O’zbek xalq dostonlarida magik raqamlar, mifik jonzotlar va predmetlar



Download 36,5 Kb.
Sana19.04.2022
Hajmi36,5 Kb.
#564542
Bog'liq
Magik raqamlar
2 5353074781912565112, ОХТА, sanoq sistemalari, Moliya Hisobi, Zazimliniya nima, Iqtisodiyot nazaryasi, ғояI сессия оралиқ наз.ишлари , 7-Мавзу, 7-Мавзу, Yakuniy nazorat savollari, 35-, 40-, KURS ISH SAMADAROVi, 3-maruzaBaxodirov D, 4 seminar falsafa

O’ZBEK XALQ DOSTONLARIDA MAGIK RAQAMLAR, MIFIK JONZOTLAR VA PREDMETLAR.
Qoraboyeva Mohira Abdusalim qizi
5- umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot
fani o’qituvchisi
Farg’ona viloyati Bag’dod tumani
Badiiy adabiyotning eng qadimiy shakli - xalq og’zaki ijodi bo’lib, uning o’zi ham doston, ertak,qo’shiq ,maqol , topishmoq singari qator janrlarga ajraladi.Og’zaki adabiyot, nomidan ham anglatib turganidek, og’zaki ravishda yaratilgan bo’ladi. Uning kim tomonidan dunyoga keltirilganligini aniqlab bo’lmaydi. Og’zaki ijod har qanday yozma adabiyotga tayanch vazifasini bajaradi.
Xalq og’zaki ijodining eng yirik janrlaridan biri bu- dostonlardir. O’zbek xalq dostonlari xalqimiz badiiy tafakkurining nodir namunasi, olamni bilish, idrok etishning eng ibtidoiy tasavvur uslublariga ega bebaho manba sifatida har doim qadrli bo’lib kelgan.
Xalq dostonlarini magik raqamlar, jonzotlar va predmetlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Mif davr qarshlarini aks ettiruvchi so’z-hikoyalardir yoki matnga tushgan davr qarashlaridir. Mif insonning borliqni, unga bog’liq bo’lmagan obyektiv reallikning anglash yo’lidagi urinishidir.
Xalq dostonlarida magiik raqamlar poetikasi ham rang-barangdir. Magik raqmlar ichida nisbatan ko’proq uchraydigani qirq raqamidir. Odatda doston ijrochisi shu raqamga ko’proq murojaat qiladi. Qirq yigit, qirq Chilton,qirq kalit kabi tushunchalar barcha dostonlarda ko’plab uchraydi. Masalan:
Yurtimning egasi bo’lgin,
Qirq yigit og’asi bo’lgin.
Bundan tashqari xalq dostonlarida yigirma, uch raqamlari ham uchrab turadi.
Xalq dostonlarida mifik jonzot va predmetlarning ishtiroki ham syujetning yanada boy va qiziqarli bo’lishini , voqealarning kutilmaganda boshqacha tus olishini dalillash uchun xizmat qiladi. Mifik jonzotlarga odatda ot, “Alpomish” dostonidagi xat tashuvchi g’oz, “Rustamxon” dostonidagi ikki tozi it va qush kabi jonzotlar kiradi.. Mifik predmetlarga so’ta, suyak,telpak, kaltak kabilar kiradi. Masalan:
To’xtab qoldi Go’ro’g’lining G’iroti,
G’arib bo’ldi Go’ro’g’lining farzandi.

Suyakning ostiga kirgan qalandar,


Devlar ko’rsa, seni tayin o’ldirar!
Magik raqam, predmet va jonzotlar badiiy vosita sifatida keladi. Ular doston qahramonlari bo’lmish insonlarni sehrliligini ta’minlaydilar,ularni og’ir va boshi berk ko’chalardan omon-eson va g’olib sifatida chiqib ketishlarining omili bo’lib xizmat qiladi, ulardagi jismoniy va ruhiy quvvatning manbai bo’lib, bu kuchlarning bitmas-tuganmasligini ta’minlaydilar. Ularga inson eng qiyin va hal qiluvchi damlarda murojaat qiladilar.
Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xalq dostonlaridagi raqamlar, predmetlar va jonzotlar o’zining sehrli ta’sir kuchiga ega. Ular doston qahramonlarining ruhiy holati, ichki kechinmalari, boshqa qahramonlar bilan o’zaro munosabati, ishqiy kechinmalarini to’laqonli ochib berishda ko’maklashuvchi badiiy vositalar desak adashmaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Toshkent. 1990.

  2. Go’ro’g’li. Toshkent. 2017.

  3. Maktab darsligi. 11-sinf. Toshkent.2019.

  4. Maktab darsligi. 9- sinf. Toshkent.2019.

Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
matematika fakulteti
o’rta ta’lim
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti