Марказдан қочма насосларни ростлаш. Ростлаш, масалан, насос узатишини ўзгартиришдан иборат бўлади. Бунга эришиш учун ёки тармоқ характеристикаси, ёки насос характеристикаси ўзгартирилади.
Тармоқ характеристикасини эса узатиш қувуридаги лўкидонни очиш ёки ёпиш билан ўзгартириш мумкин. Сўриш қувуридаги узатишни ростлаш одатда насос ишини узилишига олиб келади.
Насос характеристикасини ўзгартириш учун ишчи ғилдирак сонини ошириш ёки куракчаларни бурилиш бурчаклари 1 ва 2 ларни ўзгартириш билан амалга ошириш мумкин. Бурчакни ўзгартирганда насос унумдорлигини катта қийматга оширишга эришса бўлади.
Suyuqlikning tezligi va sarfi.
Sarf, Reynolds, tajriba, radius, Venturi, suyuqlikni oqishi, ishqalanish, maxaliy, tenglama.
40. Suyuqlikning oqim rejimi va sarfi.
Sarf, Reynolds, laminar,tajriba, radius, Venturi, suyuqlikni oqishi, ishqalanish, maxaliy, tenglama.
Nasoslar. Nasoslar va ularning turlari..
Parrak, so‘rish, xaydash, nasos, g‘ildirak, afzalligi, tenglama, napor, tavsifi, proporsionallik, balandlik, kavitasiya.
Bug‘latish.
Bug‘latish, birlamchi bug‘, ikkilamchi bug‘, ekstra bug‘, bosim, markaziy sirkulyasiyalali, depressiya, bir korpusli, ko‘p korpusli, moddiy balans, issiqlik balans, tenglama.
MAVZU: BUGʻLATISH JARAYONLARI VA QURILMALARI.
REJA:
1. Umumiy tushunchalar.
2. Bir korpusli bug‘latish qurilmalari.
3. Ko‘p korpusli bug‘latish qurilmalari.
Tayanch so‘zlar va iboralar: bug‘latish, birlamchi bug‘, ikkilamchi bug‘, ekstra bug‘, markaziy sirkulyasiyali, depressiya, ko‘p qurilmalar, moddiy balans, issiqlik balans.
Uchuvchan bo‘lmagan moddalar eritmalarini uning tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo‘li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug‘latish deb yuritiladi. Agar bug‘lanish jarayoni qaynash xaroratidan past xaroratda suyuqlikning yuzasida ruy bersa, bug‘latish jarayonida esa bug‘ eritmaning xajmida ajralib chiqadi.
Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalarida, ayrim mineral va organik kislotalar, ko‘p atomli spirtlar xamda shu kabi suyuq eritmalar bug‘latiladi. Ba’zan bug‘latish yordamida toza erituvchilar xam olinadi. Ayrim sharoitlarda quyuqlashtirilgan eritma kristallanish jarayonini amalga oshirish uchun maxsus bug‘latish qurilmalarga yuboriladi.
Quyuqlashtirilgan eritmalar va bug‘latish natijasida xosil bo‘lgan qattiq moddalarni oson xamda arzon qayta ishlash va saqlash va boshqa joylarga jo‘natish mumkin.
Bug‘latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug‘i ishlatiladi, bunday bug‘ birlamchi bug‘ deb yuritiladi. Qaynayotgan eritmani bug‘latish paytida xosil bo‘lgan bug‘ ikkilamchi bug‘ deb ataladi. Eritmani bug‘latish uchun zarur bo‘lgan issiqlik miqdori devor orqali beriladi. Faqat ayrim xollarda eritmani quyultirish uchun kerak bo‘lgan issiqlik tutun gazlari yoki boshqa gazsimon issiqlik tashuvchi agentlarning suyuqlik bilan o‘zaro kontakti orqali beriladi.
Bug‘latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimda olib borilishi mumkin. Eritmaning xossalari va ikkilamchi bug‘ning issiqligidan foydalanish zaruratiga ko‘ra xar xil bosim ishlatiladi.
Vakuum ostida bug‘latish bir qator afzalliklarga ega: jarayoni ancha past xaroratda olib borish mumkin. Bu xol ayniqsa yuqori xaroratda parchalanib ketishi mumkin bo‘lgani moddalar eritmalarini quyuqlashtirishda juda qo‘l keladi. Bundan tashqari vakuum ta’sirida isituvchi agent va eritma xarorati ta’siri foydali farq ko‘payadi, bu esa qurilmaning isitish yuzasini kamaytirishga olib keladi, vakuum bilan bug‘latish uchun nisbatan past parametrli (xarorat va bosim) isituvchi agentdan foydalanish mumkin. Vakuum ishlatilganda ikkilamchi bug‘dan qaytatdan birlamchi bug‘ sifatida foydalanish imkoni tug‘iladi.
Vakuum ostida bug‘latish kamchiliklardan xoli emas: vakuumni ishlatish bug‘latish qurilmasining narxini oshiradi; vakuum xosil qilish uchun kondensator tomchi ushlagich va vakuum-nasoslar kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilmani ishlatish uchun zurur bo‘lgan sarf xam ko‘payadi.
Atmosfera bosimidan yuqori bo‘lgan bosimda bug‘latishda xosil bo‘lgan ikkilamchi bug‘dan qaytadan bug‘latish jarayonidan xamda bug‘latish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Boshqa maxsulotlar uchun ajratilgan ikkilamchi bug‘ ekstra-bug‘ deyiladi. Yuqori bosim bilan bug‘latish jarayonida ekstra bug‘ini ajratib olib ishlatish vakuum yordamida bug‘latishga nisbatan issiqlikdan to‘laroq foydalanish imkonini beradi.
Yuqori bosim bilan bug‘latish eritmaning qaynash xaroratining ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori bosim bilan bug‘latishni amalga oshirish uchun yuqori xaroratli isituvchi agent kerak bo‘ladi. Shu sababli bu usul yuqori xaroratga chidamli moddalarning eritmalarini quyultirishda ishlatiladi. Atmosfera bosimi bilan bug‘latishda ikkilamchi bug‘ ishlatilmaydi. U atmosferaga chiqarilib yuboriladi. Bunday usul eng oddiy, ammo iqtisodiy jixatdan eng tejamsiz xisoblanadi.
Bug‘latish jarayoni kimyo sanoatida keng ishlatiladi. Bu jarayondan eritmalarni quyiltirish va eritmalardan erigan xoldagi moddalarni ajratib olishdan tashqari, toza erituvchilar olish, sovuq xosil qilish texnikasida foydalaniladi.
Sanoatda bug‘latish jarayoni bir va ko‘p korpusli qurilmalarda amalga oshiriladi. Asosan ko‘p korpusli yaoni bir necha qurilmalardan tashkil topgan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Ko‘p korpusli qurilmalarning faqat birinchi qurilmasiga isituvchi (birlamchi) bug‘ beriladi. Keyingi qurilmalarni isitish uchun oldingi qurilmalardan chiqqan ikkilamchi bug‘ ishlatiladi. Natijada isituvchi bug‘ning sarfi kamayadi.
Ishlash rejimiga ko‘ra bug‘latish qurilmalari davriy va uzluksiz bo‘ladi. Kichik masshtabli ishlab chiqarishda va ayrim vaqtda, eritmalarning yuqori konsentrasiyalashda bug‘latishda davriy ishlaydigan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi.
Kimyo sanoatida asosan uzluksiz ishlaydigan bug‘latish qurilmalari ishlatiladi. Zamonaviy bug‘latish qurilmalari ancha katta isitish yuzasiga ega, ba’zan bitta qurilmaning isitish yuzasi 2500 m2 dan ortib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |