1 «Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni


Ko‘p korpusli qurilmalar tasviri



Download 9,44 Mb.
bet39/52
Sana14.07.2022
Hajmi9,44 Mb.
#800362
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Ko‘p korpusli qurilmalar tasviri. Oxirgi qurilmadagi ikkilamchi bug‘ning bosimiga ko‘ra, ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalari vakuum (siyraklanish) bilan va yuqori bosim ostida ishlaydigan bo‘ladi. Isituvchi bug‘ va bug‘lanayotgan eritma oqimlarining o‘zaro xarakatiga ko‘ra ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalari bir necha tasvirlarga bo‘linadi:


  1. bir xil yo‘nalishli ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalari;

  1. qarama-qarshi ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalari;

  2. eritma bilan uzluksiz parallel taominlanadigan bug‘latish qurilmalari;

  3. murakkab tasvirlar;

  4. ekstra-bug‘ ajratib olinadigan ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalari;

Sanoatda asosan bir xil yo‘nalishli qurilmalar ishlatiladi, chunki bular eng tejamli xisoblanadi. Bunday qurilmalarda kichik parametrli suv bug‘idan foydalanish mumkin. Ayrim vaqtda qurilmaning birinchi qurilmani isitish uchun bug‘ turbinalarida ishlatilib bo‘lingan suv bug‘idan foydalanilsa bo‘ladi.
Bir yo‘nalishli qurilma bir necha qurilmadan (bizning misolimizda uchta) tashkil topgan. isitgichda qaynash xaroratigacha qizdirilgan dastlabki eritma birinchi qurilmaga beriladi. Birinchi qurilma birlamchi bug‘ bilan isitiladi. Birinchi qurilmada xosil bo‘lgan ikkilamchi bug‘ isituvchi agent sifatida ikkinchi qurilmaga beriladi. Ikkinchi qurilmadagi bosim birinchi qurilmadagiga nisbatan past, natijada ikkinchi qurilmada eritma birinchi qurilmadagiga nisbatan ancha past xaroratda qaynaydi.
Ikkinchi qurilmada bosim ancha past bo‘lganligi sababli birinchi qurilmada qisman bug‘langan eritma o‘z-o‘zidan ikkinchi qurilmaga o‘tadi va eritma ikkinchi qurilmada qaynash xaroratigacha soviydi. Bunda issiqlik ajralib chiqadi; natijada maolum miqdorda qo‘shimcha ikkilamchi bug‘ xosil bo‘ladi. Qurilmaning xamma qurilmalarida (birinchidan tashqari) yuz beradigan bu xol eritmaning o‘z-o‘zidan bug‘lanishi deb yuritiladi.
Ikkinchi qurilmada bug‘latilgan eritma uchinchi qurilmaga o‘z-o‘zicha o‘tadi. Uchinchi qurilmani isitish uchun ikkinchi qurilmadan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ ishlatiladi. Oxirgi qurilmadan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ barometrik kondensatorga uzatiladi. Bu yerda bug‘ning kondensasiyalanishi natijasida tegishli siyraklanish (vakuum) xosil qilinadi. Xavo va kndensasiyalanmay qolgan gazlar issiqlik almashinish jarayonini susaytiradi. Shu sababli sovituvchi agent (suv) bilan, qurilmalarning zichmas joylari orqali kirib qolgan gazlar tomchi ushlagich orqali vakuum-nasos yordamida so‘rib olinadi.
Kondensatordagi qoldiq bosimning qiymati suv xaroratining o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Shu sababli vakuum-nasos yordamida qurilmada tegishli qiymatdagi vakuumni saqlab turish mumkin.
Bir xil yo‘nalishili bug‘latish qurilmasining asosiy afzalligi shundaki, eritmani bir qurilmadan ikkinchisiga o‘tkazish uchun issiq oqimda ishlashga moslangan nasoslar ishlatilishi talab qilinmaydi. Xar bir keyingi qurilmada oldingisiga nisbatan konsentrasiyali eritmani pastrok bosimda bug‘latishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun oxirgi qurilmadagi issiqlik o‘tkazish koeffisiyenti birinchi qurilmadagiga nisbatan bir necha marta kichik bo‘ladi. Bu xol bir xil yo‘nalishli qurilmalarning kamchiligidir.
Qarama-qarshi yo‘nalishli ko‘p qurilmali bug‘latish qurilmalarida isituvchi bug‘ va bug‘lanayotgan eritma bir qurilmadan ikkinchisiga o‘tishida o‘zaro qarama-qarshi tomonga xarakatlanadi.

Agar dastlabki eritma uchinchi qurilmaga berilsa, birlamchi isituvchi bug‘ birinchi qurilmaga beriladi. Birinchi qurilmada xosil bo‘lgan ikkilamchi bug‘ ikkinchi qurilmada isituvchi agent sifatida ishlatiladi va xokazo. Uchinchi qurilmada qisman quyuqlashtirilgan eritma ikkinchi qurilmaga nasos yordamida o‘tkaziladi, so‘ngra ikkinchi qurilmadan birinchisiga yana nasos yordamida xaydaladi. Quyuqlashtirilgan eritma birinchi qurilmadan olinadi, oxirigi qurilmadan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ esa kondensatorga beriladi.
Qarama-qarshi yo‘nalishli qurilmalar eritmalarni juda katta konsentrasiyalargacha bug‘latishda va quyuqlashtirish jarayonida qovushoqligi ortib ketadigan eritmalarni bug‘latishda ishlatiladi. Bunday qurilmalarning asosiy afzalligi shundaki, ular bir xil yo‘nalishli qurilmalarga nisbatan kichik isitish yuzasini talab qiladi. Kamchiligi: qurilmaning ishlashi uchun issiqlik oqimiga mo‘ljallangan nasoslar kerak.
Parallel taominlanish rejimi bilan ishlaydigan qurilmalarda dastlabki eritma bir vaqtning o‘zida xamma qurilmalarga beriladi. Xar bir qurilmadan chiqayotgan quyuqlashtirilgan eritma bir xil konsentrasiyaga ega bo‘ladi. Isituvchi bug‘ faqat birinchi qurilmaga beriladi, qolgan qurilmalarda isituvchi agent sifatida oldingi qurilmadan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ ishlatiladi. Oxirgi qurilmadan chiqayotgan ikkilamchi bug‘ kondensatorga yuboriladi. Bunday tasvirlar asosan tarkibida qattiq faza zarrachalari to‘tgan to‘yingan eritmalarni bug‘latishda xamda eritmalarni yuqori konsentrasiyalargacha quyuqlashtirish talab qilinmagan sharoitlarda ishlatiladi.
Murakkab tasvirlarda eritmani qurilmaga kiritish va uni siljitishning turli variantlari ishlatiladi. Masalan, eritmani xar bir qurilmaga aloxida-aloxida kiritish yoki eritmani ikkinchi qurilmaga kiritib, so‘ngra uni uchinchi qurilmaga berish xamda quyuqlashtirilgan eritmani birinchi qurilmadan olish va boshqa shu kabi sxemalardan foydalanish mumkin. Bunday murakkab sxemalar maxsus sharoitlar talab qilingandagina ishlatiladi.

Download 9,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish