1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


-ma'ruza Ayiruv fiziologiyasi



Download 491 Kb.
bet45/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

13-ma'ruza
Ayiruv fiziologiyasi
R e j a:



  1. Umumiy tushuncha.

  2. Buyraklar va ularning funksiyalari.

  3. Siydik hosil bo’lishi.

  4. Siydik miqdori, tarkibi va xossalari.

  5. Teri fiziologiyasi.

Odam va yuqori taraqqiy qilgan hayvonlarda ajratish a'zolari bo’lib buyraklar, o’pka, teri va hazm a'zolari xizmat qiladi. Ular moddalar almashinuvi jarayonida hosil bo’lgan va organizm uchun keraksiz bo’lgan moddalarni, oshiqcha suv tuzlar va har xil yot moddalarni tanadan bartaraf qilib, muhim hayotiy funksiyalarni bajaradi. Bu a'zolar birinchi navbatda ichki muhit hisoblangan qon tarkibini bir xil saqlaydi. O’pka orqali SO2 suv bug’i tegishli paytlari efir, xloroform va alkagolni bug’latib chiqaradi. Me'da ichak va so’lak bezlari, me'da osti bezi, ba'zi og’ir metallarni, dorivor moddalar (morfin, xinin, salikilatlar), bo’yoqlar ajratadi. Jigar ham bu borada muhim funksiya bajaradi (qondan gormonlar) tiroksin, follikulin, azot va gemoglobin almashinuvini qoldiqlarini ajratadi. Teridan maxsus suyuqlik - ter bilan suv va tuz, mochevina, siydik kislotasi ba'zan esa (kuchli jismoniy ish bajarilganida) sut kislotasi ham ajraladi.


Buyrak va ularning funksiyalari. Buyraklar bir qator gomeastatik funksiyalarni bajaradi:

  1. Qon va boshqa ichki muhit suyuqliklari hajmini bir xil saqlash.

  2. Qon va boshqa suyuqliklar osmotik bosimini doimiy saqlash:

  3. Tana va undagi biologik suyuqliklarda ionlar tarkibini birday saqlash.

  4. Tanada kislotali asosli muvozanatni saqlash.

  5. Azot almashinuvi natijasida hosil bo’lgan va yog’ moddalarni ekskretsiya qilish.

  6. Oziq-ovqatlar bilan oshiqcha holda qabul qilingan organik moddalarni (aminokislotalar, glyukoza va boshqalar) ekskretsiya qilish.

  7. Oqsil, yog’ va karbonsuvlar metobolizmi.

  8. Qon bosimini bir xil saqlash.

  9. Qizil qon tanachalari hosil bo’lishini

  10. Qon ivishi.

  11. Fermentlar va boshqa biologik faol moddalar ajratish.

Aytib o’tilgan funksiyalar buyraklar parenximasida ro’y berib turadigan jarayonlar (filtratsiya, reobsorbsiya, sekretsiya, sintez) tufayli amalga oshiriladi.
Buyraklardagi asosiy funksional birlik bu nefronlardir (siydik ajratuvchi tana, har bir buyrakda 1 mln atrofida nefron mavjud). Har bir nefron devori ikki qismdan, ya'ni Shumlyanskiy-Boumok kapsulasi va uning Malpigi naylaridan iborat. Kapsula diametri 0,2 mm, uning ichidagi nay uzunligi 35-50 mm, buyraklardagi qon aylanish o’ziga xos xususiyatlarga ega, birinchidan uning qon bilan ta'minlanishi yuqori darajada ular umumiy tana massasining 0,43 % tashkil qilsada, yurakdan chiqadigan qonning 1/5 qismi buyraklar orqali o’tadi, ikkinchidan qon oqishi buyraklarda doim bir xil bo’ladi (agar tanada arterial bosim 90-190 mm sim ustuni orasida o’zgarib tursa buyrak qon tomirlarida doimiy bir xil bosim bo’ladi).
Siydik hosil bo’lishi uch xil jarayon, ya'ni koptokchalardagi filtratsiya, kanalchalardagi reabsorbsiya va kanalchalardagi sekretsiyalar majmuasidan iborat. Koptokchalarda qon plazmasidan filtrlanish tufayli birlamchi siydik hosil bo’ladi. Bu suyuqlik kanalchalarda harakat qilganida uning tarkibidagi suv va suvda erigan ba'zi bir moddalar qayta suriladi.
Kanalchalardagi reabsorbsiya. Nefron epiteliyasining hujayralari o’zlari sintez qilgan va qondan ba'zi bir moddalarni ajratib, kanallardagi siydikka qushadi - kanalchalardagi sekretsiya. Bu jarayonning davom etishi organizmning funksional holati bilan belgilanadi.
Filtrlanish (koptokchalardagi) sodir bo’lishi uchun koptokchalar membranasi filtr vazifasini, qon plazmasi filtrlanuvchi suyuqlik vazifasini va koptokcha kapillyarlardagi qon bosimi filtrlovchi bosim vazifasini bajaradi. Koptokchalar membranasidan molekulyar massasi 5500 dan oshmagan moddalarning o’tishi chegaralanmagan. Lekin bu massa 80000 yetsa bunday moddalarning filtrlanishi to’xtaydi.
Filtrdan nima o’tish-o’tmasligi uning (filtrning) xususiyatlariga, filtrlanish tezligi esa samarali filtratsion bosim (SFB) ga bog’liq. SFB ni topish uchun koptokcha kapillyarlaridagi qonning gidrostatik bosimidan (Roq) Boumen kapsulasi bo’shlig’idagi suyuqlikning gidrostatik bosim Rgs va qon onkotik bosimini (Roq) ayirish kerak, ya'ni SFB=Rgs - (Rgs +Roq ) Odamda Rgs=65 mm sim.ust (o’rtacha). Rgs-15 mm va Roq=25 mm sim. ust. teng. Shunday qilib SFB=65 mm sim. ust - (25+15)=25 mm sim.ust. Koptokchalarda filtrlanish 125 ml/min. Ayollarda 40 ml/min. Demak bir sutkada o’rtacha 180 l birlamchi siydik hosil bo’ladi. bu suyuqlikning kanalchalardan qayta surilishi (reabsorsiya) natijasida 180 l-dan 1,0-1,5 l ikkinchi siydik holida tashqariga chiqariladi. Reabsorbsiya muhim biologik ahamiyatga ega jarayon, uning natijasida organizm suv va bir qator kerakli moddalardan (glyukoza, aminokislotalar, vitaminlar, oqsil, peptidlar, Sa++, Mg++ dan judo bo’lmaydi. Tegishli moddalarning reabsorbsiya qilinishida (kanalchalar membranasidan o’tkazilishida maxsus o’tkazgichlar (Na, KA fazalar Ca - ATF azalar xizmat qiladi, ularning ishlashida ma'lum energiya sarfi talab qilinadi. Koptokchalardan bir sutka davomida 200 gr. glyukoza filtrlanadi va uning hammasi kanalchalar orqali qayta suriladi (reabsorbsiya qilinadi).
Buyrak kanallari orqali har xil moddalarning reabsorbsiya qilinishi faol va nofaol transport yo’li bilan olib boriladi. Agar modda o’zining elektroximiyaviy va konsentratsion gradientiga nisbatan teskari holda reabsorbsiya qilinsa uni faol transport deyiladi (masalan, glyukoza, aminokislotalar, Na+). Bunday faol transport hujayra metabolizmi energiyasi hisobidan bo’ladi.
Nofaol transport esa (suv, CO2, mochevina va boshqalar) energiya talab qilmaydi, u elektroximiyaviy va konsentratsion gradient asosida boradi. Birlamchi siydik bilan ajralgan oksillarning kanalchalar membranasi orqali reabsorbsiya qilinishi pinotsitoz prinsipida bo’ladi. Uning mexanizmi shundayki suyuqlikdagi oqsil molekulalari kanalcha yuzasiga adsorbsiya qilinadi, uni membrana urab olib hujayra ichiga o’tkazadi. Hujayra ichida esa oqsil molekulasi lizosoma bilan bilan birlashib, undagi fermentlar ta'sirida gidrolizlanadi va qonga o’tkaziladi.
Elektrolitlarning (Na+, Cl-, Hcl3-) reabsorbsiya qilinishi ko’p energiya sarflanishini talab qiladi.
Organizm uchun yot bo’lgan va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini buyraklar orqali ajralishida filtratsiya va reabsorbsiyadan tashqari yana kanalchalarda sodir bo’lib turadigan sekretsiya jarayoni ham muhim. Bunda qondagi aytib o’tilgan moddalar (organik kislotalar, asoslar, ionlar) hujayralar orqali kanalchalarga elektroximiyaviy va konsentratsiya gradientiga qarshi holda o’tadi. Bunday sekretsiya maxsus o’tkazgichlar orqali amalga oshiriladi (penitsillin - organik kislota, xolin - organik asos, kanalchalarga sekretsiya yo’li bilan chiqariladi).
Shu narsa diqqatga sazavorki, buyraklarda ba'zi bir moddalar sintez ham qilinadi va ular siydik bilan chiqariladi yoki qonga o’tkaziladi. Bunga misol qilib, gippur kislotasi, ammiak va glyukozalarni olish mumkin. Agar izolyasiya qilingan buyraklarga (arteriyasiga) benzol kislotasi va glyukokol yuborilsa, undan ajralgan siydik gippur kislota hosil bo’ladi.



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish