1-sinf matematika darsida tayyorgarlik davrini tashkil etish metodikasi ”


Sonlar va ular bilan amallar bajarishni o`rganishga tayyorlash darslari ishlanmalari



Download 104,24 Kb.
bet10/26
Sana21.07.2022
Hajmi104,24 Kb.
#833841
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
1- sinf matematika darsida tayyorgarlik davrini tashkil etish metodikasi( Nurmamedova Ayna)

2.2. Sonlar va ular bilan amallar bajarishni o`rganishga tayyorlash darslari ishlanmalari
1-dars
MAVZU: JONAJON MAKTABIM
Darsning ta`limiy maqsadi:
Maktabga ilk bor qadam qo`ygan o`quvchilarda `` Jonajon maktab``ga mehr-muhabbat, matematikadan faniga qiziqish uyg`otish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o’quvchilarga yangi o’quv yili O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami kunidan boshlanishi haqida ma’lumot berish orqali Vatan tushunchalarini kengaytirish , o’z Vataniga muhabbatli bo’lishga, uni qadrlashga o’rgatish, ahillik, birodarlik ruhida tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o’quvchilarni bilimdon, zukko bo’lishga, ,,Jonajon maktab’’ga muhabbat, Vatan haqidagi tushunchalarini boyitib borish.
Darsning turi: aralash, ertak, savol-javob, suhbat.
Darsning jihozlanishi:

  1. 1-sinf ,,Matematikadan’’ darsligi;

  2. magnit taxtasi;

  3. Vatan, jonajon maktab tasvirlangan mavzuga mos rasm.

Darsning borishi:
Darsni tashkil etish.
1991-yil 1-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Mustaqil deb e’lon qilinganligi, shu bois har yili 1-sentabrda Mustaqillik bayrami nishonlanishi haqida ma’lumot beriladi.
Ona Vatanimiz kundan-kunga gullab , yashnab borayotganligi haqida suhbat o’tkaziladi.
Matematikadan kitobini varaqlab, birinchi sahifasida ,,Jonajon maktab’’ rasmi tasvirlanganligi haqida o’quvchilarga tushuncha beriladi.O’quvchilar xotirasida ,,Jonajon maktab’’ haqida yoqimli taasurot qoldirish uchun suhbatni ,,Sehrli saroy’’ertagini aytib berish bilan boshlash mumkin.
,,Bor ekan-da , yo’q ekan, qadim zamonda bir ona va uni bir o’g’li bor ekan. O’g’il yetti yoshga to’lganda onasi uni saroyga boshlab boribdi.Bu oddiy saroy emas ,balki sehrli saroy ekan. Sehrli saroyning katta eshiklari bor ekan.Uning derazalari ko’p ,xonalari yorug’, yo’laklari uzun va chiroyli ekan. Shunda onasi o’g’liga :,,Bolajonim , men seni ana shu saroyga olib keldim,sen bu saroyda 9 yil o’qiysan.Undan keyin esa ,boshqa eshikdan chiqasan .O’g’lim katta bo’lganingda , chiroyli, aqlli va ko’p narsani biladigan dono bola bo’lasan’’.
- Bolalar, bu qanday saroy ekan-a?
- Bu jonajon maktab, ilm olish maskani. Sehrli saroyning ichkarirog’iga kirib borsak, bolalarning aqlini charxlovchi matematikadan faniga duch kelamiz. 1-sinf ,,Matematikadan’’ darslaridan sanashni , masala tuzib uni yechishni, turli xil shakllarni o’lchashni o’rganish ko’zda tutilgan. Matematikadan fanini o’rganishdan maqsad: to’g’ri va xatosiz hisoblashni bilish, zukko, bilimdon topqir va komil inson bo’lib yetishishdir.
,,Matematikadan’’ darsligi bilan tanishtirish , uni Prezidentimiz Islom Karimov sovg’a qilganligi haqida tushuncha berish ko’zlangan. O’quvchilar bu kitobni toza saqlashlari kerakligi ,chunki undan juda ko’p bilimga ega bo’lishlari mumkinligi tushuntiriladi. Undan tashqari bu darslikni kimlar yozganligi haqida ma’limot berish uchun o’qituvchi darslikni ochib, mualliflar yozilgan sahifani ko’rsatib, o’quvchilarga o’qituvchining o’zi o’qib beradi, chunki hali o’quvchilar harf tanimaganlari uchun o’qishni bilmaydilar. Mualliflarning mehnatlari haqida qisqacha gapirib beradi.
- Endi darslikdagi rasmga e’tibor bilan qarang, so’ng ko’rganlaringizni aytib bering (matematikadan kitob, daftar, papka, rasm daftar, ruchka, qalamdon, chotka).
- Papka nima uchun kerak bo’ladi? (Papkaning ichiga o’quv qurollari solinadi).
- Matematikadan kitobi nima uchun kerak bo’ladi? Daftar-chi?(kitob ilm olish uchun kerak bo’lsa, daftar esa o’rganganlarini yozish uchun kerak bo’ladi.)
- Rasm daftar nima uchun kerak bo’ladi?(rasm daftar rasm chizish uchun kerak bo’ladi.)
Har bir narsaning o’z o’rni bor ekanligi haqida tushuncha berib borish joizdir. Buning uchun maktabga ilk qadam qo’ygan bolajonlarimizda jonajon maktabga mehr- muhabbat uyg’otish uchun mehribon ustozlar bor mahoratlarini ishga solishlari darkor.

Download 104,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish