Muammoli vaziyat savol yoki topshiriq: Sanoatdagi texnologik jarayonlarda eritmalarni bug‘latish uchun bir korpusli bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Nima uchun?
Muammoni yechimini topish uchun tavsiyalar: 1.Mazkur ma’ruzani 18.2- mavzusini o‘rganib chiqib, amaliy masalalar bilan tanishish orqali muammoni yechimini topasiz.
2. Salimov Z. Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurilmalari. Toshkent. O‘zbekiston, 1- tom, 1994y.
Qurilmaning ishlash prisipi. Markaziy sirkulyasiya trubasi bo‘lgan uzluksiz bo‘lgan bug‘latish qurilmasining ishlash prisipini ko‘rib chikamiz. 12.1 rasm. Qurilma asosan isitish kamerasi va separatordan iborat. Isitish kamerasi separatordan aloxida joylashgan bo‘lishi xam mumkin. Bunda isitish kamerasi va separator truba orqali birlashgan bo‘ladi. Kamera odatda to‘yingan suv bug‘ bilan isitiladi. Bug‘ trubalar tashqarisidagi bo‘shliqqa kiradi, bu yerda kondensasiyalash jarayoni yuz beradi va ajralib chiqqan issiqlik truba devorlari orqali eritmaga beriladi. Xosil bo‘lgan kondensat kameraning pastki qismida joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi.
Bug‘latilayotgan eritma isitish trubalari orqali yuqoriga ko‘tariladi, bunda eritma qaynaydi, natijada ikkilamchi bug‘ xosil bo‘ladi. Separatorda bug‘ suyuqlikdan ajratiladi. Suyuqlik tomchilaridan ajralgan ikkilamchi bug‘ separatorning yuqorigi qismidan tashqariga chiqariladi. Suyuqlikning bir qismi markaziy sirkulyasiya trubasi orqali qurilmaning pastki qismiga tushadi. Markaziy trubadagi suyuqlik eritma va isitish trubalari ichidagi bug‘ –suyuqlik emulpsiyasi zichliklari o‘rtasidagi farq ta’sirida sirkulyasiya bo‘lib turadi. Quyiqlashtirilgan eritma pastki qismida joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi.
Ayrim bug‘latish qurilmalarida markaziy sirkulyasiya trubasi bo‘lmaydi. Bug‘latish jarayoni vakuum ostida olib borilsa, ikkilamchi bug‘ vakuum-nasos yordamida kondensatorga surib turiladi.
Moddiy balans.Dastlabki eritmaning miqdori Gb (kg/s) uning boshlang‘ich konsentrasiyasi vb, quyuqlashtirilgan eritmaning miqdori Gk (kg/s), uning oxirigi konsentrasiyasi esa vk (%) ga teng. Agar qurilmadan chiqarilayotgan erituvchi (ikkilamchi bug‘)ning miqdori W(kg/s) bo‘lsa, u xolda qurilmaning moddiy balansi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Gb = Gk + W (1)
Eritma tarkibida bo‘lgan quruq moddaga nisbatan moddiy balans quyidagicha yoziladi:
(2)
Amaliy xisoblashlarda dastlabki eritma sarfi Gbning konsentrasiyasi vb va quyuqlashgan eritmaning kerakli konsentrasiyasi vkberilgan bo‘ladi. Bunda (8.1) va (8.2) tenglamalar orqali qurilmaning ish unumi topiladi.
Quyuqlashtirilgan eritma bo‘yicha:
(3)
Bug‘latilayotgan suv bo‘yicha:
(4)