“ Tasdiqlayman”
Chirchiq shahar 15-IDUMning
O‘IBDO‘ ___________
Chirchiq shahar
15-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining
jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi
Mirzayev Raxmatullo Raxmonqul o‘g‘lining
bir soatlik ochiq dars ishlanmasi
OCHIQ DARS ISHLANMALAR
2021-2022-o`quv yili
Fan: Jismoniy tarbiya
Sinf: 3-“B”
Dars davomiyligi: 45 daqiqa
Darsning shiorlari: “Sog`lom avlod-yurt tayanchi”.
D A R S N I N G M A Q S A D L A R I :
TA`LIMIY MAQSAD:
Amaliy ko’nikmalarni egallash va mustahkamlash;
O`quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirish;
d) O’zlashtirgan bilim va ko’nikmalarini musobaqa va hayotiy faoliyatda qo’llash;
TARBIYAVIY MAQSAD:
O`quvchilarni Vatanga, milliy qadriyatlarimizga bo’lgan muhabbat xislarini tarbiyalash;
O`quvchilar ongida muomula madaniyatini shakllantirish;
RIVOJLANTIRUVCHI MAQSAD:
O`quvchilarda diqqat, chidamlilik, chaqqonlik va tezkorlikni rivojlantirish.
O`quvchilarda mustaqil erkin fikrlashni rivojlantirib borish;
O`quvchilarga o`ziga nisbatan talabchanlikni kuchaytirish;
O'quvchilarni mustaqil fikrlash qobiliyatini, o'z sog’liqlarini mustahkamlash ustida ishlashga o’rgatish.
Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi, tushunchalar hosil qilish, mustahkamlash;
Dars uslubi: Og`zaki, ko`rgazmali-amaliy
Dars usuli: Noan`anaviy (jamoada o`rgatish).
Dars shakli: Individual (yakka tartibda) va mustaqil ishlash darsi
D A R S D I D A K T I K A S I :
Darsning jihozlari: Hushtak, sekundomer, to`plar, stullar, xaltachalar, gardishlar va rag`bat kartochkalari.
D A R S N I N G X R O N O L O G I K X A R I T A S I:
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Mavzu
|
Harakatli va “Estafetali o`yinlar”. “Stul ustiga xaltacha”, “To`pni o`z
joyiga qo`y” , “Quyoncha” kabi estafetali o`yinlarni o`ynash.
|
Maqsad va vazifalar
|
Maqsad:
-o`quvchilarning yo`l qo`yayotgan xatolari ustida ishlash;
-dars jarayonida bilmaganlarini tengdoshlaridan so`rab o`rganish;
-nazariy hamda amaliy bilim, ko`nikma va malakalarini oshirish;
Vazifa:
-o`quvchilarning o`z ishlashini, malakasini shakllantirishini tashkil etish;
-savol-javoblar hamda amaliy harakatlar orqali o`quvchilarning o`tilgan mavzularni qay darajada o`rganganligini aniqlash;
|
O`quv jarayonining mazmuni
|
-o`quvchilarning o`yin qoidalarini o`rganilgan bilimlardagi xatolar ustida ishlash;
-mavzudagi estafeta o`yinlarini o`rganishda yo`l qo`yayotgan xatoliklar
ustida ishlash
|
O`quv jarayonini amalga oshirish vositasi
|
Usul: jamoa bo`lib, guruhlar bilan ishlash. Shakl: nazariy hamda amaliy
Vosita: kompyuter, monitor (nazariy bilimlar berishda zarur) Nazorat: savol-javob, ko`rsatmalilik hamda bo`shliqlar bilan ishlash. Baholash: o`z ustida ishlagan, xatolar ustida ishlagan hamda faol o`quvchilarni rag`batlantirib borish.
Jihozlar: sekundomer, hushtak, to`pchalar, xaltacha, o`yin qoidalari
yozilgan tarqatma materiallar, baholash uchun yasab kelingan medullar.
|
Kutiladigan natijalar
|
O`qituvchi: dars davomida yo`l qo`yilayotgan xato va kamchiliklarni o`z vaqtida bartaraf etib, o`quvchilar bilan tuzatishga erishadi; xatoni tuzatish orqali o`quvchining o`ziga bo`lgan ishonchini orttiradi, o`z ustida mustaqil ishlash, darsni mustaqil o`rganish va uni xotirada uzoq saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va to`g`ri javob berishga hamda to`g`ri harakat qilishga o`rgatadi.
O`quvchi: aniqlangan bo`shliqlarda o`zi va tengdoshlari yo`l qo`ygan xato va kamchiliklarni tuzatish orqali bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlaydi, o`rganilgan nazariy hamda amaliy mashg`ulotlarni
tengdoshlari bilan birgalikda o`rganish orqali bo`shliqlarni to`ldirib boradi.
|
Kelgusi natijalar
|
O`qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirib, darsga tadbiq etib boradi, o`z ustida ishlab pedogogik mahoratini oshirib boradi.
O`quvchi: Xatolar ustida ishlash orqali qo`shimcha ma`lumotlarga ega bo`ladi, ularni amalda qo`llay oladi, tengdoshlariga yordam berish orqali
hamkorlikda, jamoa bo`lib ishlash malakasi shakllanib boradi.
|
Uyga vazifa
|
O`rganilgan mashg`ulotni mustahkamlash, o`tilgan mavzuni takrorlash.
|
D A R S N I N G B O R I S H I: Tashkiliy qism:
Saflanish. O`quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarning darsga tayyorligini tekshirish, sport kiyimlarini nazorat qilish, saf mashqlarini bajarish (“Tekislaning!”, “Rostlaning!”, “Tartib bo`yicha sanang!”, “O`ngga!”, “Chapga!” kabi buyruqlarni bajarish).
Maydon bo`ylab sekin yurish, yurish mashqlarini bajarish (oyoq uchida, tovonda, oyoqning ichki va tashqi qismlarida), yurishdan yugurishga o`tish, yugurish mashqlarini bajarish (o`ng va chap tomonlar bilan, orqa tomon bilan ).
Yugurishdan yurishga o`tish va doira bo`lib saflanish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish:
1-mashq: Dastlabki holat asosiy turish. 1-qo`llarni oldinga ko`tarish, 2-qo`llarni yuqoriga ko`tarish,
3-qo`llarni yonga tushirish, 4-dastlabki holat
mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, qo`llar belda. 1-4-boshni chap tomonga aylantirish,
1-4- boshni o`ng tomonga aylantirish
mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, qo`llar yelkada. 1-4-yelkalarni oldinga aylantirish,
1-4-yelkalarni orqaga aylantirish.
mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, qo`llar ko`krak oldida, tirsakdan bukilgan. 1-2-qo`llarni orqa tortish, 3-4-chap va o`ng tomonga burilib qo`llarni orqaga toritish.
mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, qo`llar belda. 1-4-belni chap tomonga aylantirish, 1-4-belni o`ng tomonga aylantirish.
mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, chap qo`l yuqorida. 1-4-chap tomonga egilish mashqini bajarish, 1-4-o`ng tomonga egilish mashqini bajarish.
mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligidan biroz kengroq ochilgan, qo`llar belda. 1-chap oyoqqa egilish, 2-o`rtaga egilish, 3-o`ng oyoqqa egilish, 4- dastlabki holat.
mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligidan biroz kengroq ochilgan, qo`llar oldinda. 1-chap oyoqqa o`tish, qo`llar oldinda, 2-dastlabki holat, 3-o`ng oyoqqa o`tirish, 4-dastlabki holat
mashq: Dastlabki holat oyoqlar yelka kengligida, qo`llar oldinda. O`tirib turish mashqini bajarish
(5 marta)
mashq: Dastlabki holat asosiy turish. 1-qo`llar yuqoriga, oyoqlar uchlariga ko`tarilib, chuqur nafas olinadi, 2-egilib nafas chiqariladi, 3-4-shuning o`zi takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |