Isitish yuzasi. Uzluksiz ishlaydigan bug‘latish qurilmasining isitish yuzasi issiqlik o‘tkazishning asosiy tenglamasi orqali topiladi:
(9)
bu yerda Q – issiqlik sarfi; K – issiqlik o‘tkazish koeffisiyenti; t – xaroratlarning foydali farqi (jarayonning xarakatlantiruvchi kuchi).
Issiqlik o‘tkazish koeffisiyenti konsentrasiyaning ortishi (yaoni qovushoqlikning ko‘payishi) bilan xamda eritma qaynash xaroratining pasayishi bilan kamayadi. Bug‘latish qurilmasidagi xaroratlarning foydali farqi t isituvchi bug‘ning kondensasiyalanishi va bug‘lanayotgan eritmaning qaynash xaroratlari (T, tk) ning ayirmasiga teng:
t = T- tk (10)
Xaroratning yo‘qotilishi. Bug‘latish qurilmalarida xaroratning yo‘qotilishi yuz beradi, bu xol o‘z navbatida isituvchi bug‘ va bug‘latilayotgan eritma xaroratlari o‘rtasidagi farqning kamayishiga olib keladi. Xaroratning yo‘qotilishi xarorat depressiyasi , gidrostatik depressiya va gidravlik depressiya lardan iborat.
=++
Xarorat depressiyasi deb bir xil bosimda olingan eritma qaynash xarorati bilan toza erituvchi qaynash xarorati o‘rtasidagi farqqa aytiladi. ning qiymati erigan modda va erituvchining fizik-kimyoviy xossalari, eritma konsentrasiyasi va bosimga bog‘liq. Tajriba yo‘li bilan olingan ning qiymati maxsus adabiyotlarda beriladi.
Xarorat depressiyasining qiymati odatda atmosfera bosimida topilgan bo‘ladi. Boshqa bosimlardagi suyultirilgan eritma uchun ning qiymati I. A. Tishenko tenglamasi orqali topish mumkin:
=1,6210-2 , (11)
bu yerda amm – atmosfera bosimidagi xarorat depressiyasi 0S; T – toza erituvchining berilgan bosimdagi qaynash xarorati; K; r – toza erituvchining berilgan bosimdagi bug‘lanish issiqligi, kJ/kg.
Bug‘latish qurilmasidagi isitish trubalarining pastki bir qismi suyuqlik bilan to‘lgan bo‘ladi. Suyuqlikning ustida esa bug‘-suyuqlik emulpsiyasi joylashadi. Trubalarning yuqorigi qismiga ko‘tarilgan sari emulg‘siya tarkibida bug‘ining miqdori ko‘payib boradi. Shartli ravishda isitish trubalarining ichida suyuqlik joylashgan deb olsak, bunda trubadagi gidrostatik bosim ta’sirida, suyuqlikning pastki qatlamlaridagiga nisbatan katta bo‘ladi. Gidrostatik effekt ta’sirida eritma qaynash xaroratining ortish jarayoni gidrostatik depressiya deb ataladi.
Vakuum bilan ishlaydigan bug‘latish qurilmalarida gidrostatik depressiya ancha katta qiymatga ega bo‘ladi. Gidrostatik depressiyaning qiymatini aniq xisoblash qiyin, chunki isitish trubalarining deyarli katta qismini egallagan bug‘-suyuqlik emulpsiyaning sirkulyasiya tezligiga va uning o‘zgaruvchi zichligiga bog‘liq. Shu sababdan ning qiymati tajriba natijalaridan olinadi. Eritma sirkulyasiya qilinadigan vertikal qurilmalar uchun ning qiymati 130S atrofida olish mumkin.
Ikkilamchi bug‘ seperator qurilmalari va truboprovod orqali xarakatlanganda o‘z yo‘lida gidravlik qarshiliklar (ishqalanish va maxalliy qarshiliklar) ni yengadi. Natijada ikkilamchi bug‘ bosimi kamayadi, bu o‘z navbatida uning to‘yinish xaroratining qisman kamayishiga olib keladi.
Gidravlik qarshilik ta’sirida eritma xaroratining ortish jarayoni gidravlik depressiya deb yuritiladi. ning qiymati odatda 0,51,50S intervalda bo‘ladi. Bitta qurilma uchun ning qiymatini 10S ga teng deb olish mumkin.
Shunday qilib, xarorat va gidrostatik depressiyani xisobga olgan xolda eritmaning qaynash xaroratining quyidagicha aniqlash mumkin:
tk=T + + (12)
bu yerda T - ikkilamchi bug‘ xarorati.
Do'stlaringiz bilan baham: |