1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)



Download 5,55 Mb.
bet10/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

Jadval 15: Joyidan qat’iy nazar, oxirgi 12 oyda kompyuterdan
foydalanish maqsadlari




Diagramma 19: Joyidan qat’iy nazar oxirgi 12 oyda kompyuterdan
foydalanish maqsadlari


2.3. Aholi uchun Internet tarmog’idan foydalanish imkoniyati
«Internet haqida biron narsa bilasizmi?» degan savolga so’rov ishtirokchilarining 90,9% ijobiy javob berdi, agar shaharda ushbu ko’rsatkich 96,1% ni tashkil etgan bo’lsa, qishloq joylarida so’ralganlarning — 87,7% foini shu javobga qo’shildi.
Bunda, PK foydalanuvchilarining 67,4% hech qachon Internet tarmog’ida ishlamaganini ta’kidladi, 4,0% esa oxirgi 12 oy davomida undan foydalanmagan. Respondentlar tomonidan ko’rsatilgan Internetdan an’anaviy foydalanish joylari quyidagi jadvalda keltirilgan:
Jadval 16: Respondentlar – Internet tarmog’idan foydalanuvchilar orasida ommaviyligi bo’yicha Internet tarmog’iga ulanish joylari

Ushbu jadvalga jamlangan natijalardan ayon bo’lishicha, Internetdan foydalanuvchilarning turli usullarga barqaror qiziqishi borligiga qaramay, turli sabablarga ko’ra Internet-kafe eng ommaviy shakl bo’lib qolaveradi. Internetdan foydalanuvchilarning yarmidan ortig’i (54,2%) u yoki bu tarzda foydalanishning umumiy shaxobchalariga murojaat etishadi. Orasida unchalik katta farq sezilmaydigan ikkinchi va uchinchi o’rinlar «ish joyida» (24,4%) va «o’z uyimda» (20,6%) pozistiyalariga berildi. Shaharliklar orasida ushbu ko’rsatkichlar deyarli shu tartibda taqsimlandi. Birinchi o’rinda – Internet-kafe (58,0%), undan so’ng — «ishda» (26,0%) va «o’z uyimda» (25,0%) joylashdi. Qishloq joylarida isti-qomat qiluvchilarga boshqacha ustuvorliklar xos: Internet-kafe ommaviyligi bo’yicha birinchi o’rinda (41,9%), ikkinchi o’rinda – «o’qish joyida (30,6%) va uchinchi o’rinda - «ishda»19,4%).
Uydan ulanish usullari quyidagicha taqsimlangan:
Jadval 17: Internet tarmog’iga uydan ulanish usullari

So’rov paytida kompyuterga ega uy xo’jaliklarida Internet tarmog’iga ulanish imkoniyat yo’qligining sabablar aniqlandi (eslatib o’tamiz, so’rovda qatnashgan uy xo’jaliklarining 16,8% da ishga yaroqli kompyuter bo’lib, so’rovda qatnashgan uy xo’jaliklarining 7,5% uydan Internet tarmog’iga ulangan). Uydan Internetga ulanish imkoni bo’lmagan uy xo’jaliklari ko’rsatgan asosiy sabablar quyidagilar:
Jadval 18: Uydan Internet tarmog’iga ulanish yo’qligi sabablari
Keltirilgan jadvaldan ko’rinib turibdiki, ulanish yo’qligi sabablarining qariyib 40% – texnik imkoniyatlarning yo’qligi bilan izohlanadi (stastionar uy telefon yo’q, ishonchsiz aloqa, kompyuterning eski modifikastiyasi va modemning yo’qligi). Qolgan sabablarni, «boshqa joylarda imkoniyat bor» pozistiyasidan tashqari, ayrim tuzatishlar kiritigan holda – psixologik shaylik deb atash mumkin. Shu bilan birga «boshqa joylarda imkoniyat bor» pozistiyasi ham mohiyatan respondentlarning uydan Internet tarmog’iga ulanishga psixolok shaylik masalasi hal qilish bilan bog’liq (ayrim qo’rquv yoki taqiqlarni chetlab o’tish).
So’rov davomida respondentning Internet tarmog’iga ulanish bo’yicha o’rtacha oylik xarajatlari va Internet-xizmatlari foydalanuvchilari yashaydigan uy xo’jaliklarining shu maqsaddagi xarajatlari aniqlandi. Natijalar quyidagi jadvalda keltirilgan:
Jadval 19: Internet tarmog’idan foydalanishga o’rtacha oylik xarajatlar

Natijalar shuni ko’rsatmoqdaki, har ikki pozistiya bo’yicha (foydalanuvchining shaxsiy xarajatlari, uy xo’jaliklari xarajatlari), deyarli bir xil guruhlarni tashkil etmoqda. Eng yirik guruhlar – bu Internet tarmog’idan foydalanishga oyiga 5 000 so’mdan kam mablag’ sarflovchilardir. Undan keyingi deyarli bir xil ikki guruh – oylik xarajatlari oyiga 10 000 so’mgacha bo’lganlar va Internetdan foydalanuvchi bo’lgani holda Internet-resurslardan foydalanish uchun pul sarflamaydiganlar guruhi. Bu guruhga ish joyida, o’qish joyida, turli tashkilotlarda Internet tarmog’iga ulanish imkoniyati bor kishilar kiradi.

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish