1-Мавзу: “Электрон бизнес асослари” фанининг предмети ва билиш усуллари (2 соат)



Download 5,55 Mb.
bet14/125
Sana06.07.2022
Hajmi5,55 Mb.
#749943
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
Bog'liq
EBA Ma\'ruza matn

5.1. AKTdan bank sohasida foydalanish
O’zbekistonda bevosita bank hisoblaridan jismoniy shaxslarga yo’qlab olinadigan on-layn to’lovlarni amalga oshirishning ishonchli tizimi mavjud bo’lmaganligi sababli Internet-tijorat nisbatan sust sur’atlarda rivojlanmoqda. Mahalliy banklar tomonidan chiqarilayotgan plastik kartochkalar bilan faqat maxsus terminallardan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirish mumkin, xalqaro tizimdagi plastik kartochkalar bilan esa to’g’ridan-to’g’ri to’lovlarni qabul qilish bo’yicha maxsus modullarni o’rnatgan on-layn magazinlarda amalga oshirish mumkin.
O’zbekiston banklari o’rtasida jismoniy shaxslar uchun on-layn banking tizimi ommaviy tus olmadi, u esa bank mijozlariga o’z hisob raqamlarini boshqarish va Internet tarmog’i yoki mobil aloqa orqali uzoq masofada turgan holda to’lovlarni amalga oshirish imkonini berardi. Bir qancha banklar tomonidan taqdim etilgan SMS-banking xizmati faqat hisob raqamining holati, amaliyot tarixi haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, bir tomonlama ko’rinishga ega.
Mahalliy banklarning muomalaga chiqarilayotgan so’mdagi plastik kartalarining soni oshishi bilan savdo shohobchalarida bunday kartalar bilan to’lovlarni qabul qilish uchun terminallar soni ham ortmoqda. Barcha terminallar yagona respublika prostessing markaziga birlashgan va ular bo’yicha tranzakstiyalarga UZKART tizimida ishlov beriladi. Katta miqdorda plastik kartalar chiqargan mahalliy banklarning faqat bittasi o’zining hisob-kitob tizimini UZKART tizimiga integrastiyalashtirdi va ushbu bank mijozlari plastik kartochkalar bilan faqat mazkur bankning terminallari o’rnatilgan savdo shohobchalarida to’lovlarni amalga oshirishlari mumkin, ularda esa barcha boshqa banklar – o’ziga xos «universal restipient»larning plastik kartalari bo’yicha to’lovlar amalga oshiriladi.
Jadval 42: Plastik kartalar vositasida to’lovlarni qabul qilish uchunterminallar soni (viloyatlar bo’yicha)



Diagramma 38: To’lovlarni plastik kartalar orqali qabul qilish uchun terminallar soni va 1 hudud kesimida terminalga (ming kishi) aholi soni
Jadval 43: Tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan
plastik kartochkalar soni



Diagramma 19: Tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan
plastik kartochkalar soni va ularning 1 terminalga nisbatan soni
5.2. To’lov tizimlari
Bank sohasidan farqli o’laroq 2006 yildan boshlab tezkor to’lovlarning bankdan tashqari sektori shiddat bilan rivojlandi. Ushbu jabhada Paynet, E-pay, Fast-pay, Unipay, Cyberplat kabi savdo belgilari ostida bir qancha kompaniyalar faoliyat yuritishdi. Ushbu kompaniyalar aholi uchun qulay joylarda joylashgan ko’plab agentlar tarmog’i bilan ishlaydi va aholidan uyali aloqa, Internet-provayderlar, xalqaro telefon aloqa xizmatlari uchun to’lovlarni qabul qiladi. Toshkent shahri bo’yicha shuningdek shahar telefon aloqasi, elektrenergiya va tabiiy gaz xizmatlari uchun to’lovlarni amalga oshirish mumkin. Mazkur xizmatlarning qulayligi agentlarning ko’p soni va belgilangan miqdor doirasida har qancha summani to’lash imkoniyati mavjudligi mazkur xizmatlarning qulayligini ta’minlaydi. O’z xizmatlari uchun agentlar to’lov summasidan o’rtacha 2% oladilar.
To’lovlarning bankdan tashqari sektorini rivojlantirishning keyingi bosqichi bu mobil to’lovlar tizimlari bo’ldi. Ular qatorida Mobliss savdo belgisi, tijorat sohasiga kirib borganligini 2008 yilning mart oyida e’lon qilgan PayCarta Internet-to’lovlar tizimi hamda o’z taqdimotini BestSoft 2008 ko’rgazmasida namoyish etgan eKarmon tizimidir. Qayd etilgan tizimlar o’z mijozlariga uyali aloqa, Internet tarmog’idan foydalanish, xalqaro telefon aloqa xizmatlari, Internet-magazinlar va tushlikni etkazishni amalga oshiradigan restoranlardagi xaridlar uchun to’lovlarni bajarish imkonini beradi. eKarmon Group kompaniyasidan xabar berishlaricha, eKarmon tizimining o’ziga xos jihati oldi-sotdini amalga oshirish davomida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida foylanuvchi uchun elektron raqamli imzo ro’yxatga olinishida bo’lib, mijoz uni qo’llagan holda to’lovlarni amalga oshirishi mumkin. Buning uchun ishlab chiqaruvchi-kompaniya ERI kalitlarini ro’yxatga olish markazini ro’yxatga oldi. Kompaniya, shuningdek, eKarmon tizimida to’lovlarni qabul qilish imkoniyatiga ega Internet-magazinlarni yaratish bo’yicha tayyor echimlarni taklif etish niyatida.
2005 yilda O’zbekistonda WebMoney Transfer on-layn to’lovlar tizimining kafolati ro’yxatga olingan edi, 2006 yil iyulida esa muomalaga WM o’zbek valyutasining WMY titul belgilari chiqarildi. Dastlabki emissiyaning hajmi 100 million WMY tashkil etdi, bu 100 million so’mga teng edi. O’zbekiston aholisining o’z «karmonlarini» to’ldirish va mablag’larni on-layn-magazinlarda tovarlarni sotib olish uchun sarflash imkoni paydo bo’ldi. 2008 yil boshining holatiga ko’ra, WMYni uyali aloqa, Internet tarmog’idan foydalanish, xalqaro telefon aloqa uchun to’lovlar hamda raqamli tovarlar, domenli ismlar, kosmetika xarid qilish uchun qo’llash mumkin. Bundan tashqari, Internet tarmog’ida WebMoney Transfer tizimining elektron valyuta ayirboshlash shohobchalari faoliyat yuritadi, ular AQSh dollari, evro, Rossiya va Belarus rubli, Ukraina grivni va boshqa Yandeks.Dengi, RuPay, E-gold kabi elektron to’lov tizimlarga denominastiya qilingan. WMY titul belgilarini boshqalariga almashtirib, tizim ishtirokchilari ulardan maishiy elektronika, kompyuter, aloqa vositalari va boshqa qator tovarlarni xarid qilish uchun foydalanishlari mumkin.

Download 5,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish