1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish



Download 491 Kb.
bet1/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)




1- Ma'ruza.
Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish.
R e j a:

  1. Fiziologiyaning predmeti, ahamiyati.

  2. Fiziologiyaning o’rganish usullari.

  3. Fiziologiyaning rivojlanish tarixi.

  4. Fiziologiyaning bo’limlari.



1. Fiziologiyaning predmeti va ahamiyati.
Fiziologiya so’zi yunoncha phisis - tabiat, logos - ta'limot ma'nolarini beruvchi tushuncha bo’lib, unga tabiat haqidagi fan deb qaralgan. XVI asrdan boshlab, o’simliklar va hayvonot dunyosini o’rganuvchi fan sifatida o’rin olib kelgan. Keyinchalik ilmiy ma'lumotlarning to’planishi tufayli botanika, zoologiya, anatomiya kabi mustaqil fanlar vujudga kelgan. Shunga qaramasdan, uzoq vaqtlar davomida fiziologiya anatomiya fanini ichida o’rganib kelingan, anatomik tekshirishlar jarayonida fiziologik funksiyalarni o’rganish odat tusida bo’lgan. XIX asrda fiziologiya anatomiyadan ajralib mustaqil bo’ldi, shakllandi va unga odam hamda hayvonlarning tirikligi bilan bog’liq barcha hayotiy funksiyalarni o’rganuvchi fan sifatida qarala boshlandi. Bularga moddalar va energiya almashinuvining borishi, yurak-qon tomirlar, nafas olish, ovqat hazm bo’lishi, ajratish tizimlarining ishlashi, ichki sekretsiya bezlari, nerv tizimi, muskullar, sezgi a'zolarining faoliyati va boshqalar kiradi. Hozirgi kunda odam va hayvonlar fiziologiyasi bir butun tirik organizm, undagi ayrim tizim, a'zo, to’qima va hujayralarning yashash qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Fiziologiya keng ko’lamli fan bo’lib, uning muhim ahamiyati dastavval tirik organizm bilan uni o’rab olgan muhit orasidagi aloqa mexanizmini tushuntiradi. Bu mexanizmlarning u yoki bu sabablariga ko’ra buzilishi turli xil kasalliklarga olib kelgan, yuzaga kelgan kasallikning mohiyatini esa fiziologiya qonuniyatlarini bilmasdan tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham fiziologiya tibbiyotning nazariy asosini tashkil qiladi, deb bemalol aytsa bo’ladi. Fiziologik funksiyalarni tekshirish esa klinik diagnostikaning asosini tashkil qiladi (yurak urish chastotasi, elektrokardiogrammasi va boshqa ko’rsatgichlarga ko’ra uning me'yoriy ishlash ishlamasligi, hazm shiralarining tarkibi va miqdoriga ko’ra oshqozon-ichaklarning faoliyati haqida xulosa qilinadi va hokoza).
Fiziologiyaning ahamiyatiga inson hayotiy funksiyalarini o’rganishdan tashqari hayvonot dunyosining barcha vakillarida tiriklik ko’rsatgichlarini taqlid qilish ham kiradi. Bu holat o’z navbatida organik dunyo taraqqiyotini to’liqroq tasavvur qilishga yordam beradi. Turli xil hayvondagi har bir fiziologik funksiya mavjud muhit sharoitida yashab qolishni taqozo qiladi. Shuning uchun ham, evolyusion taraqqiyot jarayonida hayvon organizmidagi u yoki bu a'zolar, tizimlar, to’qima va hujayralar tegishli o’zgarishlarni qabul qiladi, moslashadi, muhit sharoitiga muvofiqlashadi (suvda yashovchilarning quruqlikka chiqishi bilan jabralar orqali nafas olish o’rniga o’pka bilan nafas olish yuzaga keladi va hokoza).
Fiziologiyaning muhim ahamiyatlaridan yana biri shundan iboratki, hozirgi zamon kishilarida uchraydigan xastaliklar (shakarli diabet, ateroskleroz, gipertoniya, oshqozon-ichak yaralari, xavfli o’smalar va boshqalar) kundalik turmush tarzida organizm zimmasiga tushadigan turli yuklamalarning (ruhiy-hissiy achchiqlanish, tajavvuzkorlik, hasad qilish, jismoniy kam harakatlilik, monoton harakat qilish, giperdinamiya, fizikaviy juda issiq yoki juda sovuq sharoitda yashash, nurlanish, tezlashish, vaznsizlik va boshqa holatlarga tushish) me'yor darajasidan chetga chiqishi ekanligini tushuntirib berish bilan xarakterlanadi.



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish