1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)



Download 5,55 Mb.
bet15/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

5.3. Internet-magazinlar
On-layn kataloglardagi veb-saytlar ro’yxatidan 01.01.2008 yil holatiga ko’ra, 24 virtual magazin aniqlangan, ularda tovarga buyurtma berish uchun «savatcha-korzina» qo’llaniladi, raqamli tovarlar yoki PIN-kodlarni on-layn to’lov tizimlarining «pul birliklariga» sotish hollarida esa ularni o’sha zahoti sotib olish mumkin. Aniqlangan 24 magazindan 8 tasi kompyuter va elektron maishiy texnikani sotish, 4 – gul va sovg’alarni etkazish, 6 – raqamli tovarlar va uyali, xalqaro aloqa, on-layn o’yinlarda ishtirok etish hamda Internet tarmog’idan foydalanish uchun tezkor to’lov kartalari PIN-kodlarini sotish, 3 – oziq-ovqat mahsulotlari va maishiy buyumlar, 3 – kitob, musiqa va filmlarning kompakt-disklarini sotishga ixtisoslashgan.
Ushbu veb-saytlardan 4 tasi – ishlab chiqilish jarayonida, 4 – to’lovlarni xalqaro to’lov tizimlari plastik kartalaridan foydalangan holda amalga oshirish imkonini taklif etadi, 12 – to’lovlarni WM Transfer tizimida qabul qiladi, 4 — etkazib berish jarayonida so’mdagi plastik kartalar bilan to’lash imkonini taqdim etadi, 12 – etkazib berish jarayonida to’lovlarni naqd pulda qabul qiladi va 7 tasi – tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob orqali yozma shartnoma tuzilgandan so’ng sotadi.
On-layn-banking va bankdan tashqari elektron to’lovlar tizimlarining yanada rivojlanish jarayonida on-layn sotuvlar sektorida jadal o’sishni kutish lozim, bunda ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanuvchi barcha kompaniyalar Internet tarmog’i orqali tovarlarini bemalol sotishlari mumkin bo’ladi.
7 - BOB. ELEKTRON TA’LIM
O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsadida Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy hujjatlar va dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilingan edi, shuningdek axborot tarmog’ini shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo’llash bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Barcha oliy o’quv yurtlari yagona korporativ tarmoqqa birlashtirilgan. www.edu.uz, www.markaz.uz veb-saytlari ishga tushirilgan. Internet tarmog’ining milliy segmentida axborot resurslarni shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, barcha o’quv yurtlari veb-saytlari www.edu.uz axborot-ta’lim portaliga birlashtirilgan. Bundan tashqari, o’quv yurtlarining o’quv qo’llanma va ma’ruza matnlari «Ziyo» elektron-ta’lim bazasida joylashtirilgan, «ZiyoNET» axborot-ta’lim tarmog’ining resurslari yaratilgan, o’zbek adabiyotining yorqin namoyondalari hayoti va ijodiga bag’ishlangan www.literature.uz veb-sayti ishga tushirilgan, maqolalar to’plami, o’quv qo’llanmalar va E-collector referatlar hamda oltita tilga mo’ljallangan — www.multilex.edu.uz on-layn lug’at yaratildi.
O’quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, ta’lim jarayoniga masofaviy o’qitishni joriy etish, talabalar va o’qituvchilarning mustaqil o’qishini ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (TDPU) qoshida www.pedagog.uz axborot-ta’lim portali yaratildi. Mazkur portalning masofaviy o’qitish bo’limida o’rganilayotgan fanlar bo’yicha test vazifalari va virtual laboratoriya stendlari joylashtirilgan. Universitet bo’yicha 250 kompyuterni birlashtirgan «TDPU-INTRANET» tarmog’i faoliyat yuritadi.
2007 yilning oxiriga kelib, oliy o’quv yurtlarida yaratilgan 500dan ziyod elektron o’quv qo’llanma ro’yxatga olingan, o’qitiladigan predmetlar aksariyati bo’yicha ma’ruzalarning elektron matnlaridan oliy o’quv yurtlari axborot-resurs markazlarida foydalanish mumkin.
«ZiyoNET» ta’lim tarmog’i resurs markazining bo’linmasi tomonidan «ZiyoNET» portalining «Biblioteka» bo’limida 6000 dan ziyod axborot-ta’lim resurslari joylashtirilgan. Barcha resurs markazlarida axborot va kompyuterlarni zararli dasturlardan himoyalash bo’yicha zarur chora-tadbirlar ko’rildi. Buning uchun doimiy tarzda yangilanib turadigan maxsus viruslarga qarshi dasturlar qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi 381-son farmoniga muvofiq oliy o’quv yurtlari boshida axborot-resurs markazlari tashkil etilmoqda, bu esa kadrlarni tayyorlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Axborot-resurs markazlardagi kompyuterlarning umumiy soni 1600 ziyodni tashkil etadi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining barcha o’quv yurtlari orasida byudjet mablag’lari hisobiga tayyorlangan 307 o’quv qo’llanmalarning elektron versiyalari tarqatilgan. Ishlar ta’lim jarayonida AKTni qo’llash bo’yicha o’rta maxsus o’quv yurtlari o’qituvchilarining ko’nikmalarini oshirish bo’yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
XULOSA
Bugun zamonaviy hayotni axborot-kommunikastiya texnologiyalarisiz tasavvur qilish mushkul. Zero, bu texnologiyalar qisqa muddat ichida bizning turli aloqa tizimlari orqali muloqot qilish imkoniyatlari va axborot olish usullari to’g’risidagi tasavvurlarimizni ag’dar-to’ntar qilib yubordi. Hozirgi vaqtda AKT jamiyat turmushining barcha sohalarida – davlat boshqaruvida, iqtisodiyot, tibbiyot, ta’lim, fan va madaniyat, maishiy turmush va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda. Hech qanday mubolag’asiz aytish mumkinki, biron-bir mamlakat axborot-kommunikastiya texnologiyalarini rivojlantirmay turib, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi.
O’zbekistonda AKT rivojlanishi va keng tarqalishi qanday afzalliklar berishini yaxshi anglab, bu masalaga ayniqsa keyingi yillarda katta e’tibor qaratilmoqda. Birinchi navbatda, axborot-kommunikastiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun bir qancha qonun va qonun osti hujjatlari asosida zarur huquqiy baza hamda mazkur yo’nalishdagi chora-tadbirlarni boshqarish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish bilan shug’ullanuvchi tegishli organlar tashkil etilgan. Shuningdek, O’zbekistonda AKTni va Internet tarmog’ini rivojlantirishga yo’naltirilgan bir qancha milliy dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilingan. Xususan, “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikastiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi”, “2010 yilgacha bo’lgan davrda O’zbekiston Respublikasining telekommunikastiya tarmog’ini rekonstrukstiyalash va rivojlantirish milliy dasturi” va boshqalar shular jumlasidandir. O’zbekiston Axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari uyushmasi ham mamlakatda AKTni rivojlantirishda faol qatnashayapti. Mazkur uyushma AKT sektoriga mansub korxona va tashkilotlarni ixtiyoriylik hamda teng huquqlilik asosida birlashtirgan bo’lib, hamkorlikni rivojlantirish hamda xususiy sektor siyosat va qonunchilikni shakllantirish va amalga oshirishda yanada faol qatnashishi, ilmiy va amaliy faoliyat olib borish, uyushma a’zolari huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilinishini ta’minlash, shuningdek axborot texnologiyalari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalarda ko’maklashishni o’z oldiga maqsad qilib olgan.
2007 yil investistiya dasturiga muvofiq, axborot-kommunikastiya texnologiyalari tarmog’ida 269,5 mlrd. so’m hajmdagi investistiyalar o’zlashtirildi. 2003-2007 yillar ichida bu investistiyalar hajmi 593,5 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. Shundan 459,6 mln. AQSh dollari bevosita investistiyalar bo’lsa, 133,9 mln. AQSh dollari hukumat kafolati bilan jalb etilgan mablag’lardir.
O’zbekistonda AKTni taraqqiy ettirish borasida olib borilayotgan ishlarning natijalari va bu sohaning rivojlanish tendenstiyalari qanday? Respublikadagi aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bu texnologiyalarni bilishi va ulardan foydalanishi darajasi qanchalik yuqori? Yo’naltirilgan investistiyalardan qanday samara olinayapti? Ana shu va boshqa bir qancha savollar ushbu sharhda etarlicha yoritilgan.
Axborot-kommunikastiya texnologiyalarining rivojlanish sur’atlari, birinchi navbatda, tegishli infratuzilma yaratilishi hamda foydalanuvchilar unga kira olishi darajasiga bog’liqdir.
O’zbekiston telekommunikastiya tarmog’ini modernizastiyalash va rivojlantirish bo’yicha bir qancha loyihalar amalga oshirilganligi respublika mintaqalarida axborot uzatish raqamli texnologiyalaridan foydalanish ko’lamlarini kengaytirish, CDMA standartidagi simsiz radioaloqa tizimini joriy etish imkonini berdi.
Xususan, O’zbekiston telekommunikastiyalar tizimi jahondagi 180ta mamlakatga chiqiladigan 28 yo’nalish bo’yicha bevosita xalqaro kanallarga ega. Bunda optik-tolali va sun’iy yo’ldosh tizimlaridan foydalaniladi. Respublikaning barcha shaharlari va tuman markazlari raqamli telekommunikastiya tarmoqlari bilan qamrab olingan. 2008 yil 1 yanvardagi holatga ko’ra, respublika mahalliy tarmog’ida o’rnatilgan umumiy sig’imi 2,08 millionta raqamni o’z ichiga oluvchi 2 mingdan ziyod ATS bor. Shundan raqamlilari ulushi 82,3 foizni tashkil etardi, 2008 yil 1 sentyabrga kelib esa, bu ko’rsatkich 86,1%ni tashkil qildi. Beshta operator tomonidan taqdim etilayotgan uyali aloqa xizmatlari keyingi vaqtlarda jadal sur’atlar bilan rivojlanayapti. 2008 yilning sentyabr oyida O’zbekistondagi uyali aloqa abonentlari soni 10 milliondan oshdi va yil oxirigacha bu ko’rsatkich 12 millionga yaqinlashishi kerak. Xorijiy mutaxassisilarning fikricha, O’zbekiston mana ikki yildirki, “mobil aloqa rivojlanishi indeksi” eng yuqori bo’lgan jahondagi o’nta mamlakatning biri hisoblanmoqda, shu bilan birga bu erdagi uyali aloqadan foydalanish narxlari ham jahondagi eng arzon tariflardan biri hisoblanadi. O’zbekistonda deyarli barcha uyali aloqa kompaniyalari hozirgi vaqtda 3G va WiMAX tarmoqlarini rivojlantirish ishlarini
80 boshlagan. Sharhning katta qismi Internet tarmog’ini rivojlantirish va undan foydalanilishini kengaytirish masalalariga bag’ishlangan. Chunonchi, Internet tarmog’iga ulanishni ta’minlovchi xalqaro kanallarning o’tkazish qobiliyati 2008 yil 1 yanvardagi holatga ko’ra 362 Mbit/s ni tashkil etdi. Holbuki, 2002 yilning boshida u atigi 8,5 Mbit/s ni tashkil qilgan. 2008 yilning birinchi yarmining oxiriga kelib, ushbu ko’rsatkich anchaga oshdi va endi 511 Mbit/s tashkil qilyapti. Sabab, O’zbekistondagi etakchi Internet-provayderlar abonentlari soni ancha ko’payganidir. Qolaversa, abonentlar soni nafaqat Toshkentda, balki mamlakatimizning boshqa regionlarida ham oshib bormoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekistonda Internet tarmog’idan foydalanuvchilar soni 2,2 million kishidan oshib ketgan. Holbuki, 2002 yilning boshida ular qariyb 130 ming kishi edi xolos. Shu bilan birga, aholi umumiy soniga nisbatan foiz hisobida olganda aholi Internet tarmog’idan foydalanishining eng yuqori darajasi Toshkentda, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilmoqda. Shuni ta’kidlash zarurki, O’zbekistonda Internet tarmog’iga jamoa bo’lib kirish punktlari ham keng ommalashgan. Bunday punktlar soni doimiy ravishda o’sa borib, 2008 yilning boshiga kelganda 868taga etdi.
Hozirgi vaqtda respublikada WiMAX texnologiyalari bo’yicha keng polosali simsiz ulanish tarmoqlarini, shuningdek Wi-Fi texnologiyalari bo’yicha simsiz ulanish tarmoqlarini yanada rivojlantirish ishlari olib borilayapti.
Sharhda uy sharoitida va ishlab chiqarishda AKTdan foydalanish to’g’risida aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni so’roqlash natijalari asosida o’tkazilgan tadqiqot ma’lumotlari berilgan. Ma’lum bo’lishicha, axborot-kommunikastiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun anchagina rezervlar bor ekan.
Masalan, qishloq joylardagi uy xo’jaliklari orasida so’roqlash tadbiri o’tkazilganda so’roqlangan uy xo’jaliklarining 8,8%da kompyuterlar, 1,8%da Internet tarmog’iga kirish imkoniyati borligi aniqlandi. Bu holat, ko’p jihatdan, qishloq joylardagi so’roqlangan xo’jaliklarning 38,8%da uy telefoni yoki mobil aloqa vositasi yo’qligi natijasidir. Shaharlardagi ahvol yaxshiroq bo’lib, kompyuter egalarining qariyb to’rtdan bir qismi o’z uyidan turib Internet tarmog’iga kira olar ekan. Ularning 11,2% esa aloqa vositalari yo’qligi sababli Internet tarmog’iga ulanish imkoniga ega emas ekanlar. Demak, uy telefonlari va mobil aloqa, shuningdek Internet tarmog’iga simsiz ulanish tarmoqlari rivojlantirilsa, AKTdan foydalanuvchilar soni ancha ko’payadi.
Ishlovchilarda zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati ancha ko’proq. So’roqlash tadbiridan ko’rish mumkinki, ko’pchilik respondentlarda ish joyida shaxsiy kompyuteri bor yoki ular kompyuterdan o’z hamkasblari bilan birgalikda foydalanadilar. Buning ustiga, shaharda va qishloq joylarda ishlovchilar orasida ish joyida kompyuterdan foydalanish ko’rsatkichlari orasidagi farq unchalik katta emas. Shunisi qiziqarliki, so’roqlash natijasida aniqlanishicha, ish joyida kompyuterdan foydalanish imkoniyati ishlayotgan ayollarda foiz hisobida olganda erkaklarga nisbatan ko’proq ekan. Bundan tashqari, shahardagi va qishloqdagi foydalanuvchilar bir hafta mobaynida kompyuterdan qanchalik ko’p foydalanishi mutanosibligini taqqoslash mumkin.
Respondentlar kompyuterdan asosan qanday maqsadlarda foydalanishlarini tadqiq etish natijalariga kelsak, bular asosan: bo’sh vaqtni ko’ngilli o’tkazish – 69,4%, hujjatlar (matnlar va elektron jadvallar) bilan ishlash – 41,2%, o’rgatuvchi dasturlar bilan ishlash – 36,5%, Internet tarmog’iga kirish – 17,6%. Oxirgi ko’rsatkich shundan dalolat beradiki, kompyuterlar egalari hozircha zamonaviy AKTning barcha imkoniyatlaridan foydalanayotgani yo’q. Masalan, so’roqlangan shaxsiy kompyuter foydalanuvchilarining 1,9% xech bo’lmasa bir marta on-layn xaridlarini amalga oshirganlar. Vaholanki, hozir bunday xarid usuli ko’plab mamlakatlarda keng tarqalgan.
So’roqlangan shaxsiy kompyuter foydalanuvchilarining 67,4% hech qachon Internet tarmog’ida ishlamaganliklarini, 4% esa keyingi 12 oy mobaynida bu tarmoqqa kirmaganini bildirgani ham yuqoridagi holatni tasdiqlaydi. Buning sabablaridan biri shundaki, Internet tarmog’ining afzalliklari hali ko’pchilikning ongiga singimagan. Chunonchi, fikri so’ralganlarning 33,6% ularda Internet tarmog’iga ulanishga ehtiyoj yoki bundan manfaatdorlik yo’qligini ma’lum qildilar. So’roqlanganlarning 14,5%ni esa Internet tarmog’iga kirish xizmatlari qimmatligi “cho’chitmoqda”.
Sharhning alohida bir bobi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar AKTdan foydalanishiga bag’ishlangan. So’rov natijalaridan ko’rish mumkinki, ular orasida ko’pchilikning kompyuter texnikasi bilan jihozlanish darajasi hali uncha yuqori emas. Shaxsiy kompyuterlardan eng ko’p foydalanish hollari esa, moliya muassasalari hamda aloqa va kommunikastiya texnologiyalari korxonalarida qayd etilgan. Lekin, kompyuter texnikasi mavjudligi hali ishlab chiqarishda AKTdan foydalanish darajasi yuqoriligini ko’rsatmaydi. Masalan, mahalliy hisoblash tarmoqlariga ega tashkilotlar va korxonalar ulushiso’roqlanganlar umumiy miqdorining 67% ni tashkil etdi, Intranet tarmog’i esa ularning 33%da tashkil qilingan. Ekstranet tarmog’i esa so’roqlanganlarning atigi 1,7%da bor. So’roqlanganlarning bor-yo’g’i 22,7% “Bank-mijoz” xizmatidan foydalanmoqda.
So’roqlangan barcha tashkilotlarning 25,7% o’z ishida elektron hujjat almashish uchun dasturiy vositalardan foydalanishlari aniqlandi. Biroq, batafsilroq o’rganish natijalari shuni ko’rsatdiki, qo’llanilayotgan vositalarning ko’p qismi elektron hujjatlar aylanishi uchun ishlab chiqilgan maxsus tizimlar emas. Bu esa, tegishlicha, mazkur yo’nalishdagi ishlar takomillashtirilishini taqozo etadi.
Internet tarmog’iga kirish masalasiga kelsak, fikri so’ralganlarning 60% bu tarmoq resurslaridan foydalanmoqda. Internet tarmog’iga kirish imkoni bor tashkilotlarning aksariyat qismi aloqa va AKT korxonalariga, eng kam qismi esa energetika, kommunal xo’jalik, gaz ta’minoti va sanitariya korxonalariga to’g’ri keladi. Internet tarmog’iga kira oladigan tashkilotlar orasida eng katta ulush xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarga (qo’shma va xorijiy korxonalarga) hamda jamoat tashkilotlariga tegishli. Internet tarmog’iga ulanmagan tashkilotlarda bu holatni asosan manfaatdorlik yo’qligi, shuningdek ulanish va har oylik to’lovlar qimmatligi bilan izohladilar.
So’roqlangan tashkilotlar vakillarining aksariyati bildirgan istaklar asosida obuna to’lovi miqdori hamda kirish tezligi turlicha bo’lgan xizmat ko’rsatish rejalari bo’yicha maqbul ko’rilayotgan narxlar jadvali tuzildi. Ma’lum bo’lishicha, tashkilotlar trafikni cheklamagan holda 128/64 Mbit/sek kanali orqali xDSL texnologiyasi bo’yicha Internet tarmog’iga kirish uchun 99 ming so’m atrofida haq to’lashga tayyor. Bu – xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga Internet tarmog’iga kirishni ta’minlash xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotlar fikrlab ko’rishi uchun axborotdir.
Ayni paytda, o’tkazilgan tadqiqotdan ko’rinishicha, ishni rivojlantirish va samaradorligini oshirishda AKT ulkan imkoniyatlar berishini xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tushuntirish yuzasidan katta ish olib borilishi lozim. Butun dunyodagi ishbilarmonlar o’z veb-saytiga ega bo’lish qanday afzalliklar berishini allaqachon tushunib etishgan. O’zbekistonning turli mintaqalarida so’roqlangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning esa atigi 21,3% da veb-saytlar bor ekan, bu kursatkich albatta etarli emas.
Sharhda davlat boshqaruvi sohasida AKTdan foydalanish katta ahamiyatga egaligi ta’kidlangan. O’zbekistonda hozirning o’zidayoq davlat axborot resurslari va tizimlarining, shuningdek davlat organlari ko’rsatadigan bazaviy interaktiv xizmatlarning reestrlari shakllantirilgan. Bu reestrlar davlat bilan aholi, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida axborot almashish imkoniyatini yaratish va oshirishga turli davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar va korxonalar o’rtasida elektron hujjatlar aylanishi tizimini rivojlantirish maqsadida tayyorlangan. Bu esa, axborot hamda ma’lumotlarni almashish va ularga ishlov berish samaradorligini, tezligini oshiradi.
Masalan, keyingi ikki yil davomida davlat boshqaruvi organlarini kompyuter texnikasi bilan jihozlashga katta kuch sarflanayapti va 2008 yil 1 yanvardagi holatga ko’ra, respublika bo’yicha kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganlik darajasi o’rta hisobda har 100 nafar xizmatchiga 70,2 birlikni tashkil etdi. Barcha davlat boshqaruvi organlari Internet tarmog’iga ulanilgan. Davlat xizmatchilari zamonaviy axborot texnologiyalarini o’zlashtirishi darajasi oshib borayapti. Bunda ularning kompyuter texnikasi va periferiya uskunalaridan foydalanish ko’nikmalari ham yuksalmoqda.
Shu bilan bir vaqtda davlat organlarini yanada zamonaviyroq kompyuterlar bilan jihozlash masalasi dolzarbligicha qolmoqda. Bu, xususan, hokimiyatlarga tegishli bo’lib, ularda eski kompyuter texnikasini yangi uskunalar bilan almashtirish jarayoni nisbatan sust borayapti. Shuningdek, elektron hujjatlar aylanishining to’laqonli tizimlarini ham faolroq joriy etish zarur. Sababi, hozirgi vaqtda idoralararo oborotda davlat organlarining qog’ozsiz hujjat aylanishi ulushi juda past darajada bo’lib, atigi 21 foizni tashkil etayapti.
Davlat interaktiv xizmatlari haqida so’z borar ekan, masalan, hozirgi vaqtda Internet tarmog’idan foydalanuvchi har bir shaxs Hukumat portali orqali muayyan axborotni olish imkoniga egaligini ta’kidlashimiz mumkin. Ushbu portal 2003 yilda ishlab chiqilgan va Internet tarmog’iga kiritilgan edi.
U, shak-shubhasiz, davlat bilan jamiyat o’rtasidagi hamjihatlik yanada chuqurlashishi va kengayishida yordam beradi. Hozirgi kunda 61ta davlat hokimiyati va boshqaruvi organidan 58tasi o’zining veb-saytlariga ega. Shu bilan birga, sharhda, xususan, umuman davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari veb-saytlarining deyarli 37,7tasida idoraning joriy faoliyati to’g’risidagi axborotni har haftada yangilab turish

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish