2.1. Aholi uchun AKT dan foydalanish imkoniyati
So’rov natijalari shuni ko’rsatdiki, so’rovda ishtirok etgan uy xo’jaliklarining 74,5% yoki mobil, yoki stastionar telefonga ega, ular orasidan shahar uy xo’jaliklarining – 88,8%, qishloq uy xo’jaliklarining – 61,2% bor. 15 diagrammada so’rovda ishtirok etgan uy xo’jaliklarining biron-bir turdagi telefon aloqasidan foydalanish imkoniyati haqida ma’lumotlar keltirilgan:
Diagramma _____________16: Uy xo’jaliklarida telefon borligi
Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatdiki, so’rovda qatnashgan uy xo’jaliklarining 16,8% da ishlaydigan kompyuter bor, shu jumladan so’ralganlarning 24,8% – shahar aholisi va 8,8% – qishloqda istiqomat qiladi. Uyidan Internetga so’ralgan uy xo’jaliklarining 7,5% ulangan, shu jumladan, shaharda – 13,2%, qishloqda – 1,8%.
22 Diagramma 17: Uy xo’jaliklarida kompyuter va Internetdan foydalanishimkoniyati borligi
Hozirgi kunda respondentlarning 43,1% biron-bir turdagi ish haqqi to’lanadigan ishga ega. Ular orasida respondentlarning 62,2% kompyuterdan ish joyida foydalanadi, ularning 21,3% ish joyida individual kompyuterga ega, qolgan 40,9% kompyuterdan hamkasblari bilan birga foydalanadi. Ishlaydiganrespondentlarning 37,8% ish joyida kompyuterdan foydalanish imkoniyatiga ega emas, so’ralganlarning 56,4% esa hozirgi paytda haqi to’lanadigan ishga ega emas.7 Ish joyida kompyuterda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lganlarning 24,7% elektron pochtadan foydalanishi mumkin (11,1% - o’zining individual kompyuteridan, 13,6% – hamkasblarining kompyuteri orqali).
Jadval 12: Ishlaydigan respondentlar ish joyida kompyuterning borligi
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, shaharda va qishloq joylarida ishlovchilar orasidagi kompyuterdan foydalanuvchilar o’rtasidagi farq unchalik katta emas. Ammo shahardagi ishlaydigan respondent ish joyida individual kompyuter bilan qishloqdagi ishlaydigan respondentga ko’ra ko’proq ta’minlangan.
Bundan tashqari, shu narsa ma’lum bo’ldiki, respondentlarimiz orasida ishlaydigan xotin-qizlar foizlar bo’yicha ish joyida erkaklarga nisbatan kompyuterdan ko’proq foydalanish imkoniyatiga ega.
Turli yoshdagi guruhlar orasida kompyuterdan foydalanish dinamikasi ham e’tiborga loyiq: ishlovchi respondentning yoshi qanchalik katta bo’lsa, ish joyidan kompyuterdan foydalanish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi. Ammo, bunda individual kompyuterdan foydalanish ko’rsatkichlari teskari proporstional ko’rinishga ega.
Jadval 13: Respondentning ish joyida elektron pochtadan foydalanish imkoniyati
Ishlaydigan respondentlarning turli yoshdagi guruhlari uchun elektron pochtadan foydalanish imkoniyati nisbatan o’xshash bo’lib, kichik yosh guruhda, individual kompyuter orqali pochtadan foydalanish ko’proq bo’lgan holatlarda u biroz yuqori. Shahardagi ishlaydigan respondentlar orasida qishloq joylarida ishlaydigan respondentlarga nisbatan elektron pochtadan foydalanuvchilar soni deyarli uch baravar ko’p.
2.2. Aholi tomonidan AKT dan foydalanish
Tadqiqot natijalariga ishlov berilganidan so’ng ma’lumotlar 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan butun aholiga ekstrapolyastiya qilindi. Shu tariqa ishlov berilgan ma’lumotlar bu kabi tadqiqotlarga yo’l qo’yiladigan noaniqliklar ulushini hisobga olgan holda shunday xulosaga kelish imkonini beradiki, belgilangan yoshdagi shahar aholisining 15,56% va qishloq aholisining 8,94% PK foydalanuvchisi hisoblanadi.
Yashash joyi, jinsi va yosh guruhiga ko’ra so’rovda qatnashgan respondentlarning kompyuterdan foydalanishi davriyligi quyidagi jadvallarda keltirilgan:
Jadval 14: Joyidan qat’iy nazar oxirgi 12 oyda kompyuterdan foydalanish davriyligi
Diagramma 18: Joyidan qat’iy nazar oxirgi 12 oyda kompyuterdan
foydalanish davriyligi
Respondentlarimiz tomonidan kompyuterlarlan foydalanishning asosiy maqsadlarini (ommaviyligini) quyidagilar tashkil etadi: hordiq chiqarish shakli – 69,4%, hujjatlar bilan ishlash (mantlar va elektron jadvallar) – 41,2%, ta’limiy dasturlar bilan ishlash – 36,5%, Internet tarmog’idan foydalanish maqsadida – 17,6%. Ushbu natijalar quyidagi jadvalda batafsil keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |