Jadval 7: Provayderlar bo’yicha simsiz Wi-Fi foydalanish nuqtalari soni
Simsiz Wi-Fi foydalanish nuqtalarining ko’pchiligi Toshkentda joylashgan bo’lsa-da, 2007 yilda dastlabki bunday nuqtalar O’zbekiston hududlarida ham paydo bo’ldi. Bundan tashqari, Toshkentda 1,2 kv.metrli maydonga ega Wi-Fi zonasi amal qiladi. 2008 yil 1 yanvar holatiga ko’ra Toshkentdagi simsiz 68 ta Wi-Fi foydalanish nuqtasidan 52 tasi Toshkentda, 3 tasi — Toshkent viloyatida va 4 tasi — Samarqand viloyatlarida joylashgan. Navoiy va Namangan viloyatlaridan tashqari boshqa viloyatlarda 1 tadan simsiz Wi-Fi foydalanish nuqtalari mavjud.
16 1.3.4.3. Keng tarmoqli foydalanish
Aholi orasida tobora ko’proq Internet tarmog’idan keng tarmoqli foydalanish xizmatlari ommalashib bormoqda (jumladan, xDSL va RadioEthernet), bu hol abonentlar soni ortib borishida ifodalanadi.
Diagramma 11: Keng tarmoqli foydalanish abonentlari - jismoniy shaxslar soni.
O’zbekistonda keng tarmoqli foydalanish bozorining tezkor rivojlaniiga qaramay, keng tarmoqli foydalanish abonentlarining aksariyati – jismoniy shaxslar – tezligi 256 Kbit/c dan oshmaydigan xizmatlardan foydalanadi. Abonentlarning 12% dan kam qismi 1 Mbit/c tezligida ulangan.
Diagramma 12: Keng tarmoqli foydalanish abonentlari – jismoniy shaxslar ulanish tezligi bo’yicha3
Bu nuqtai nazardan Internet-provayderlar xizmatlari abonentlari bilan Internetdan foydalanuvchilar o’rtasidagi farqni izohlab o’tish kerak. Abonentlar deganda provayderlar bilan Internet tarmog’idan foydalanish xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha shartnoma tuzgan, yoki Internet tarmog’iga kartochka orqali ulanish paytida ommaviy oferta shartlarni qabul qilgan jismoniy va yuridik shaxslar tushuniladi. Internet tarmog’idan foydalanuvchilar soni ma’lumotlar uzatish tarmoqlari operatorlar va provayderlarining ma’lumotlari asosida O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan 2002 yilda tasdiqlangan uslubiyot bo’yicha baholash ma’lumotlariga ko’ra hisoblanadi.
Ushbu uslubiyot operatorlar (provayderlar)ning foydalanuvchining turiga ko’ra vaznli koeffistentlarni qo’llagan holda mijozlar bilan, jismoniy shaxslar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, davlat idoralari va o’quv yurtlari bilan tuzilgan shartnomalar sonini hisobga oladi. Shu bilan birga, hisoblash paytida Internetdan jamoaviy foydalanish shaxobchalaridagi foydalanuvchilar soni e’tiborga olinadi. O’rta hisobda Internetdan jamoaviy foydalanish bo’yicha bitta shaxobchaga kuniga 4-5 foydalanuvchi murojaat etadi deb hisoblanadi.
1.3.5. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan Internet tarmog’idan foydalanish
Internetdan foydalanish, shu jumladan, keng tarmoqli texnologiyalar vositasida foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ulushi ortib bormoqda.
1.3.5.1. Keng tarmoqli foydalanish
Keng tarmoqli foydalanish texnologiyalarini qo’llash orqali Internet tarmog’iga ulangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soni 2007 yilda ikki baravar ko’payganiga qaramay, ularning umumiy soni o’zgarishsiz qolmoqda.
Diagramma 13: Keng tarmoqli foydalanish abonentlari — yuridik shaxslar soni
Korporativ foydalanuvchilarning ko’pchiligi Internet tarmog’iga 128 Kbit/c tezlik bilan ulangan (43,61%), va amalda korporativ foydalanuvchilarning 90% 512 Kbit/c dan kam bo’lmagan tezlikda ulangan.
Diagramma 14: Keng tarmoqli foydalanish abonentlari — yuridik shaxslar –ulanish tezligi bo’yicha
18 1.3.6. Internet xizmatlari tariflari
Internet tarmog’iga ulanish provayderlari Internetga ulanish narxlarini oxirgi marta 2006 yilda kamaytirgan edi. Arzonlashtirish asosan kommutastiyalangan foydalanish abonetlari uchun amalga oshirildi – 1 soatlik ish qiymati o’rta hisobda 0,37 dan 0,34 AQSh dollarigacha kamaydi. Keng tarmoqli foydalanish abonentlari – jismoniy shaxslar uchun tarmoqqa ulanish va abonetlik to’lovi arzonlashtirildi. Ayrim provayderlar abonentlik to’lovi bo’yicha har bir rejaga qo’shimcha bepul trafik kiritish bilan cheklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |