So’rovda qatnashgan respondentlarning Internetdan foydalanuvchilarining aksariyati mana shu uchta guruhga kiradi.
2.4. Internet tarmog’idan foydalanish
Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, so’ralgan respondentlar tomonidan Internet tarmog’idan foydalanish muntazamligi, oxirgi yilda tarmoqqa ulanish joyidan qat’iy nazar, asosan yashash joyiga:shahar yoki qishloqqa bog’liq. Agar respondentar orasida muntazam ravishda Internetdan foydalanuvchilar aniqlangan bo’lsa (56,5% - haftasiga kamida bir marta), shahar/qishloq nuqtai nazaridan bu manzara tegishli ravishda 63,0% va 35,5% ni tashkil etadi. Har bir jinsli-yoshli kategoriyani alohida oladigan bo’lsak, shu narsa oydinlashadiki, Internet tarmog’idan muntazam foydalanuvchilar orasida (kamida haftasiga bir marta) erkaklar va xotin-qizlar bo’yicha deyarli bir xil nisbatni tashkil etadi – tegishli ravishda 56,9% va 55,9%. 16-25 yoshli foydalanuvchilar guruhi ichida bu ko’rsatkich 56,7% ga teng, 26-35 yoshdagilar guruhidagi ko’rsatkich ham deyarli shunday - 55,6%. 36-45 yoshlilar guruhida bu ko’rsatkich foydalanuvchilarning yarmidan kamini tashkil etdi – 44,4%. Respondentlarning eng katta yoshdagilar guruhi, kam sonli bo’lishiga qaramay, Internet tarmog’idan muntazam foydalanuvchilarni tashkil etadi. Buning sababi shundaki, bu guruhga kiruvchilar ishlaydigan kishilar bo’lib, ular ishxonasida Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega.
Batafsil ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
Jadval 20: Joyidan qat’iy nazar oxirgi 12 oyda Internet tarmog’idanfoydalanish davriyligi
Diagramma 20: Joyidan qat’iy nazar oxirgi 12 oyda Internet tarmog’idanfoydalanish davriyligi
Umuman, davriylik ko’rsatkichi deb oyiga kamida bir martani olsak, so’rovda qatnashgan Internet tarmog’idan foydalanuvchilar orasida bu ko’rsatkich – 74,5% ga etadi, shu jumladan, 11,5% undan har kuni foydalanadi, 15,3% esa haftasida - 3-4 marotaba foydalanadi.
O’tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, so’rovda qatnashgan Internet tarmog’idan foydalanuvchilar orasida ko’ngil ochish yo’nalishiga mansub resurs tarmoqlari ommaviylashgan (turli o’yinlar/musiqa/foto). Respondentlarimiz orasida ommaviyligi bo’yicha undan keyingi o’rinda – elektron pochta, yangilik resurslari, o’qish yoki biron-bir mavzuni o’rganish masalasini xal qilish imkonini beruvchi resurslar egallaydi. Internetdan foydalanuvchilardan so’ralganlarning yarmidan kam qismi (42,0%) undan ish izlash yoki biznesni kengaytirish imkoniyatlarini topish maqsadida foydalanishadi.
Shunisi qiziqki, so’rov natijalaridan ma’lum bo’lishicha, shahar va qishloq joylaridagi foydalanuvchilar orasida Internet-resurslarlardan foydalanish ommaviyligi bo’yicha katta tafovutlar yo’q. «Erkak foydalanuvchilar» va «Ayol foydalanuvchilar» bo’yicha ham xuddi shunday holatni kuzatishimiz mumkin.
Ushbu ma’lumotlar quyidagi jadvalda batafsil keltirilgan:
Jadval 21: Oxirgi oy davomida Internet tarmog’idan foydalanish maqsadlari
Diagramma 21: Oxirgi oy mobaynida Internet tarmog’idan foydalanish maqsadlari
So’rovda qatnashgan Internet tarmog’idan foydalanuvchilarning asosiy qismi Internet tarmog’ida ishlashga haftasiga kamida 5 soat sarflaydi (85,5%): shu jumladan, haftasiga 1 soatdan kam vaqt sarflaydiganlar – 33,6%, 1 soatdan 2 soatgacha vaqt sarflaydiganlar – 32,1% va 5 soatgacha sarflydiganlar – 19,8% ni tashkil etadi. Shahar va qishloqda yashovchi foydalanuvchilar orasida bir hafta davomida Internet tarmog’iga sarflanadigan vaqt nisbati jiddiy farqlanmaydi. Qishloq joylarida yashovchilarga nisbatan shaharliklar bir hafta mobaynida Internet tarmog’ida ishlashga ko’proq vaqt sarflaydi.
Quyidagi jadvalda batafsil ma’lumotlar keltirilgan:
Jadval 22: Oddiy ish haftasi mobaynida Internet tarmog’ida ishlashga sarflanadigan vaqt
O’tkazilgan so’rov doirasida aholining Internet-tijoratga jalb qilinganligi masalalari ham ko’rib chiqildi. Ma’lum bo’lishicha, so’ralganlarning bor-yo’g’i o 1,9% hech bo’lmaganda bir marta on-layn xarid qilgan. Bunga faqat 16 yoshdan 35 yoshgcha bo’lgan erkaklar kiradi. Ular Internet tarmog’i orqali maishiy elektronika, kompyuter texnikasini va dasturiy ta’minotni xarid qilishgan. Bunda xaridlarning ko’p qismi so’nggi 3 oyga to’g’ri keldai. Sotib olingan tovarlar uchun to’lovlar ular etkazib berilgan paytda naqd pul bilan yoki plastik kartochka orqali to’langan. Hech qachon Internet tarmog’i orqali xarid qilmagan so’rov ishtirokichlariga buning sababi haqida savol berildi va uning natijalari quyidagicha taqsimlandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |