Amaliy mashg’ilot - 2
Mavzu: Qirindini yo’nishda sarflanadigan vaqtni aniqlash.
Ishdan maqsad: Ma’lumki, detal tayorlashda har bir operatsiya uchun sarflanadigan vaqt ish unumini xarakterlaydi. Shuning uchun har bir operatsiyaning vaqt normasi muayan tashkiliy – texnik sharoitni hisobga olib, ilg’or texnologiya darajasiga javob beradigan tarzda belgilanadi. Qirindini yo’nishga sarflanadigan vaqt bilan tanishib chiqamiz.
Bitta detalni tayorlash uchun ketgan vaqt Td quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
Td = Ta + Tyo + Tixk + Ttf, min,
Bu erda Ta - asosiy texnologik vaqt, min; Tyo - yordamchi vaqt, min; Tixk – ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti, min; Ttf – dam olish va tabiiy zaruratlar uchun tanaffus vaqti, min.
A s o s i y t e x n o l o g i k v a q t (Ta). Detalni sihlash jarayonida zagotovkaning shaklini, o’lchamlarini o’zgartirish uchun sarflanadigan vaqt asosiy texnologik vaqt deyiladi. Agar bu ish bevosita dastgohda bajarilsa, bu vaqt mashina vaqti deb yuritiladi.
Y o r d a m ch i v a q t (Tyo). Zagotovkani ishlash davomida ishchi qo’l bilan bajaradigan barcha ishlar: zagotovkani dastgohga o’rnatish, dastgohni yurgizish va to’xtatish, aylanishlar soni va surish tezligini rostlash, kesuvchi asbobni o’rnatish, uni zarur erga surish, ishlanayotgan zagotovka o’lchamlarini o’lchash kabi ishlarga sarflanadigan vaqt, yordamchi vaqt deyiladi.
I sh o’ r n i g a x i z m a t k o’ r s a t i sh v a q tiI (Tixk) – Ish paytida ish o’rniga qarab turish uchun sarflanadigan vaqt. Dam olish va tabiiy zarurat vaqti (Ttf) operativ vaqt (To = Ta + Tyo) ga nisbatan 5 – 7 % olinadi.
Zagotovkani tokarlik dastgohida bir yo’la yo’nishda Ta quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Ta = L / n * S, min,
Buberda L – keskichning surish yo’nalishi tomon bir minutda yurgan to’la yo’li, mm, n – zagotovkaning bir minutda aylanishlar soni;
S – keskichning zagotovka bir marta aylangandagi surilishi, mm/ayl.
L = l + l1 + l2,
Bu erda l – ishlangan yuzaning uzunligi, mm, l1 – keskichning yo’nish boshlanishdan avvalgi yo’li, mm, l2 – keskichning zagotovkani yo’nib o’tgandan keyingi bosgan yo’li. mm.
Zagotovka bir necha o’tishda ishlaganda Ta quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Ta = L / n * S * i, min,
Bu erda i – keskichning o’tishlar soni bo’lib, uning qiymati ishlash qo’yimiga va kesish chuqurligiga ko’ra belgilanadi.
i = h / t,
h – kesib ishlash qo’yimi, mm, t – kesish chuqurligi.
Agar i qiymatini tenglamadagi (L) o’rniga qo’ysak, formula quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Ta = L * h / n * S * t, min .
Td vaqtiga ko’ra vaqt birligida ishlangan detallar soni aniqlanadi:
A = 60 / Td = 60 / Ta + Tyo + Tixk + Ttf .
Demak, metal kesish dastgohlarida ish unumini oshirish uchun asosiy texnologik va yordamchi vaqtni kamaytirishga intilish kerak. Metall xossasiga , qo’yim qiymatiga, keskich materialiga, texnik talablarga ko’ra kesish rejimlari, o’tishlar sonini ratsional belgilash bilan bunga erishish mumkin.
Bu maqsadlar uchun tez ishlaydigan moslamalardan foydalanish, o’lchash usullarini takomillashtirish kabi ishlarning ahamiyati ham katta.
Metallarni kesib ishlashda qirindining kirishuvi va unga ta’sir etuvchi faktorlarni, kesish jarayonining fizik mohiyatini o’rganish katta ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham bu masalaga doir ko’pgina kuzatishlar o’tkazilgan. Masalan, A. N. Eryo’min o’z kuzatishlari natijasida quyidagi xulosalarga kelgan:
Qirindining kirishuv qiymati ishlanuvchi metal xossasiga, keskichning kesish burchagiga va kesish temperaturasiga bog’liq.
Qirindi qalinligini oshirishda qirindining kirishuviga asosiy sabab kesish temperaturasi bo’lib, u kesish jarayonida ishqalanish koeffisientini o’zgartirish bilan metallning plastiklik xossasiga va haqiqiy kesish burchagiga ta’sir etadi.
Qirindining qalinligi va eni uning kirishuviga faqat temperature orqali ta’sir ko’rsatadi.
Materiallarni og’ir sharoitda kesib ishlashda keskichlar eyilib o’tmaslanib qoladi. Shu sababli ularning materiali zagotovka materialidan ancha puxta, qattiq, issiqbardosh, kam eyiladigan bo’lishi kerak. Keskichlar ( parma, freza) asosan legirlangan asbobsozlik po’latlaridan, qattiq qotishmalardan, mineral – keramik materiallardan tayorlanadi. Legirlangan tezkesar po’latlardan (P9, P18) tayorlangan keskichlar qattiqligi HRC = 62 - 65 bo’lsada, ular ish jarayonida 5000C temperaturaga qadar, kesuvchanlik xossalarini saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |