1-sinf matematika darsida tayyorgarlik davrini tashkil etish metodikasi ”



Download 104,24 Kb.
bet7/26
Sana21.07.2022
Hajmi104,24 Kb.
#833841
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
1- sinf matematika darsida tayyorgarlik davrini tashkil etish metodikasi( Nurmamedova Ayna)

Birinchi bob bo`yicha xulosa
Shunday qilib, biz pedagogik jarayonga turli xil nazardan qarab, quyidagicha xulosa chiqarishimiz mumkin: pedagogik jarayonda 1-sinfda tayyorgarlik vaziyatlardan foydalanish yordamida ta’lim-tarbiya maqsadi, ya’ni vazifalarni belgilab olishdan boshlanib, bu jarayonning bir butun yaxlitlikka yo’nalishini nazarda tutadi.
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi o`quv-tarbiya jarayonini shunday tashkil etishi kerakki, jajji boshlang`ich sinf o`quvchisi maksimal bilim, malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi, ammo unga beriladigan bilim o`quvchini charchatib qo`ymasligi, uning fanga bo`lgan havasini bo`g`ib qo`ymasligi kerak.
Kuzatuv-tajribalar shuni ko`rsatmoqdaki, boshlang`ich sinflarga endigina qadam qo`ygan o`quvchi bilan dastlabki darslarni ayniqsa, matematikadan tayyorgarlik davri darslarini tashkil etishda boshlang`ich sinf o`qituvchilari ko`p qiyinchiliklarga duch kelishadi. Maktabga kelgan o`quvchilar bilim darajasini ng xilma-xilligi, ularning yosh, psixologik jihatlari, bolalarning maktabgacha ta`lim muassasalarida ta`lim olganlik va olmaganliklari, uy muhitidan maktab muhitiga moslanmasliklari kabi juda ko`plab muammolar o`qituvchi ishini tashkil etishda, bolalar bilan dars tizimini o`tishda muammolar kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Tayyorgarlik davrini qanday qilib, qanday usullar bilan o’qitilsa, natija yaxshi bo’ladi, degan savolga javob beradi. U o’z tizimiga ega bo’lib, unda komponentlar ketma-ketligi, o’zaro bog’liqligi, bir butunligi saqlanadi.


II BOB
1-SINFLARDA MATEMATIKADAN TAYYORGARLIK DAVRI DARSLARINI TASHKIL ETISH VA UNI O`TKAZISH METODIKASI


2.1. 1-sinfda matematika bilan shug`ullanishning asosiy o`quv-tarbiyaviy vazifalari
1-sinf dasturi bundan keyingi ta’lim asoslanadigan muhim bilimlar, malakalar va ko’nikmalarni tarkib toptirishni nazarda tutadi. 1- sinfda son, sanoq, qo’shish va ayirish amallari haqidagi tasavvurlar tarkib topishi, sonlar qatori ongli o’zlashtirilishi kerak (bolalar qatordagi har bir son qanday hosil bo’lishini o’zlashtirishlari, sonlar­ni taqqoslashni o’rganib olishlari kerak). Qo’shish va ayirish usullarini ongli o’zlashtirishga alohida e’tibor berilishi kerak.
Nihoyat, 1-sinfda o’qitishning natijasi 10 ichida sonlarni qo’shish jadvalini, shu sonlar tarkibining tegishli hollarini va ayirishni ongli va puhta o’zlashtirish hamda bu o’zlashtirishni avtomatizmgacha yetkazishdan iborat bo’lishi kerak. Bolalar 3 + 6 = 9 ekanini, 9 bu 4 va 5 ekanini, 9 - 6 = 3, chunki 9 bu 3 va 6 ekanini og’zaki bilishlari kerak.
Bundan tashqari, bolalar 20 ichida predmetlarni sanay oladigan, 0 dan 20 gacha bo’lgan sonlarni o’qiy oladigan va yoza oladigan, ularning o’nliklar va birlik- lardan iborat tarkiblarini bilishlari (12- bu 1 o’nlik va 2 birlikdan iborat ekanini, 1 o’nlik va 7 birlik bu 17 ekanini bilishlari) kerak, 20 ichida qo’­shish va ayirishga doir misollarni (10 + 6, 13 - 3, 16 - 10) yecha oladigan bo’lishlari kerak.
Bundan tashqari, bolalar yig’indini, qoldiqni topishga doir, berilgan sonni bir necha birlik orttirish yoki kamaytirishga doir masalalarni yechishni o’rganib olishlari kerak. Butun yil davomida bolalarning fazoviy tasavvurlarini aniqlash va kengaytirishga doir, ularning «ortiq», «kam», «o’shancha» munosabatlarini tushunishlarini aniqlash va kengaytirishga doir, predmetlar uzunliklarini (oldin istalgan uzunlikdagi o’lchov poloskasi, so’ngra uzunligi 1 santimetr bo’lgan poloska yordamida) o’lchash bilan bog’liq bo’lgan, kesma uzunligini (butun santimetrlarda) chizg’ich bilan o’l­chash va berilgan uzunlikdagi kesmani chizish bilan bog’liq bo’lgan amaliy malakalarni shakllantirish bo’yicha sistematik ish olib boriladi. O’qituvchi har doim shuni esda tutishi kerakki, bolalarning hayotiy tajribalariga doimo asoslanilgandagina, sistemali ravishda uni boyitilganidagina o’quv vazifalari hal qilinishi mumkin, shu sababli bolalarda nutq, xotnra va tafakkurning rivojlanishi haqida g’amho’rlik qi­lish kerak. Bolalarning umumiy rivojlanishi uchun har bir darsda imkoniyatga qarab predmetlar gruppasi- ni, ayrim predmetlarni kuzatish, ularni tasniflash, bolalar xotiralarining mashqi bilan bog’liq bo’lgan ish o’tkazilishi kerak. Bunda bolalarga eslab qolishni osonlashtiruvchi usullarni o’rgatish muhim- dir. Masalan, qo’shish jadvalini o’rganishda bir xil sonlarni qo’shish (4 + 4, 5 + 5 va hokazo), natijalarini eslab qolish 4 + 5, 5 + b va boshqa qo’shish hol- larini eslab qolishga yordam beradi.
Shu vaqtning o’zida dasturning ko’pgina masala- larini o’zlashtirish bolaning u yoki bu amalni ongli bajarishini talab qiladi. Masalan, bir gruppadagi predmetlarni bolalar oldin bir tartibda, keyin bosh­qa tartibda sanab, sanoq natijasi sanashning qanday tartibda bajarilishiga bog’liq emas ekan, degan xulosaga keladilar. Shuningdek, amaliy kuzatishlar nati- jasida bolalar predmetning tartib nomeri har doim sanashning qanday tartibda bajarilishiga bog’liq ekaniga ishonch hosil qiladilar va hokazo.
Ko’pgina kuzatishlar natijasida to’plangan hisoblashlarni osonlashtirishga yordam beradigan material- dan o’qituvchi o’quvchilarning kuchlari yetadigan umumlashtirishlar qilishda foydalanishi kerak. Masalan, bolalar 4 + 5, 5 + 4 ko’rinishdagi misollar juftlarini kuzatib va taqqoslab, yig’indi sonlarning qo’shi- lish tartibiga bog’liq emas, degan xulosa chiqaradilar va yig’indining bu xossasidan kichik songa katta sonni qo’shish hollarida foydalanadilar (2 + 7, 1+9 va hokazo).
Olti-yetti yoshli bolalar bilan ishlovchi o’qituvchi har doim o’z oldida turgan umumiy tarbiyaviy maqsadlarni unutmasligi kerak. Bolalarning bilish qobiliyatlarini (birinchi navbatda ularning tafakkur va nutqini) rivojlantirish muhim masala bo’lib, bolalar bilan bajariladigan o’quv va tarbiya ishlarining mazmuni ham, metodlari ham bu masalaga bo’ysundirilgan bo’lsagina muvaffaqiyatli hal qilinadi. Matematika mashg’ulotlari uchun bunday topshiriqlarni tanlash katta ahamiyatga ega. Bu mashg’ulotlar bolalardan mustaqil kuzatishlar o’tkazishni, qaralayotgan hodisalarni, predmetlarni, o’z harakatlarini va shu singarilarni taqqoslash, tavsiflashlarni talab qiladi. Bolalarning nutqi o’qituvchining savollariga javob berishdangina iborat bo’lmasdan, unda kerakli so’z va ifodalarni o’z ichiga olgan hikoyani ravon tasvirlashi muhimdir (masalan, predmetlarning hossalarini o’rganishda, hususan, ularning ranglarini farq qilishga o’rgatishda, rangning nomini, atrof tevarakdagi pred­metlarning ranglarini aytishdan tashqari o’quvchilarga o’zlari biladigan mevalar va sabzavotlar haqida gapirib berishni, bunda ularning ranglarini aytishni taklif qilish mumkin va hokazo). Matematika darslarida beriladigan topshiriq va mashqlarning mazmunida bolalarga tanish kitob, ertak va multfilmlarning qahramonlari qatnashsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Butun mashg’ulotni ona tili va boshqa predmetlar mashg’ulotlarida olingan bilimlar, malakalarni hisobga olgan va ularga asoslanilgan holda olib borish kerak.
Muhim tarbiyaviy masalalardan biri bolalarda kollektivda yashash va o’qish uchun zarur elementar bi­limlar, malakalar va ko’nikmalarni tarkib toptirishdan iboratdir. Bu jihatdan har hil tashkil qilinadigan o’quv va o’yin faoliyatlari orqali to’planadigan tajriba katta ahamiyatga ega.
Shunday qilib, ta’lim, tarbiya va rivojlantirish vazifalari bir butun kompleks tarzda hal qilinadi. Bunda har hil ta’lim metodlaridan va darsda ish tashkil qilishning mos shakllaridan foydalanish katta ahamiyatga ega.

Download 104,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish