Jadval 30: Tashkilotda Internet tarmog’iga ulanish yo’qligi sabablari
Diagramma 27: Internet tarmog’iga ulanish usuli
Diagramma 28: So’rovda qatnashgan tashkilotlarda Internet tarmog’iga xDSL texnologiyasi bo’yicha ulanishda amaldagi o’tkazuvchanlik layoqati (Kb/sek) Internet tarmog’iga xDSL texnologiyasi bo’yicha ulanish imkoniyatiga ega xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga tarmoqqa ulanish xarajatlari haqida savollar berildi. Ularning 71,3% shu maqsadga oyiga 250 000 so’mdan kam mablag’ sarflaydi. Jadval 31: So’rovda qatnashgan tashkilotlarda Internet tarmog’iga xDSL texnologiyasi bo’yicha ulanishda abonent to’lovi miqdori Abonentlik to’lovi miqdori (ming so’m) 3.3. Biznesni rivojlantirish uchun Internet tarmog’idan foydalanish Biznesni rivojlantirishda asosiy indikator sifatida xo’jalik yurituvchi sub’ektning veb-sayti borligi, uning interaktiv xarakteristikasi hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt tovarlari va xizmatlarini ommalashtirishda Internet tarmog’idan foydalanish tajribasi asos qilib olindi. Diagramma 29: So’rovda qatnashgan tashkilotlar veb-saytlarining interaktiv xarakteristikalari So’rovda qatnashgan, Internet tarmog’iga ulangan tashkilotlarning 12,8% o’z tovarlari va xizmatlarini Internet tarmog’i orqali, o’z veb-sayti orqali yoki ixtisoslashtirilgan veb-saytlar orqali sotish tajribasiga ega. Ma’lumotlar almashish tizimlaridan foydalanish paytida Internet tarmog’ida ham, Intranet tarmog’ida ham axborot xavfsizligini ta’minlash uchun so’rovda qatnashgan tashkilotlarning 4,3 % raqamli sertifikatlardan, va korxonalarning 8,7 % elektron raqamli imzodan foydalanadi. So’rovda qatnashgan barcha tashkilotlarda ERI dan foydalanuvchilarning umumiy soni 296 tani tashkil etdi.
5 - BOB. ELEKTRON TIJORAT «Elektron tijorat» tushunchasi Internet tarmog’idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdi (tranzakstiyalar)ni amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi. U kompyuter tarmog’idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmati ko’rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o’tkazish imkoniyatini ta’minlaydi. Xalqaro amaliyotda Internet tarmog’ida deyarli barcha sohalardagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida ishchan munosabatlarni amalga oshirish, aholining keng qatlamlariga Internet tarmog’i orqali tovarlarni sotish hamda iste’molchilar o’rtasida tovarlar va xizmatlar bilan tarmog’da almashishga xizmat qiluvchi oldi-sotdi turlari eng keng tarqalgan hisoblanadi. So’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida elektron tijoratni joriy etish va rivojlantirishga qaratilgan qator hukumat qarorlari qabul qilindi. Jumladan, bular Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 yanvardagi 21-son «Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi va 2007 yil 12 iyundagi 120-son «Elektron tijoratni amalga oshirishda to’lovlarni amalga oshirishni yanada takomillashtirish to’g’risida»gi qarorlaridir. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 21 maydagi 102-son «O’zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq elektron tijorat tizimi tranzakstiyalarida olingan ko’chirma (elektron cheklar»)ni bank terminallari cheklariga tenglashtirish nazarda tutilgan. Yuridik shaxslarning korporativ plastik kartochkalari bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish va soliqqa tortish tartibi elektron tijorat tizimi orqali yuridik shaxslar tomonidan tovarlar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish jarayonida qo’llaniladi. Bu, o’z navbatida, elektron tijorat chakana to’lov tizimining sub’ektlari, ya’ni ishtirokchilari doirasini aniq belgilash, amalga oshirilayotgan tranzakstiyalar hisobini yuritish va nazorat qilishni ta’minlash, elektron tijorat va elektron raqamli imzo tizimi foydalanuvchilari sonini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu sohadagi yana bir muhim me’yoriy hujjatlar qatoriga «Elektron shakldagi kontraktlar va elektron tijoratda qo’llaniladigan boshqa namunaviy hujjatlar shakllarini tayyorlash tartibi» kiradi. Mazkur tartib O’zbekiston Respublikasi «Elektron tijorat to’g’risida», «Elektron to’lovlar to’g’risida», «Elektron hujjat aylanishi to’g’risida»gi qonunlarini amalga oshirish maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 yanvardagi 21-son «Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorning 1 bandiga muvofiq ishlab chiqilgan. Ushbu hujjat elektron tijorat sohasida harakatlarni rasmiylashtirish va amalga oshirishning huquqiy tartibini ta’minlash, elektron shakldagi kontraktlarga bo’lgan talablarni belgilash hamda elektron raqamli imzoni qo’llagan holda elektron hujjatning haqiqiy ekanligini tasdiqlash bo’yicha huquqiy shartlarni o’rnatishga qaratilgan.