Shirin va shakar



Download 22,55 Kb.
Sana11.11.2020
Hajmi22,55 Kb.
#51927
Bog'liq
Abdullayeva Zilola



XALQ DOSTONLARIDAGI O‘XSHATISHLARDA IFODALANGAN OZBEK MENTALITETI (“OYSULUV” VA “SHIRIN VA SHAKAR” DOSTONLARI ASOSIDA).

Lingvistika(o‘zbek tili) 2-kurs

Abdullayeva Zilola Ochil qizi

Annotatasiya

Ushbu maqolada tilshunoslikning muhim sohasi bo‘lgan o‘xshatishlar va ularning turlari, xalq dostonlaridagi o‘xshatishlar va ularda milliy urf-odatlarimizning aks etishi haqida so‘z yuritilgan.

Hozirgi kunda nafaqat o‘zbek tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida ham antroposentrik nazariya tadqiqotning birlamchi omili bo‘lib kelmoqda. Soddaroq qilib aytganda, markazida inson turadigan tilshunoslik tadqiqotning tamal toshi bo‘la oladi desak adashmaymiz. Antroposentrik nazariyaning tarmoqlaridan biri bo‘lgan lingvokulturologiya (lisoniy madaniyatshunoslik) tilni “ til-madaniyat-inson” uchligi doirasida o‘rganadi. Ushbu fanda milliy ong, milliy tafakkur, milliy g‘oya, milliy madaniyat, milliy mentalitet kabi tushunchalarning asosini til tashkil etishi o‘rganiladi. Milliy mentalitetning aks etishida o‘xshatishlarning o‘rni benihoya kattadir. Panini grammatikasidan boshlab (er. avv IV asr) o‘xshatishlar poetik figura sifatida o‘rganilgan. O‘xshatishlar o‘ziga xos obrazli tafakkur tarzining mahsuli sifatida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular nutqda hamisha badiiy-estetik qimmatga molik bo‘ladi, nutqning emotsional-ekspressivligi, ifodaliligi, ta’sirchanligini ta’minlashga xizmat qiladi. O‘xshatishlarning ikki turi ya’ni: 1) individual-muallif o‘xshatishlari yoki erkin o‘xshatishlar; 2) umumxalq yoki turg‘un o‘xshatishlar farqlanadi. Erkin o‘xshatishlar yozuvchining mahoratini namoyon etuvchi vositalardan biri sifatida badiiy nutqda alohida o‘rin tutadi. Yozuvchi o‘zining badiiy tasvir maqsadiga muvofiq xilma-xil original o‘xshatishlar yaratadi. Masalan: Urushning qora qanoti uzoqlab ketgan bo‘lsayam, erta-indin Gitlerning to‘ng‘iz qo‘pishi ko‘rinib qolgan bo‘lsayam, hamon uning soyasi odamlar boshiga ko‘lanka tashlab turibdi. (O‘tkir Hoshimov,”Urushning so’nggi qurboni”). Ushbu gapda birgina qora qanot o‘xshatishi urushning qanday talofatlar olib kelganini ko‘rsatib beradi. Turg‘un o‘xshatishlarning mohiyati shundan iboratki, ularda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan, umumxalq leksikasidan joy olgan bo‘ladi. Masalan: Toqqa o‘rlab kelayotgan mo‘ri-malaxday lashkarni ko‘rib, kayfi uchdi; Pahlavon Qaysarning qo‘shiniga bir alp yigit o‘zini urib, och bo‘riday tashlandi. (“Oysuluv” dostoni) O‘xshatishlarning har ikkala turida ham, ayniqsa, turg‘un o‘xshatishlarda milliy mentalitet aks etadi. Masalan, qo‘yday yuvosh o‘xshatish etlonini ko‘raylik. Ushbu o‘xshatishning ma’nosi yuvosh,birovga ozori tegmaydigan odam hisoblanadi. Bunda o‘zbek xalqining qadimdan chorvachilik bilan shug‘ullanganligi aks etadi. Ushbu o‘xshatish boshqa xalqlarda ham uchraydi. Ammo uning ma’nosi rus tilida qo‘rqoqlik ma’nosini beradi. Bu ham milliy madaniyatga xosdir. Oy o‘xshatish etalonida ham ushbu holni kuzatishimiz mumkin. Oy etaloni o‘zbek xalqida chiroyli, go‘zal; to‘lmoq, yanada go‘zallashmoq; ravshan, ayon bo‘lgan hodisalarga nisbatan aytiladi. Masalan:



Jamoling mengzayman osmonda oyga, Jasading mengzayman bo‘z qarchig‘ayga; Mening yorim oy boladir Judagina boy boladir.(“Shirin va Shakar” dostoni)

Ammo rus madaniyatida oy obrazi ko‘proq g‘amgin, ma’yus sovuq manzara bilan bog‘lanadi. Milliy mentalitetimizda hayvonlarga o‘xshatish hollari ko‘p uchraydi. Bunda yo‘lbars, bo‘ri, burgut lochin sher kabilar ijobiy obrazda keladi.



Tog‘dagi sherday oh urib, Yo‘lbarsday bolib chopinib Ot qo‘ydi maydon ustiga.(“Shirin va Shakar” dostoni)

Ilon, tulki kabi obrazlar esa salbiy sifatlarni ifodalaydi. Masalan: Doroning qahri kelib, ilonday zahri kelib, lashkarboshi-Pahlavon Qaysarni chaqirib, muhrdor, tug‘dor, jami amaldorni yig‘ib aytdi.(“Oysuluv” dostoni). Bulbul etaloni ko‘proq g‘am-qayg‘u, hasrat belgilari ostida keladi:

Bulbuldayin nolondaman, Dogu hasrat armondaman, Abzaldan kuygan bandaman.

Dostonlardagi bo‘tako‘z, bo‘ta obrazlari ham xuddi shunday ma’noni beradi:



Bo‘tako‘zday enam yig‘lab xor-u zor Nasihat qip uni qaytardi pirlar.

Turg‘un o‘xshatishlar ozbek tilining, xalqining lisoniy boyligi hisoblanadi. Ayniqsa, xalq dostonlarida ularning yorqin namunalarini ko‘ramiz. O‘xshatishlar avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan lingvomadaniy hodisa. Nutqning bejirim, ta’sirli bo‘lishiga imkoniyat beradigan etnopsixologik, lingvopoetik merosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. ”Shirin va Shakar” dostoni..-Toshkent : G‘.G‘ulom nashriyoti.1975.

2. Mukarramov M. O‘zbek tilida o‘xshatishlar.-Toshkent:Fan, 1976.

3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. II tom, T.:”O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006y.



4. Mahmudov N. O‘xshatishlarda milliy mentallik jozibasi . Til va adabiyot ta’limi, 2019/2 son


Download 22,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish