Mavzu Daryo oqimimning yillararo o’zgaruvchanligi.
Daryo suvchanligi - daryoda muayyan vaqt (dekada, oy, mavsum, yil, bir necha yil) davomida oʻrtacha koʻp yillik koʻrsatkichlar (norma)ga nisbatan oqib oʻtgan suv miqdori. D. s. absolyut (m3/s, l/s, km3/yil) yoki nisbiy (normaga nisbatan % yoki modul koeffitsiyenta) birliklarda ifodalanadi. D. s. haqida maʼlumot q. x.ni suv bilan taʼminlash sistemasidagi eng muhim elementdir (qarang Agrometeorologii: xizmat koʻrsatish). Suvchanlikning oʻzgarishi daryo havzasining suv va issiqlik balansini belgilovchi meteorologik omillarning davriyligiga bogʻliq. D. s.ga yogʻin miqdori, uning yillar va balandlik zonalari boʻylab taqsimlanishi; quyosh radianiyasining intensivligi; havo harorati; tuproq qatlamining holati va b. omillar taʼsir etadi. Bu omillarning mavsumiy davriyligi D. s.ning yil davomida oʻzgarishiga, yillar boʻylab davriyligi esa turli suvchanlik yillarining almashinuviga sabab boʻladi.
Oʻrta Osiyoda daryolar, asosan togʻlardan boshlangani sababli havzaning balandligi oshgan sari D. s kamayib boradi. Doimiy muzliklar va qorliklar erishi hisobiga hosil boʻluvchi D. s. turgʻun, yomgʻirlardan hosil boʻluvchi D. s esa koʻproq oʻzgaruvchan boʻladi. Daryo yillik oqimining oʻzgaruvchanligi variatsiya koeffitsiyenti orqali (Cv) aniklanadi. Muzlik-qorliklarda hosil boʻluvchi daryolar (Vaxsh, Zarafshon) uchun Cv-0,10—0,15, qorlik-muzliklardan suv oladigan daryolar (Chirchiq, Norin, Kofarnihon) uchun 0,15—0,25, qorlik va qor-yomgʻirlardan toʻyinadigan daryolar (Ohangaron, Keles) uchun 0,25 va undan katta. Soy va jilgʻalarning yillik oqimlari uchun Cv 1 dan ham katta boʻlishi mumkin.
Oqim hosil qiluvchi jarayonlar inersiyasi tufayli turli suvchanlik-ka ega boʻlgan yillar sikllarga guruhlanadi. Sersuv, oʻrtacha suvli va kamsuv sikllar mavjud. Sikllar suvchanlik davomiyligi va uning oʻrtacha koʻrsatkichlardan ogʻish kattaligiga qarab farqlanadi. Mac, Amudaryoda 10 yillik, Norin daryosida 2—3 va 10—11 yillik, Chirchiq daryosida 5—6 yillik davriylik kuzatiladi. Suvchanlik boʻyicha ekstremal yillarda muzlikqorlik hamda qorlik-muzliklardan hosil boʻluvchi daryolar oqimi normadan 30% va undan koʻproq, qor-yomgʻir hamda yomgʻirlardan toʻyinadigan daryolar oqimi 50—60% farq qiladi. Turli daryolar oqimining oʻzgarishlari ayrim yillarda oʻzaro muvofiq kelishi yoki muvofiq kelmasligi sinxronlik yoki asinxronlik tushunchasi bilan ifodalanadi. Oʻrta Osiyodagi D. s oʻzgarishlaridagi maksimal muvofiqlik suvchanlik boʻyicha ekstremal yillarda kuzatiladi. Mac, suv eng kam boʻlgan 1974 y.da Amudaryo va Sirdaryo havzasining hamma hududida oqim normadan juda kam boʻlgan. Turli havzalarda D. s.ning oʻzgarib turishidagi nomuvofiklik daryolarni havzalararo oqizishii taqozo etadi.
Daryo tabiiy suv manbasi boʻlib,[1] odatda okean, koʻl, dengiz va boshqa daryoga quyiluvchi toza suvdir. Daryolarni quruqlik gidrologiyasining darelar gidrologiyasi boʻlimi oʻrganadi. Har bir daryoning manbai va dengiz, koʻlga quyiladigan yoki boshqa daryo bilan qoʻshilib ketadigan joyi — mansabi boʻladi. Manba suvayirgʻichga yaqin joylashgan boʻladi.
Bevosita okean, dengiz, koʻlga quyiladigan yoki qumga singib ketadigan daryo bosh daryo hisoblanadi, bosh daryo ga kuyiladigan daryo — irmoq deb ataladi. Bosh daryo barcha irmoklari bilan birga daryo sistemasini hosil qiladi. Daryolar koʻpincha koʻl, botqoklik, buloq va muzliklardan boshlanadi. Masalan, Oʻrta Osiyodagi Panj, Vaxsh, Zarafshon va Norin kabi daryolar muzliklardan, Rossiyadagi Neva, Svir, Angara singari daryolar koʻllardan, Belorussiya, Ukraina, Gʻarbiy Sibirdagi aksariyat daryolar botqokliklardan boshlanadi. Quruq va issiq iqlimli oʻlkalardagi daryolar koʻpincha suvi bugʻlanib va qumga singib tugaydi yoki hamma suvi sugʻorishga sarf boʻladi, jumladan Oʻrta Osiyodagi daryolarning ayrimlari maʼlum bir joyga quyilmasdan tugab qoladi (Zarafshon, Qashqadaryo, Chu va Turkmanistondagi daryolar). Daryo sistemasi oʻzining suvini yigʻib oladigan quruqlik yuzasi suv yigʻiladigan maydon deb ataladi. Yer sirtining daryo sistemasi joylashgan va boshqa suvayirgʻichlar bilan chegaralangan qismi daryo havzasi deyiladi (qarang Daryo havzasi).
Oʻzbekistondagi daryolar, asosan, togʻlardagi qor va muzliklardan hamda yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻzbekiston hududini kesib oʻtuvchi eng katta suv arteriyalari boʻlmish Sirdaryo va Amudaryo qamda ularning irmoqlari Oʻzbekistondan tashqarida boshlanadi. Oʻzbekistonning yirik daryolari: Norin, Qoradaryo, Soʻx, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sheroboddaryo. Ularning koʻpchiligi faqat oʻrta va quyi oqimida Oʻzbekistan hududidan oʻtadi. Daryo, odatda, relyefning choʻziq pastliklarida — vodiylarda oqadi, uning eng past qismi oʻzan, daryo suvi koʻpayganda oʻzandan chiqib bosib ketadigan vodiy tubining oʻzanga tutash qismi esa kayir yoki qayir terrasasi deyiladi. Oʻzanlarda chuqur va sayoz joylari almashinib boradi. Oʻzanning eng chuqur joylari — farvater, oqim tezligi eng katta boʻlgan joylari esa tezoqar joy deyiladi. Daryo yoki daryolarning ayrim qismlari balandliklari farqining uzunligiga nisbati daryo nishabligi deyiladi.
Relyefga bogʻliq ravishda togʻ daryosi va tekislik daryosiga boʻlinadi. Togʻ daryosi nishabi kattaligidan, tor vodiylarda tez (kuchli) oqadi, yuvish jarayoni ham kuchli boʻladi. Oʻrta Osiyo daryolari asosan togʻ daryolaridir. Tekislik daryolari keng oʻzanda sokin oqadi, ilonizi yoki meandrlar xos. Tekislik daryolari oʻzan va qayirlarida qum, gil yotqiziqlar qoldiradi, marza, sayozlik, tirsaklar hosil qiladi (mas, Amudaryo va Sirdaryo oʻrta va quyi oqimida), quyilish joylarida esa deltalar vujudga keladi. Baʼzan daryo dan ajralgan tarmoqlar boshqa daryo bilan qoʻshilishib ketadi (qarang Daryoning ikkiga ayrilishi).
Yer shari yuzasida daryolar juda note-kiye taqsimlangan. Har bir materikda bosh suvayirgʻichlar — oqim chegaralari bor. Yerning bosh suvayirgʻichi materiklar yuzasini 2 asosiy havzaga: AtlantikaArktika (oqim Atlantika va Shimoliy Muz okeanlariga boradi) va Tinch okean (oqim Tinch va Hind okeanlariga tushadi) havzalariga boʻlib turadi. Ekvatorial mintaqada daryolar zich boʻlib, dunyodagi eng yirik Amazonka, Kongo daryolari oqadi; tropik va moʻʼtadil mintaqalarda, ayniqsa togʻli rayonlarda (Alp, Kavkaz, Qoyali togʻlar va b.), choʻllarda daryolar qor eriganda yoki jalalarda suv toʻlib oqadi (mas, Qozogʻistonning tekislik qismida).
Daryoda oqim tezligi bir necha sm/sek dan (tekislik daryosila) 6-7 m/sek gacha (togʻ daryosida) oʻzgarib turadi. Suv sathi koʻtarilishi bilan oqim tezligi, odatda, chuqur joylarda koʻpayadi va sayozlikda kamayadi. Daryoda suv temperaturasi issiq mavsumda havo temperaturasi bilan deyarli bir xil, daryo muzlagan paytda qariyb 0° boʻladi.
Daryolarda muzlash hodisalari quruklik hududining taxminan 1/4 qismida, asosan Shimoliy yarim sharda kuzatiladi. Daryolar Rossiya Federatsiyasida dastavval Shim.-Sharqiy Sibirda (sentabr oxirida), kechroq Yevropa qismining janubi-gʻarbida va Oʻrta Osiyoda (dekabr oxiri — yanvar boshida) muzlaydi. Eng kalin muz qoplami Sharqiy Sibir daryolarida (muz qalinligi oʻrtacha 1,5-2 m) kuzatiladi va 9—10 oy mobaynida saqlanadi. Togʻ daryolarida oqim tez boʻlganligidan muz qatlami hosil qilmaydi, koʻpgina daryolarda qishda shovush oqad
Do'stlaringiz bilan baham: |