Mavzu : Oltin kuz- mehrjon hosil bayrami. Mashg’ulotning maqsadi: I. Ta’limiy maqsad



Download 19,49 Kb.
Sana25.01.2022
Hajmi19,49 Kb.
#409735
Bog'liq
Oltin kuz mashg\'uloti.


Mavzu : Oltin kuz- Mehrjon hosil bayrami.

Mashg’ulotning maqsadi:

I. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga yil fasllari to’g’risida tushunchalar berish hamda kuz fasli haqida bilim, ko`nikma va tushunchalar hosil qilish.

II.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni ongiga, yuksak insoniy fazilatlarni singdirish hamda Ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash.

III. Korreksion rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni xotirasini mustahkamlash, ongini rivojlantirish.

Mashg’ulotning jihozi: Mavzuga mos ko’rgazmali qurollar , tarqatmali materiallar, rasmlar, plakatlar va slaydlar.

Mashg’ulotning borishi .

I. Tashkiliy qism:

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash ,navbatchi o’quvchidan sana va hafta kunini so’rash.

II. O’tilganlarni takrorlash.

Yil fasllari haqida qisqacha savol-javob tarzida takrorlash.

-Bir yil necha fasldan iborat?

Bir yil to’rt fasldan iborat: Bahor, Yoz, Kuz, Qish.

-Har bir fasl necha oydan iborat?

Bir yilda o’n ikki oy bo’lib, har bir fasl uch oydan iborat .

-Hozir qaysi fasl? Hozir kuz fasli.

III. Mavzuning bayoni.

Oltin kuz- Merjon hosil bayrami.

Aziz bolajonlar, demak hozir qaysi fasl ekan, kuz fasli.

Kuz fasli kirib kelishi bilan, tabiat manzaralariga e’tibor bersangiz, dov-daraxtlarning barglari sarg’ayib, ona tabiatimiz oltin libosga burkanadi. Shuning uchun ham bu faslni oltin kuz deyishadi. Bu faslda go’zal tabiat manzaralari vjudga keladi. Har bir faslning o’z jilosi bo’lganidek, kuz faslining ham o’zgacha, hech qaysi faslnikiga o’xshamagan husn-u tarovati o’zgachadir .

Bu faslda tabiatdagi o’zgarishlarga qarasak, kunlar soviy boshlaydi, mevalar g’arq pishib, bobo dehqonlarimiz hosillarini yig’ib- terib oladilar, osmonga tez-tez bulut chiqib yomg’ir ba’zida qor yog’adi. Paxtalar oppoq ochilib , dehqonlarimiz ularni bir tolasini ham nobud qilmasdan terib olishga harakat qiladilar. Kunlar sovushi bilan qushlar issiq o’lkalarga uchib ketadilar.

O’quvchilar kuz fasli haqida she’rlar aytib berishadi.

OLTIN KUZ. G’iz-g’iz shamol yeladi, buni hamma biladi.

O’giradi yelga yuz, marhamat kel oltin kuz!

( Birgalikda)

Havo mayin osmon tip-tiniq,

Ochilibdi gullar rang-barang.

Ariqlarning tubi ko’rinar,

Daraxtlarning bargi quyosh rang.

(Zahro)


Qiyg’os ochilibdi, paxtalar oppoq,

Olma, uzum, noklar pishgan g’arq.

Tong yoqimli barglarda shabnam,

Bu qay fasl, qilolmaysan farq.

( Zuxra)

IV. Kuz fasli haqida video rolik namoyishi : O’quvchilarga kuz faslida bo’ladigan tabiatdagi o’zgarishlar yani tabiyat hodisalari haqida yanada kengroq tushunchalar berish.

V. Hordiq daqiqasi: O’quvchilar bilan birgalikda qo’l va oyoq harakatlari orqali “Oltin kuz” qo’shig’ini kuylash.

Oltin kuz kirib keldi, shamol yomg’ir olib keldi.

Chak-chak –chak…, shamol yomg’ir olib keldi.

Kuz bog’i qanday mazza, barglar aylanar rossa.

Shir- shir- shir…. , barglar aylanar rossa.

Sayramas endi qushlar, biz bilan xayrlashar.

Chirk- chirk-chirk…. , biz bilan xayrlashar.

Kuz faslida bobo dehqonlarimiz tomonidan “Mehrjon – Hosil bayrami”ni nishonlashlari haqida o’quvchilarga qisqacha so’zlab rasmlar orqali tushunchalar berish.

Kuzda pishib yetiladigan meva va sabzavotalar haqida topishmoqlar aytish va ularni javoblarini topish.

Topishmoqlar.

Malla tukli sap-sariq ,murabbosi mazzalik,

Palovga bossa bo’lar, xonaga ossa bo’lar. (Behi)

Kalta bobom ichkarida, quloqlari tashqarida. (Sholg’om)

Marjon-marjon, yumaloq, yaproqlari shapaloq.

Qora-qizil, sariq, oq, yeb ko’rmasdan o’ylab boq. (Uzum)

Yer tagida oltin qoziq, u hammaga bo’lar oziq. (Sabzi)

V. Sust o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlash.

Aytilgan topishmoqlarni javoblarini rasmlarini topib, ko’rsatib berish hamda rasmlarda ko’rsatilgan meva va sabzovotlarni ko’rsatib, nomlarini to’gri aytib berish. VI. Mavzuni mustahkamlash.



“Klaster” metodi”: Bunda o’quvchilar daraxtchamiz barglariga yashiringan raqamlar olib , Kuz faslida bo’ladigan o’zgarishlarni sanab, to’ri topib, “ KUZ FASLI ” doirasi atrofiga ta’rifi keltirilgan so’zlarni terib, rasmlar orqali izohlab, tushuntirib berishlari orqali, tushunchalrini mustahkamlash.

VII. Mashg’ulot yakuni. O”quvchilarni rag’batlantirish.

Mashgulotda faol qatnashgan o’quvchilarni mukofatlash va qatnashishga harakat qilgan o’quvchilarni ham rag’batlantirish.
Download 19,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish