15-ma'ruza
Moddalar va energiya almashinuvi
R e j a.
Umumiy tushuncha.
Oqsillar almashinuvi
Yog’lar almashinuvi
Karbonsuvlar almashinuvi
Vitaminlar
Ma' danli moddalar
Suv almashinuvi
Energiya almashinuvining mohiyati.
Foydali ish koeffetsenti.
Nafas olish koeffetsenti.
Organizmda energiya sarfini o’lchash.
Umumiy va asosiy almashinuv.
Rubner qonuni.
Energiyaga bo’lgan me'yoriy talablar.
Moddalar almashinuvi tiriklik asosi bo’lib, u tufayli tanada doimiy ravishda to’qima, ho’jayralar o’sadi, rivojlanadi, yangilanadi, turli xil ximiyaviy moddalar parchalanadi, birikadi. Moddalar almashinuvi hisobidan potensial ximiyaviy energiya boshqa turdagi energiyaga aylanadi (kinetik, mexanik, issiklik elektr).
Tirik organizm faoliyatlari uchun sarflangan energiyaning o’rni tashqaridan qabul qilinadigan oqsil, yog’, karbonsuvlar hisobidan qoplanadi. Bevosita moddalar almashinuvida vitaminlar, madanli moddalar va suv faol qatnashadi. Bularning sutkalik miqdori bir-biriga nisbati organizmning jismoniy holatiga, muhim sharoitlariga bog’liq. Organizm uchun aytilgan moddalarning qabul qilinishi ovqatlanish tufayli amalga oshirilsa, moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlari (siydik, axlat va boshqalar) ajratish tizimi yordamida bartaraf qilinadi. Biz quyida turli moddalar almashinuvini alohida-alohida ko’rib o’tamiz, bunday usul faqat o’rganishni yaxshilash uchun qo’llaniladi, haqiqatan esa odam va hayvonlar tanasida qayd qilingan barcha moddalarning almashinuvi murakkab fizialogik va biokimyoviy jarayonlar tarzida bir yo’la sodir bo’lib turadi.
Moddalar almashinuvidagi barcha fiziologik va biokimyoviy o’zgarishlar asosan to’rtta atama bilan tushuntiriladi, ya'ni assimilyasiya, dissimilyasiya, anabolizm va katabolizm. Assimiliyasiya va anabolizm bir-biriga yaqin terminlar bo’lib, bir xil ma'no beradi, ya'ni to’qima va hujayralar va bir butun organizmlarning turli xil moddalarni ximiyaviy parchalab, zarur holga keltirib, o’zlashtirib olishi dissimilyasiya va katabolizm buning teskarisi, ya'ni hujayra va to’qimalar tarkibining parchalanib, yemirilib borishi demakdir (buning natijasida tegishli energiya ajraladi).
Batafsilroq tushuntirsak anabolizm hayotiy jarayonlar uchun zarur birikmalarning, to’qima va hujayralar tarkibini oziq moddalardan fermentativ sintezidir. Bu tushuncha ko’pincha oqsillarga nisbatan ishlatiladi va organizmning bevosita ichkarisida bo’ladigan jarayon.
Assimilyasiya - tirik materiya hosil bo’lishdagi fizikaviy-kimyoviy jarayonlar majmuasi (tashqaridan zarur oziq moddalarni qabul qilish; to’qima va ho’jayralar uchun zarur va mos moddalarni yaratish; to’qima, hujayralar tarkibini, fermentlarni oddiy moddalardan sintez qilish; organizm uchun zahiralar tayyorlash. Katabolizm yemirilish, yirik molekulali moddalarning fermentativ parchalanishi (oksidlanish asosida) yo’li bilan organizmning energiya va plastik moddalarga talabini qondirish uchun zarur jarayonlar majmuasi. Yirik molekulalarning parchalanishdan hosil bo’lgan erkin energiya ATF tarkibida to’planadi.
Dissimillyasiya - tirik materiyaning parchalanishi bilan bog’liq jarayonlar majmuasi (tanadan zahiralarning sarflanishi; murakkab moddalarning sodda moddalarga aylanishi; energiyaga boy birikmalarning parchalanib kerakli energiya ajratishi, to’qima va hujayralardagi eskirgan moddalarning yemirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |