1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


Membrana potensiallari, tinchlik poten­siali



Download 491 Kb.
bet4/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

2. Membrana potensiallari, tinchlik poten­siali.
Hozirgi paytda nerv hujayralarining ichki va tashqi yuzasi sitoplazma ichida qutblanishlar mavjudligini o’lchashda maxsus elektrodlar (uchi - 5 mk) ishlatiladi (mikroe­lektrod texnikani batafsil tushuntirish, chizmalar, ras­mlar oladilar). Agar hayvon yoki o’simlikning alohida olingan hujayrasida (tinchlik paytida) mikroelektrod ti­kib zanjir sezgir galvanometrga ulansa, uning ichki yuzasi manfiy, tashqisi musbat zaryadga ega ekanligini ko’rish mumkin. Buning o’lchami yoki membrana potensiali o’rtacha 70 mV atrofida bo’lib, uni membrananing tinchlik potensiali (MTP) deyiladi. Elektron mikroskop yordamida hujayra, uning membranasi, sitoplazma, organellalari yetarli darajada o’rganilgan. Membrana 5-10 nm qalinlikdagi ikki tomondan lipid o’rtada esa oqsil qavati bor bo’lgan qatlam. Undagi oqsil qavat suv va ionlar o’ta oladigan maxsus kanallarni shakllantiradi. Lipidli qavatning ustidagi mukopolisaxarid qatlamdan retseptorlar (muayyan moddalarni «tanib» oladigan molekulalar) shakl­lanadi. Membrana katta elektr qarshiligiga va sig’imga ega. Yog’da eruvchi moddalar membranadagi lipidlar asosida olib undan hujayra ichida oson o’tadi. Suv va suvda eruvchi dia­metri kichik ionlar aytib o’tilgan kanallardan o’ta oladi. Lekin katta molekulali organik moddalar hujayra ichiga kira olmaydi. Buning uchun maxsus mexanizmlar ishga tu­shishi kerak.
Qo’zg’aluvchi to’qimalar faoliyati uchun hujayraga K+, Na+, Cl-- va Ca++ ionlari o’tib turishi kerak. Bu ionlarning membranada alohida-alohida kanallari (spetsifik) bor. Hujayra tinch turganida K+ kanallari ochiq (aksariyati) Na+ kanallari yopiq bo’ladi. Yana nospetsifik kanallar ham membranada bor. Ular doim ochiq bo’ladi, ular orqali aytib o’tilgan ionlar o’tib turishi mumkin.
MTP hujayra ichi va tashqarisidagi ionlar qonsentratsiyasi tufayli shakllanadi. Masalan, hujayra ichida 100 000 K+ kationi bo’lsa, tashqarida 2000 ta xolos. (50 marta ko’p). Na+ esa buning teskarisicha ichkarida ko’p, tashqarida oz. Cl- anioni hujayra ichida tashqarida qaraganda 20-100 marta kam va hokoza. Tinchlik paytida membrana orqali Na+ va Cl- ionlari harakati juda kuchsiz, shu tufayli uning tashqi yuzasi musbat, ichkisi esa manfiy zaryadlangan bo’ladi (Kalmar aksoni 1mm yo’g’onlikka esa manfiy zaryadlangan bo’ladi). MTP hujayra uchun, muhim ahamiyat kasb etadi (ma'lum elektr maydoni hosil qilib, u yerdagi moddalar almashinuviga faol ta'sir qiladi. Hujayraning tashqarisi va ichkarisida qayd qilingan ion­lar qonsentratsiyasini saqlashda alohida mexanizmlar xiz­mat qiladi, ularni natriy kaliy nasosi deyi­ladi. Membranada mavjud bo’lgan Na - ATFaza va K - ATFazalar bu nasosning asosini tashkil qiladi. Nasos ishi uchun zarur energiya ATF parchalanishidan hosil bo’ladi.
Ionlarning membrana orqali harakati ikki xil kuchga tayanib sodir bo’ladi, ya'ni qonsentratsion gradient (ko’pgina diffuziya yo’li bilan) va faol o’tkazish (tashuvchi­lar) orqali (bunda ma'lum energiya ATF dan ajralib chiqadi.



Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish