Google qidiruvidan har kuni millionlab odamlar foydalanadi. Ammo aksariyat odamlar Google qidiruvi imkoniyatlaridan to'liq foydalanmaydilar.
Google qidiruvidan samarali foydalanishni va kerakli qidiruv natijalarini tezda olishni istaysizmi? Qidiruv samaradorligini oshirish uchun 7 ta maslahatlar va tavsiyalar:
1. Yorliqlardan foydalaning
Birinchi maslahat - Google qidiruvidagi yorliqlardan foydalaning. Har bir qidiruvning yuqori qismida bir qator yorliqlar mavjud. Web, Rasmlar, Yangiliklar, Videolar va boshqa ko'plab yorliqlar mavjud. Ushbu yorliqlar yordamida siz qanday qidiruvni amalga oshirishingiz kerakligini aniqlashga yordam berasiz.
Agar sizga rasm kerak bo'lsa, "Rasmlar" yorlig'idan foydalaning. Agar yangiliklarni oidirsangiz, "Yangiliklar" yorlig'idan foydalaning.
2. So'zlarni chiqarib tashlash uchun defisdan foydalaning
Googledan Mustangni qidirganda, siz Ford tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobil yoki ot uchun ham natijalar olishingiz mumkin. Agar siz bittasini olib tashlamoqchi bo'lsangiz defisdan foydalaning:
Mustang -horse Bunda qidiruv tizimi Mustanglarni qidiradi va "ot" so'zi bo'lgan barcha natijalar olib tashlanadi. Boshqa narsalar haqida ma'lumot olmasdan, biror narsa haqida ma'lumot topishda juda foydali.
3. Boshqa saytlarga o'xshash saytlarni toping
Aytaylik, sevimli web-saytingiz bor. Bu har qanday narsa bo'lishi mumkin. Biroq, ushbu web-sayt biroz zerikarli bo'lib qolmoqda va shunga o'xshash boshqa web-saytlarni topishni xohlaysiz. Bunda mana bu usul sizga yordam beradi:
related:apple.com Yuqoridagi kabi qidirsangiz, Applega havolani topa olmaysiz. Buning o'rniga siz Apple kabi kompaniyalarga havolalarni topasiz. Bu saytlarni qidirishda yordam beradigan kuchli Google qidiruv vositasi.
4. Muayyan saytlardan qidiring
Muayyan web-saytda maqolalar yoki tarkibni Google orqali qidirishingiz kerak bo'lishi mumkin. Bunda quyidagi usuldan foydalaning:
One Million Uzbek Coders site:kun.uz
Bu One Million Uzbek Coders haqidagi barcha tarkibni qidiradi, ammo faqat kun.uz saytidan. Boshqa barcha qidiruv natijalari o'chiriladi. Agar ma'lum bir saytda ma'lum tarkibni topishingiz kerak bo'lsa shu usuldan foydalanishingiz mumkin.
5. Matematikani bajarish uchun Google qidiruvidan foydalaning
Google qidiruvi orqali matematik misollarni ham bajarishingiz mumkin. Siz unga asosiy savollarni yoki bir nechta qiyinroq savollarni berishingiz mumkin.
Shuni ta'kidlash kerakki, Google barcha matematik masalalarni bajara olmaydi, ammo ularning ko'pchiligini bajara oladi.
Sintaksisga ikkita misol:
16*16 sin(45) Agar birinchisini qidirsangiz, u 256 natijasini qaytaradi. Ikkinchisida esa 45 gradusning sinusini qaytaradi.
6. Bir vaqtning o'zida bir nechta so'zlarni qidirib toping
Google qidiruvi moslashuvchan. Faqat bitta so'z yoki iborani qidirib, kerakli narsani topa olmasligingizni biladi. Ushbu usul yordamida siz bitta so'z yoki iborani ikkinchi so'z yoki ibora bilan izlashingiz mumkin. Bu aniq qidirayotgan narsangizni topishda yordam berish uchun qidiruvni qisqartirishga yordam beradi. Mana sintaksis:
chocolate OR white chocolate Bunda shokolad yoki oq shokolad so'zlari bo'lgan sahifalarni qidiradi.
7. Yulduzcha belgisidan foydalaning
Google qidiruvida qidiruv so'zida yulduzcha ishlatganda, u keyinchalik qidiruv tizimi tomonidan avtomatik ravishda to'ldirilishi mumkin bo'lgan joy qoldiradi.
Agar siz qo'shiqning barcha so'zlarini bilmasangiz, bu qo'shiqni topishning ajoyib usuli.
Sintaksisni ko'rib chiqamiz:
Shodon * gul * sen, * kunim yupatgan sen Yulduzcha o'rnida har qanday so'z bo'lishi mumkin. Qidiruv orqali ular Sevara Nazarxonning "Ulug'imsan Vatanim" qo'shig'ining so'zlari ekanligini topasiz.
Google qidiruvi juda kuchli qidiruv vositasi. Yuqorida keltirilgan maslahatlardan foydalanib, siz Internetda kerak bo'lgan hamma narsani topishingiz mumkin.