Harakatli o’yin "Landi-landi"



Download 1,54 Mb.
Sana08.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#112730
Bog'liq
O'yinlar (4)


Harakatli o’yin

“Landi-landi”



Maydonchada doira chiziqlari atrofiga obrichlar doira asosida terilgan. Doira chiziqlariga lotin alifbosidagi harflarni bosma ko’rinishda terib qo’yilgan. Bolalar doira atrofiga orqamachasi turib oladilar.


D

J

L



A

R



S

B

V




Landi-landi o’yin boshlandi deyiladi. Musiqa ostida o’yin boshlanadi. Bolalar obrich bo’ylab musiqaga mos harakat qilib yuradilar va musiqa to’xtasa har-bir harf oldiga kelib turadilar. (O’yin sharti orqasiga qaramaydilar) Bolalar musiqa to’xtaganda kelib to’xtagan harflaridan boshlangan she’rlar aytadilar.

She’r ayta olmagan bola o’yinda mag’lub bo’ladi.

Harakatli o’yin

“Quyonchalar ob-qochdi”

Maqsad: Guruhdagi bolalarni inoqlikka va hushyorlikka o’rgatish.

O’yinni borishi: Bu o’yinda bolalar ikki guruhga bo’linadilar. Bitta guruh bolalari “quyonchalar” ikkinchi guruh bolalari “sabzi qo’riqchilari” boladilar.





Tarbiyachi: quyonchalar xujumga deganida: Quyonchalar epchillik bilan sabzilarni olib qochishga harakat qiladilar.

O’yin yakunida quyonchalar bilan qo’riqchilarsabzilarni solishtirib sanaladi. G’olib guruh aniqlanadi.

Harakatli o’yin

“Uchdi-uchdi”

Maqsad: Bolalarni qo’l muskullarini rivojlantirish, hushyorlikka va chaqqonlikka o’rgatish.

O’yinning borishi: O’yin keng joyda o’tkaziladi. Bu o’yinda kamida 20 ta bola ishtirok etadi.

Tarbiyachi bolalarga shunday deydi: - Bolalar sizlarga uchadigan narsalarni nomini aytsam qo’llaringizni ko’tarasizlar, uchmaydigan narsalarni nomini aytsam qo’llaringizni ko’tarmaysizlar. Adashgan bola o’yindan chiqib she’r aytib beradi.



Harakatli o’yin

Chang soldi

Maqsad: Bolalar sabr qilishga hushyorlikka va bir biriga halaqit bermay turishga o’rganadilar .



O’yinning borishi: Bu o’yinda bir bola ajratiladi qolgan bolalar doira bo’lib o’tiradilar . O’rtaga mevalar qo’yiladi . Mevalarni bolalar qo’llarini boshiga qo’yib qo’riqlaydilar . Ajratilgan bola maymun bo’lib mevalarga tarbiyachi signalidan so’ng chang solidi . Bolalar boshlarini ko’tarib maymunni ushlashga harakat qiladilar. Maymunni ushlagan bola maymun vazifasini bajaradi.o’yin shu tariqa davom etadi.

Harakatli o’yin

”Ko’zgu o’yini”

Didaktik maqsad; Bolalarda kuzatuvchanlik, ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish.

O’yin qoidasi; Tarbiyachining yoki biror bolaning harakatini takrorlash va barobar bajarish.

Oyin harakati; Bu o’yin orqali kattalar xatti xarakatini takrorlash va ularga taqlid qilish. Bolalarga “Sizlar hozir meni oynam bo’lasizlar. Men bajarayotgan harakatni sizlar ham bajarasiz” deb aytadi.



Harakatli o’yin

“Kim qayerda turibdi.”

Didaktik maqsad: Bolalarda murakkab idrokni rivojlantirish, tassavvurni o’stirish.

O’yin jihozi: Turli xil narsalar orasida, yonida turgan bolalar tasvirini tushirilgan suratlar.

O’yin qoidasi: Holari tasvirlangan qizchani topish.



O’yinni borishi: Ushbu o’yin kichik guruxlar bilan o’tkazilgani ma’qul. Tarbiyachi bolalarga suratni ko’rsatib aniqlashi lozim bo’lgan bolani fazoviy joylashuvini tasvirlaydi. Masalan Shahnozaning o’ng tomonida shkaf, chap tomonida stol turibdi. Bolalar siz endi qaysi qizchaning Shahnoza ekanligini aniqlang. Shundan so’ng istagan bola chiqib ko’rsatishi yoki o’zi ham shunday topshiriq berishi mumkin.

Harakatli o’yin

“Xatosini top”

Didaktik maqsad; Bolalarda kuzatuvchanlik, ixtiyoriy diqqatni rivojlantirish.Voqelikni to’gri aks ettirish.

O’yin qoidasi; Suratdan, voqelikdan o’zaro kamchilikni toppish.

O’yin harakati; Bolaga chizilgan rasmni ko’rsatiladi, musavvir qayerda xato qilganligi so’raladi.Masalan qish faslida bolalar o’ynayapti, daraxtda yaproqlar, bolalar oyogida shippak. Rasm bolaga tushunarli bo’lishi kerak. Navbat bilan rassom xatosini topib, vazifani murakkablashtiriladi. mmmmmmmMusavvir xatosi ko’paytiriladi.




Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish