«asaka» davlat-aktsiyadorlik tijorat bankining investitsiyaviy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'G'risida”



Download 31 Kb.
Sana09.04.2017
Hajmi31 Kb.
#6376
«ASAKA» DAVLAT-AKTSIYADORLIK TIJORAT BANKINING INVESTITSIYAVIY FAOLLIGINI YANADA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA”

«Asaka» Davlat-aktsiyadorlik tijorat bankining kapitallashuv darajasini yanada oshirish hamda sanoatning etakchi tarmoqlarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, iqtisodiyotni tarkibiy qayta tashkil etish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish bo'yicha dasturlarni amalga oshirishda faol qatnashishi uchun uning investitsiyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida:

1. Quyidagilar «Asaka» Davlat-aktsiyadorlik tijorat bankining investitsiya faoliyati sohasidagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin:

mashinasozlik korxonalari va sanoatning boshqa tarmoqlari mahalliylashtirilishi darajasini oshirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda shuning asosida tashqi va ichki bozorlarda xaridorgir bo'lgan, yangi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o'zlashtirish hamda kengaytirish, korxonalarning eksport salohiyatini oshirishga yo'naltirilgan faol investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish;

bankning o'z resurslarini safarbar qilish va ulardan, shuningdek, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun samarali foydalanish, qo'yilgan mablag'larning o'z vaqtida va to'liq qaytarib olinishini ta'minlash;

zamonaviy xorijiy yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega texnologiyalar va uskunalarni tatbiq etish asosida yangi sanoat ishlab chiqarishlarni tashkil etish hamda faoliyat yuritayotganlarini modernizatsiya qilish bo'yicha investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy investorlar mablag'larini jalb etish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarda sotish istiqbollarini chuqur tahlil qilish va loyihani amalga oshirishdan olinadigan moliyaviy samarani prognozlash asosida investitsiya loyihalarini tanlab olish, kompleks baholash va ekspertiza qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

zarar ko'rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish, modernizatsiya qilish va barqaror ishlab chiqarish faoliyatini olib borishni, keyinchalik ularni strategik investorlarga sotish uchun tayyorlashni ta'minlaydigan krizisli boshqaruvning zamonaviy usul va mexanizmlaridan foydalanish;

mijozlarga, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish negizida keng miqyosdagi bank va konsalting xizmatlarini ko'rsatish, korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlarni tashqi va ichki bozorlarga olib chiqishda ko'rgazmalar, yarmarkalar tashkil etishda va boshqa shakllar orqali ko'maklashish;

ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash uchun zamonaviy yuqori ishlab chiqarish quvvatlariga ega mashinalar, uskunalar, texnika va texnologiyalarni lizing shartlari asosida xarid qilishni ta'minlaydigan lizing operatsiyalarini kengaytirish;

investitsiya loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari bo'yicha bank xodimlarini qayta tayyorlash sifati hamda malakasini yanada oshirish, tijorat banklarini bankning investitsiyaviy faoliyatini aktivlashtirish vazifalarini samarali echish qobiliyatiga ega, professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash.

2. Ma'lumot uchun qabul qilinsinki, «Asaka» Davlat-aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlarining umumiy yig'ilishi tomonidan 2008-2009 yillarda bankning ustav kapitali miqdorini qo'shimcha 147,1 mlrd. so'mga oshirgan holda uning jami miqdorini ekvivalentda 300 mlrd.so'mga etkazish to'g'risida qaror qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi hamda «Asaka» Davlat-aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyadorlarining 2008-2009 yillarda «Asaka» Davlat-aktsiyadorlik tijorat banki aktsiyalarini ilovaga* muvofiq hajmlarda qo'shimcha joylashtirish to'g'risidagi taklifi ma'qullansin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

3. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S. Azimov va O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmalariga yuklansin.



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 
                                                              I. KARIMOV

Toshkent sh.
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish