazifalarini tizimli tekshirib borilmasa, ular o`z ma`nosini yo`qotadi. O`qituvchi uy vazifasini doimiy tekshirib borishi bilan o`zining o`quvchining o`quv faoliyatiga qiziqqanligini namoyon qiladi, topshiriqlarning bajarilishi muhimligini ko`rsatadi, o`quvchilarning qilgan mehnatlariga nisbatan hurmatini ko`rsatadi, shu yo`l bilan u o`quvchilarda uy vazifasiga nisbatan to`g`ri munosabatni tarbiyalaydi.
Topshiriqlarning xarakteriga qarab uy vazifasini tekshirish shakli turli-tuman bo`lishi mumkin. Agar uy ishi oldingi dars materiali va o`tilayotgan dars vazifalari bilan tarkiban bog`lanmagan bo`lsa, u holda darsning boshidagina emas, balki istalgan bosqichida tezgina qarab chiqish bilan cheklanish, ishning to`g`ri bajarilganligini esa uyda qarash mumkin.
Agar uy ishi o`tilayotgan dars mazmuniga bog`liq bo`lsa yoki u oldingi darsda o`rgatilgan yangi material bo`yicha berilgan bo`lsa, u holda javoblarning to`g`riligini tekshirishning o`zigina emas, balki bajarilgan amallarni o`quvchilarning tushuntirishlarini tinglash ham muhimdir. Bunda ushbu savollarni berish muhimdir: « Nega?», « Qanday mulohaza qilding?», « Nimani bilib olding?», «Yechimning to`g`riligini qanday tekshirding?» va hokazo.
Va, nihoyat, agar o`qituvchi uy ishini hatto bo`sh o`quvchilar ham uddasidan chiqqanligiga ishonch hosil qilsa, u holda uy vazifalarini umuman tekshirmaslik ham mumkin.
Uy vazifasini tekshirish ko`rinishlaridan yana biri tanlab tekshirishdir. Bu o`rinda berilgan uy vazifasidagi eng asosiy, qiyin joylarni tanlab tekshirish nazarda tutiladi. Uy vazifasini tekshirishning boshqa ko`rinishlari ham mavjud, masalan: oldindan doskaga osib qo`yilgan asboblar bilan taqqoslash; berilgan topshiriqdagiga o`xshash topshiriqlarning bajarilganini o`zaro tekshirish va hokazo.
So`nggi yillarda og`zaki hisob bilan bog`lab berilgan uy vazifalarini tekshirish boshlang`ich sinflarda keng tarqaldi. Masalan, ikkinchi sinf o`quvchilari o`quv yili boshida uyda ushbu ko`rinishdagi misollarni yechishgan:
57 – 36 =21 91 – 28 = 63
57 + 27 = 84 48 + 22 = 70
48 + 14 = 62 39 + 12 = 51
Uy vazifasini tekshirishda og`zaki hisoblashlar bilan bog`liq bo`lgan bunday savollarni berish mumkin:

  1. 60 ni hosil qilish uchun qanday misolning javobiga 9 ni qo`shish kerak?

  2. Javobida nol bilan tugaydigan ikki xonali son hosil bo`lgan misolni o`qing.

  3. Javobi 24 dan 3 ta kam bo`lgan misolni ayting.

  4. Javobi 6 ta II xona birligidan va 3 ta I xona birligidan iborat bo`lgan misolni ayting.

  5. Qiymati 8 o`nlik 4 birlikdan iborat sonli ifoda toping.

  6. 32 va 18 sonlari yig`indisini 12 birlik ottiring. Uyga berilgan misollarda shunday natija chiqdimi? Qaysi misolda?

2) Maxsus og`zaki mashqlar- matematikadan darsning zaruriy muhim qismi. Ularning o`rni, odatda, darsning boshida. Ammo ularni dars o`rtasida ham o`tkazish mumkin. Bunday mashqlarni dars oxirida bajartirish maqsadga muvofiq bo`lmaydi, chunki o`quvchilar toliqib qolgan bo`lishadi. Misol va masalalargina emas, balki algebra va geometriya elementlari ham og`zaki hisoblashlar uchun material bo`lib xizmat qilmog`i kerak. Og`zaki hisoblashlar uchun mashqlar tanlashda shunga intilmoq kerakki, bu mashqlar dars maqsadlariga javob bersin va darsning yangi o`quv materialini tayyorlashga xizmat qilsin.
3) Dars maqsadlarini yetkazish (aytish). Aniq, lo`nda va tushunarli qilib ifodalangan dars maqsadlari ko`p jixatdan dars materialini tushunib o`zlashtirishga imkon beradi, o`quvchi fikrini zarur yo`nalishga solish imkonini beradi, o`quvchilarning yangi materialni o`zlashtirishga bo`lgan qiziqishlarini ortiradi.
4) Yangi materialni o`rganishga tayyorlash. Ma`lumki, har qanday yangi bilimlar har doim asosan ilgari olingan bir qator bilimlar, malakalari va ko`nikmalarga asoslanadi. Shu sababli, yangi materialni o`rganish oldidan o`quvchilar xotiralarida yangi materialni o`zlashtirish uchun kerak bo`ladigan bilimlar va malakalarni tiklash kerak. Shu maqsadda o`qituvchi tayyorlash mashqlarini tanlaydi. Yangi materialning qanchalik qiyinligiga qarab, bilim va malakalarning qanday qo`shimcha tiklanishi zarurligiga qarab, o`qituvchi tayyorlash mashqlarini o`tilayotgan dars (yani yangi material qaraladigan dars ) ga yoki oldingi bir yoki bir necha darsga taqsimlaydi. Bunda tayyorlash mashqlarini og`zaki mashqlarga va o`quvchilarning uy vazifalariga kiritish mumkin.
5) Yangi materialni o`zlashtirish- hozirgi zamon ko`pchilik darslarining muhim tarkibiy qismidir. ,,Agar o`qitishning oldingi praktikasida, deb yozadi mashhur metodist A.S. Pchelko, yangi bilimlarni tushuntirish nisbatan kam sondagi darslarda amalga oshirilgan bo`lsa, endi esa bizning o`quvchilarimiz ko`pchilik darslarda o`zi uchun biror yangilikni bilib oladi, bu esa uni yangi bilimlar bilan qurollantiradi, aqliy doirasini kengaytiradi ``.
Yangi materialni o`rganishga nisbatan ijobiy emotsional munosabat uyg`otish, bolalarning o`zlari yangi bilimlarni olishda bevosita ishtirok etishadigan sharoitlarni yaratish muhimdir.
Misol. Ikki xonali sonni bir xonali songa ko`paytirish.
Yechish uchun ishbu misollar beriladi: 7*5, 63:9, 8*4, 9*8, 12*8
Oxirgi 12*8 misolini o`quvchilar yecha olishmaydi, chunki ular hali ikki xonali sonni bir xonali songa ko`paytirish usuli bilan tanish emaslar. Muammoli vaziyat hosil bo`ldi. O`quvchilardan biri yechish uchun ko`paytirish amalining aniq mazmunini bilganlikka asoslanilgan tanish usuldan foydalanishni taklif qiladi: 12*8=12+12+12+12+12+12+12+12. O`qituvchi yechishga ko`paytirishdan foydalanib ratsionalroq yaqinlashishni topishni taklif qiladi. Xususan, 12 sonini qandaydir ikki qo`shiluvchining yig`indisi shaklida tasvirlash va shundan keyin hosil bo`lgan ifodaning qiymatini yig`indini songa ko`paytirish xossasidan foydalanib toppish kerak. O`quvchilar bir nechta varianti aytishlari mumkin:
(7+5)*8=7*8+5*8=56+40=96
(8+4)*8=8*8+4*8=64+32=96
(10+2)*8=10*8+2*8=80+16=96
O`quvchilar 12 sonini ikki sonning yig`indisi shaklida tasvirlashning mumkin bo`lgan barcha usullarini taqqoslab, 12 ni xona birliklarining yig`indisi shaklida tasvirlash osonroq ratsional hisoblash usuliga olib kelishiga ishonch hosil qiladilar.
Yangi material ustida ishlash har xil metodlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Yangi materialni dastlabki o`zlashtirish metodlarini tanlashda bilimlar tarkibining murakkabligidan: o`quvchilar umumiy rivojlanishining darajasidan: ularning psixologik va yosh xususiyatlaridan; u yoki bu metoddan foydalanish imkoniyatidan va metodning tarbiyaviy qimmatidan, yani bu metod bolalarning bilish qobiliyatlarining, amaliy ko`nikmalarining rivojlanishiga qanchalik yordam berishdan; dunyo qarashlarning va xarakterlarning ma`lum xususiyatlarini shaklantirishga qanchalik yordam berishidan ; o`quvchining har tomonlama faoliyatini qanchalik ta`minlashidan kelib chiqmoq kerak.
Bilimlarni muammoli bayon qilish, evristik xarakterdagi suhbat, o`quvchilarning mustaqil va amaliy ishlari muhim tushuntirish metodlari jumlasiga kiradi. Yangi materialni dastlabki idrok qilishda mustaqil ishlash metodidan foydalanish muhimligini, ya`ni mazmuni bo`yicha o`z kuchlari yetadigan yangi materialni o`quvchilarning mustaqil o`zlashtirishlarning muhim ekanini ta`kidlab o`tish kerak.
Boshlang`ich sinflarda yangi materialni tushuntirishning asosiy yo`llardan biri induktiv yo`ldir.
Yangi materialni qarashda ko`rsatma- qo`llanmalardan va o`qitishning texnik vositalardan to`g`ri foydalanishning katta ahamiyati bor.
6) Yangu materialni mustahkamlash ham darsning muhim tarkibiy qismidir. Yangi bilimlarni mustahkamlash jarayonida dastlabki malaka va ko`nikmalar shakllanadi, yangi materialni qanday o`zlashtirilganligi qisqa mudatli mustaqil ishlar o`tkazish bilan tekshiriladi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinadi.Yangi matertialni mustahkamlash asosan mashq qildirish xarakteridagi va ijodiy xarakterdagi mashqlar orqali amalgam oshiriladi. Yangi materialni mustahkamlashga doir dastlabki mashqlar asosan o`qituvchi rahbarligida kollektiv ravishda bajariladi.Ammo shuni nazarda tutmoq kerakki , bu mashqlarni oldin kuchli o`quvchilar bajarishadi. Shunday qilinsa, qolgan o`quvchilar yangi materialni yana bir marta idrok qilish imkoniga ega bo`lishadi. Agar yangi material mazmuni bo`yicha sodda bo`lsa uni mustahkamlashni o`quvchilarning mustaqil ish bajarishlaridan boshlash mumkin.
7) Ilgari o`tilgan materialni mustahkamlash.Pedagogika adabiyotda ushbu so`zlarni o`qiymiz:
«Takrorlash zarurati o`quvchilarning o`rganilayotgan materialni puxta o`zlashtirish vazifalardan o`quvchilarning eslab qolishigina emas, balki o`qitish xususiyatiga ega bo`lgan xotiralarning rivojlanish xususiyatlaridan , ko`p martalab takrorlashni talab qiluvchi malaka va ko`nikmalarning hosil bo`lish qonuniyatlaridan kelib chiqishi bilan asoslanadi». Darslarni takrorlash bilan tushuntirish yangi o`rganilayotgan materialni ilgari o`tilganmaterial bilan bog`lash lozim,
.Shuni ta`kidlash kerakki, takraorlash bu ilgari o`tilganlarni to`g`ridan-to`g`ri qayta tiklash bo`lmay balki bunda «eskiga» boshqa pazitsiyalardan qarash, masalan, yangi material nuqtai nazardan qarash imkonini beruvchi biror yangilik albatta paydo bo`lishi kerak.Qanday qilinganda takrorlash samaradorroq bo`ladi.Balki o`quvchini shunday talablar bilan qo`mib tashlash kerakki, u aktiv aqliy faoliyat qilsin,takrorlanayotgan material qatnashgan ilgari hech bir bajarilmagan mashqlarni bajarishda qatnashsin.
8) Uyga vazifa. Uyga beriladigan topshiriqlar darsdan mustaqil vaqtlarda o`quvchilar mustaqil ishlarni tashkil qilish shaklida bolishi zarurdir. Bunda uy vazifalarning o`quvchilar kuchlariga mos kelishi lozimligi talabi ayniqsa muhimdir. Shuningdek .topshiriq mazmuniga oid va uni bajarish metodikasiga doir aniq ko`rsatmalar muhimdir.Uy vazifalarni o`qituvchi dars o`rtasida yoki boshqa qismida beri mumkin faqat dars oxirida berish maqsadga muvofiq kelmaydi,chunki bu vaqtda o`quvchilarning diqqatlari bo`shashib qoladi.Odatda,uy vazifalarini o`qituvchi qisqa shaklda doskaga yozadi, o`quvchilar esa o`z kundaliklariga yozib oladilar.
9) Darsni yakunlash.Darsni tashkiliy ravishda aniq yakunlash darsning mantiqan butunligini ta`minlashda katta ahamiyatga egadir.Dars oxirida o`qituvchi o`quvchilarga darsning asosiy maqsadini eslatib bolalarga savollar berish yo`li bilan darsni yakunlaydi.O`qituvchining savollari mujmal,noaniq bo`lmasligi kerak. Masalan, bolalardan darsda nima qildilaring deb so`ralsa ,ular beradigan javob ham umumiy xarakterga ega bo`ladi va taxminan bunday bo`ladi:»Biz bugun misollar,masalalar yechdik…» Shu sababli bu o`rinda aniqroq, masalan, bunday savollar o`rinli: «Darsda nima qilishni o`rgandingiz?» «Qanday yangiliklarni bilib oldingiz?» va hokazo.
Oxirida shuni ta`kidlaymizki ,»Murakkab tipdagi takrorlash va ilgari o`rganilganlarni tekshirishga yangi materialni o`rganishga va uni mustahkamlashga taxminan bir xil vaqt sarflanadi. Bunda ko`pincha o`qituvchi ilgari o`rganilganlarni mustahkamlash bilan bir vaqtda bolalar bu materialni qanday, o`zlashtirganliklarini tekshiradi. Yangi materialni o`rganish bilan yo`l-yo`lakay bu material bo`yicha olingan bilimlar, malakalar va ko`nikmalar mustahkamlanib boradi. Mustahkamlash keyingi mavzuni o`rganishga tayyorgarlik bilan qo`shib olib boriladi va h.k. Shu bilan o`quvchilarning dars davomidagi faol ishlari ta`minlanadi.

Download 104,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish