T/r
|
Tushunchaning taklif etilayotgan ta’rifi
|
Muallif
|
Manba
|
1
|
Elektron biznes - bu sub- yektlar o‘rtasidagi munosa- bat elektron tarzda (Internet texnologiyalarni qo‘lla- gan holda) amalga oshadi- gan biznes jarayonning ix- tiyoriy shaklidir
|
A. Summer, Gr. Dunkan
|
Summer A, Dunkan Gr. E- COMMERCE. Elektronnaya kommerstiya. Marketing: pyataya volna. M., 1997
|
2
|
Elektron savdo - biznes tran- saksiyasining butun sikli yoki uning bir qismi elektron tarzda amalga oshadigan tovar yoki xizmatlarni xarid qilish- sotish jarayonidir.
|
A Summer, Gr.Dunkan
|
Summer A, Dunkan Gr. E- COMMERCE. Elektronnaya kommerstiya. Marketing: pyataya volna. M., 1999
|
3
|
Elektron biznes deb ishbi- larmon tashkilot bir-biri bilan tarmoq orqali bog‘langan kompyuterlar vositasida amalga oshiradigan har qanday ja- rayongan aytiladi
|
L.Novomlinskiy
|
http://www.int.kiev.ua/citforum/im 99/ im99a/32 novomlinsky. shtml
|
4
|
Elektron biznes - bu sub- yektlar o‘rtasidagi munosa- bat elektron shaklda amalda oshadigan biznes jarayonning istalgan shaklidir.
|
L.Novomlinskiy
|
Doklad na RIF 1998 g. na sek- stыe «Elektronnaya kommerstiya v Internete»
|
Yuqorida keltirilgan “elektron biznes” hamda “Internet-biznes” tu- shunchalarining ta’rifi elektron biznesni zamonaviy tizimining barcha elementlarini to‘liq aks ettirmaydi. Ularda mazkur tizimni amal qilish- ning maqsadli yo‘nalishi mavjud emas, shuningdek, biznesni amalga oshirishdagi prinsipial o‘zgarishlar aks ettirilmagan. “Internet-biznes” tushunchasi faoliyat turlarini faqatgina savdo va reklama bilan cheklab qoladi. Bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik faoliyatidagi operatsiyalarining katta hajmi mazkur tushunchaga kiritilmagan (mahsulotni taqsimlash haqidagi bitim, savdo vakolati, faktoring, lizing, loyihalashtirish, kon- salting, investitsiya bitimlari, foydalanish va konsessiya haqidagi keli- shuv, birgalikdagi faoliyat va boshqalar). “Elektron biznes” tushuncha- siga eng ma’qul ta’rif N.Solovyanenko tomonidan keltirilgan.
Elektron biznes - bu biznesni an’anaviy turlariga nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash maqsadida eng ilg‘or axborot tex- nologiyalari va kommunikatsiya muhitidan foydalanishdir.
Ushbu ta’rifga ko‘ra, elektron biznes - bu faqatgina elektron savdo emas.
Elektron biznes - bu Internet tarmog‘ida yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashga asoslangan savdogina emas. Uning tarkibiga turli biznes - operatsiyalarining katta miqdori kiradi. Elektron biznes yordamida firma asosiy maqsadida ifodalangan iqtisodiy va moliyaviy maqsadlarga erishish ta’minlanadi.
“Elektron biznes” atamasi har xil texnologiyalarni o‘z ichiga oladi, ular: EDI (Electronic Data Interchange - ma’lumotlarni elektron alma- shinuvi), elektron pochtasi, Internet, intranet (kompaniya ichida ma’lu- mot almashish), ekstranet (tashqi dunyo bilan ma’lumot almashish).
Elektron savdo elektron biznesni alohida turi hisoblanadi. Bu sav- doga ko‘ra, tovar yoki xizmatlarni yetkazib beruvchi ularni ma’lum to‘- lov evaziga taqdim etadi.
“Elektron savdo chegaralari” kitobi mualliflari quyidagi umumiy ta’rifni tavsiya etadilar: “Elektron biznes - biznesning zamonaviy uslu- biyati bo‘lib, u tashkilotlar, ulgurji savdogarlar hamda iste’molchilarga tovarlar va xizmatlar sifatini oshirgan holda sarf-xarajatlarni qisqartirish hamda yetkazib berish tezligini oshirishga yordam beradi”. “Ko‘rinib turganidek, mualliflar elektron biznes va umuman biznes o‘rtasida hech qanday farqni e’tirof etmayaptilar. Bundan tashqari, “elektron savdo” tu- shunchasining ushbu ta’rifi an’anaviy savdo uchun xos bo‘lgan tushun- chadan hech qanday farq qilmaydi.
Ikkalasida ham sarf-xarajatlarni qisqartirish, tovarlar va xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, buyurtmalarni bajarish tezligini oshirish kerak.
Elektron biznes - bu elektron usulda amalga oshiriladigan ishbilar- monlik operatsiyalarining har qanday shakllarini o‘z ichiga oladigan umumiy konsepsiyadir.
Elektron biznes tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi:
xarid uchun elektron to‘lov (pullarni elektron o‘tkazmasi, kredit kartochkalari, elektron pullar, elektron cheklardan foydalangan holda);
xaridorga mahsulotni yetkazib berish, jumladan jismoniy shaxs- larga tovarlar yetkazib berishni boshqaruvi hamda uning nazorati, shu- ningdek, elektron usulda tarqatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni bevosita yetkazib berish;
mustaqil amal qiladigan firmalar uchun qulay bo‘lmagan mah- sulot va xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini olish uchun mustaqil kompaniyalar guruhidan iborat virtual korxonani tashkil qilish;
ishlab chiqaruvchi - firma va uning savdo hamkorlari bilan bir- galikda amalga oshiriladigan mustaqil biznes-jarayonlar realizatsiyasi.
Biznes-jarayon - bu ma’lum bir tashkiliy tuzilma doirasida kom- paniyaning aniq biznes (tadbirkorlik) maqsadi amalga oshirishga yor- dam beradigan o‘zaro bog‘langan operatsiyalar yig‘indisidir. Bunda tu- zilmaviy bo‘linmalar funksiyalari hamda ularning o‘zaro aloqalari ol- dindan aniq belgilangan va qat’iy tasdiqlangan.
Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyat soha- lari ham turlicha.
Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyatning asosiy sohalariga quyidagilar kiradi:
elektron marketing (Internet-marketing);
elektron magazinlarni tashkil qilishni moliyalashtirish, shuning- dek, ularni sug‘urta qilish;
buyurtma olish, tovarni sotish va to‘lovdan iborat biznes operatsi- yalari;
bir nechta kompaniya tomonidan yangi mahsulot yoki xizmatni birgalikda ishlab chiqish;
mahsulotni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qilish;
biznes ma’muriyati (soliqlar, bojxona, ruxsatlar, konsessiyalar va h.k.);
transport xizmatlari, yuk tashish texnikasi va ta’minot usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |