1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)



Download 5,55 Mb.
bet6/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

Jadval 4: Keng tarmoqli foydalanish abonetlari soni (jumladan xDSL va RadioEthernet)

Izoh: * - Davlat Statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra; ** - provayderlar ma’lumotlariga ko’ra; *** - hisob-kitob qiymati
1.3.3. TAS-IX IP trafik bo’yicha ayriboshlash tarmog’i
«TAS-IX» ma’lumotlar uzatish tarmoqlarining o’zaro hamkorlik markazi» NNT Adliya vazirligida 2004 yilning 27 yanvarida ro’yxatga olingan edi. Markaz RIPE xalqaro tashkiloti tomonidan tan olindi va bu tashkilot unga o’zining AS30865 avtonom tizimini taqdim etdi.
«TAS-IX» ni tashkil etish tashabbuskorlari O’zbekistonning yirik Internet-provayderlari: «Amaliy Aloqalar Biznesi Ahborot Markazi» OAJ (BCC), «BUZTON» QK, «Sarkor-Telekom» OAJ, «Sharq Telekom» YoAJ va «Texnoprosistem» OAJ(TPS).
Tashkilotning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: bevosita IP ayriboshlash imkoniyatini
- O’zbekiston Respublikasida turli Ma’lumot uzatish tizimlari o’rtasida xalqaro kanallardan foydalanilmagan holda trafik yaratish, Internet tarmog’ining milliy tarmog’ini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga ko’maklashish, faoliyati Internetdan foydalanishga bog’liq bo’lgan kichik va o’rta biznes korxonalari faoliyatining iqtisodiy shart-sharoitlarini yaxshilashga ko’maklashish.
«TAS-IX» MUTO’HM NNT moliyaviy va texnik jihatdan mustaqil tuzilma bo’lib, uni moliyalashning asosiy manbaini loyihaning joriy ishtirokchilarining badallari va oylik chegirmalari tashkil etadi.
Hozirgi kunda tashkilotga 23 ta kompaniya a’zo, jumladan: Internet-provayderlar, «MTS», «Bilayn» kabi uyali aloqa operatorlari va PAYNET va Fast Pay to’lov tizimlari.
Tarmoq o’z faoliyatini 2004 yilda boshlagan bo’lib, TAS-IX piring tizimi doirasida umumiy trafik yildan yilga oshib bormoqda. Xususan, 2007 yilda umumiy trafik 59 421,74 GB ga etdi, bu 2006 yildagi ushbu ko’rsatichdan 2,8 marotaba ortiq. 2008 yilning birinchi yarmida TAS-IX ning umumiy ayriboshlashuvi 48 742 GB ga teng bo’ldi, holbuki 2007 yilda u 22 629,65 GB ni tashkil etgan edi.
2008 yilning yakunigacha tashkilot tarkibiga qolgan uyali kompaniyalarni kiritish hamda piring-markaz orqali o’tuvchi trafik ayriboshlashuvi hajmini jiddiy tarzda ko’paytirish mo’ljallanmoqda.

Diagramma 9: TAS-IX piring tarmog’i doirasidagi trafik
1.1.4. Aholi tomonidan Internet tarmog’idan foydalanish
Aholi va xo’jalik yurituvchi tarmoqlarning Internet tarmog’i haqida xabardorligi doimiy ravishda oshib bormoqda, va 2008 yil 1 yanvar holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasida Internet tarmog’idan foydalanuvchilar soni 2 015 ming kishiga etdi (2002 yilning boshida – 130 ming kishiga yaqin), 2008 yilning birinchi yarmi yakunlari bo’yicha 2 200 ming kishidan oshdi.

14 Diagramma 10: Respublika bo’yicha Internet tarmog’idan
foydalanuvchilarning umumiy soni
Quyidagi jadvalda aholining Internet tarmog’idan foydalanish bo’yicha qamrovi keltirilgan.
Jadval 5: O’zbekiston aholisining regionlarda bo’yicha Internet tarmog’idan foydalanishi bo’yicha ma’lumot

Bunda aholining Internet tarmog’idan foydalanishning eng yuqori qamrovi aholining umumiy soniga nisbatan foizlarda Toshkentda (aholining 51,09%), Buxoro, Samarqand, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatiladi.
1.3.4.1. Internet tarmog’idan jamoaviy foydalanish punktlari faoliyati
Mamlakatda Internet tarmog’idan jamoaviy foydalanish shahobchalari soni ortib bormoqda (JFSh).
Bunga ushbu shahobchalar faoliyatini listenziyalash jarayonining soddalashtirilishi yordam bermoqda.
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarining ayrim provayderlariga tegishli Internet tarmog’idan jamoaviy foydalanish shahobchalarini hisobga olgan holda O’zbekistonda 2008 yil 1 yanvar holatiga ko’ra JFSh larning umumiy soni 774 taga etdi (2002 yil boshida – 26 ta).
Jadval 6: Hududlar bo’yicha Internet tarmog’idan jamoaviy foydalanish shahobchalarining (JFSh) soni

1.3.4.2. Internet tarmog’iga ulanish uchun Wi-Fi texnologiyasidan foydalanish
Tajriba tariqasida foydalanish natijalariga ko’ra, Davlat radiochastotalar komissiyasi tomonidan respublikada WiMAX texnologiyasi bo’yicha keng tarmoqli simsiz foydalanish tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida bir qator operatorlarga chastotalar tarmoqli ajratib berilgan edi. Bu katta hududlarni qamrab olish bilan birga simsiz tarmoqlarni yaratish imkonini beradi (50 kilometrgacha), bunda ma’lumotlarni uzatish tezligi 32 dan 135 Mbit/s gacha miqdorni tashkil etadi. Shu bilan birga Wi-Fi texnologiyasi bo’yicha simsiz foydalanish tarmoqlarini rivojlantirish uchun chastotalar ajratib berilgan, ular simsiz lokal (ofis ichidagi) tarmoqlarni yaratishga va Internet tarmog’iga ma’lumotlarni uzatish tezligi 54 Mbit/s bo’lgan yuqori tezlikka ega simsiz ulanishlarni vujudga ketirishga mo’ljallangan.
Wi-Fi texnologiyasidan foydalanilgan holda Internet tarmog’iga ulanish hududi kengaytirilmoqda, natijada Wi-Fi foydalanish nuqtalari soni ortadi. Jumladan, 2008 yil 1 yanvar holatiga ko’ra respublikada 68 ta Wi-Fi foydalanish nuqtasi tashkil etilgan bo’lib, ularning ko’pchiligi (50) Sharq Telecom kompaniyasi tomonidan yaratilgan.

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish