1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)



Download 5,55 Mb.
bet8/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

Jadval 8: Internet tarmog’iga kommutastiyalangan ulanish xizmatlari tariflari (Dial-up)*

* O’z tariflarini so’mlarda e’lon qiladigan provayderlar uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har yilning 1 yanvar kuniga e’lon qilingan hisob-kitob ma’lumotlari .
Dollarning kursi: 01.01.06 – 1180 so’m; 01.01.07 – 1240 so’m; 01.01.08 – 1291 so’m


Jadval 9: Jismoniy shaxslar uchun xDSL texnologiyasi bo’yicha Internet tarmog’iga ulanish bo’yicha o’rtacha abonentlik to’lovi



Jadval 10: xDSL texnologiyasi bo’yicha Internet tarmog’iga korporativ ulanish bo’yicha o’rtacha abonentlik to’lovi



1.3.7. «.UZ» domen hududining rivojlanishi
Ikkinchi darajali «.UZ» milliy domeni 1995 yil 29 aprelda yaratilgan bo’lib, 2008 yil 1 yanvar holatiga ko’ra «.UZ» hududida ikkinchi darajali faol domenlar 5 766 birlikni tashkil etgan, ularning 37% jismoniy shaxslar tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan. 2008 yilning ikkinchi yarim yilligi boshida domenlar soni 7 000 dan oshib ketdi. Shu bilan birga «.UZ» domeniga tegishli yana bir necha ming domen mavjud.

Diagramma 15: «.UZ» hududidagi 2-darajali domen nomlari soni


2008 yil 1 yanvar holatiga ko’ra «.UZ» hududida domenlarning ro’yxatdan o’tkazilishi 6 ta rasmiy registrator tomonidan amalga oshirilar edi. 2008 yilning fevralidan boshlab, «SIMUS» OAJ, Farg’ona vodiysidagi Internet xizmatlaridan foydalanish provayderi, «.UZ» domen hududida rasmiy registrator moqimiga ega bo’ldi.(http://www.cctld.uz/reg)
Jadval 11: Registratorlar bo’yicha «.UZ» hududidagi 2-darajali domen nomlari soni



O’zbekistonning yuqori darajali (ccTLD) «.UZ» domeni administratori Internet nomlari va manzillarini belgilash Korporastiyasi bilan imzolangan ccTLD homiylik to’g’risidagi bitimga muvofiq, UZINFOCOM markazi vakolatiga kiradi. UZINFOCOM markazi tomonidan domen nomlarini ro’yxatga olish va qo’llab-quvvatlash ishlarini markazlashtirishdan chiqarish, bu sohada raqobat muhitini yaratish, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini va sonini oshirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tufayli 2005 yil kuzida ikkinchi darajali «.UZ» domenining rasmiy registratorlari soni bittadan oltitaga etkazildi, bu esa domenni ro’yxatdan o’tkazilishi qiymatining keskin tushishiga olib keldi. 2005 kuzigacha «.UZ» hududida domen nomlarini ro’yxatdan o’tkazish xizmatlari faqat bitta registrator (Tomas kompaniyasi) tomonidan amalga oshirilar edi, va so’nggi ikki yildan oshiq vaqt mobaynida uning ulushi 51,5% foizgacha qisqardi.
Bugungi kunga kelib «.UZ» domenida domen nomlarini ro’yxatdan o’tkazish, admistrastiyalash v foydalanish ishlari O’zbekiston aloqa va axborotlashtiish agentligi buyrug’i bilan tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatga olingan “«.UZ» domenida domen nomlarini ro’yxatdan o’tkazish va ulardan foydalanish to’g’risidagi Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu hujjat «.UZ» domenida domen nomlarini ro’yxatga olish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi, ayni paytda faoliyati bevosita «.UZ» domenidagi domen nomlariga taalluqli bo’lgan shaxslar munosabatini tartibga soladi, va bu orqali nohuquqiy xatti-harakatlardan himoyalanishni va «.UZ» domenining samarali tartibga solinishini ta’minlaydi
Aholining keng qatlamiga Internet tarmog’ida o’z sahifalarini joylashtirishga yordam berish maqsadida, O’zbekiston aloqa va axborotlashtiish agentligi tomonidan UZINFOCOM markazi va «.UZ» hududidagi domen nomlari registratori bilan hamkorlikda 9,95 AQSh dollariga «.UZ» hududidagi domen” akstiyasi o’tkazildi. O’zbekistonnning har bir fuqarosi 2007 yilning 31 dekabrigacha maxsus narx bo’yicha o’zining domen nomini ro’yxatdan o’tkazish imkoniga ega bo’ldi.


Aholining axborot-kommunikastiya texnologiyalaridan xabardorligi va AKT dan foydalanish darajasini aniqlash maqsadida O’zbekistonning barcha hududlarida so’rov o’tkazildi. Respondentlar sifatida 16 yoshdan 60 yoshgcha bo’lgan kishilarga murojaat etildi. Minimal yosh ko’rsatkichi voyaga etmaganlar orasida so’rov o’tkazish talablarining o’ziga xosligi bilan belgilangan. Yuqori chegara esa – pensiya yoshi va ushbu segmentlarda AKT dan foydalanish faolligi kamayishi ehtimolidan kelib chiqib belgilangan.
Ushbu bosqichda 3 580 uy xo’jaliklarida so’rov o’tkazilgan, hamda 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan AK dan foydalanuvchisi bor 1000 ta uy xo’jaligi aniqlangan. Ikkinchi bosqichda har bir shunday xo’jalikda maxsus uslubiyot bo’yicha asosiy so’rovni o’tkazish uchun zarur respondent aniqlangan. So’rovda jami 1000 ta respondent qatnashgan.
Respondentlar nisbati quyidagicha: erkaklar – 64 %, xotin-qizlar – 36%, o’zbek millati vakillari –80,3%, boshqa millatlar vakillari – 19,7%, so’rov paytida haqi to’lanadigan ishga ega bo’lganlar – 43,1%, 16 yoshdan 25 yoshgacha bo’lgan respondentlar 67,4% ni tashkil etdi.



Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish