1- ma'ruza. Odam va hayvonlar fiziologiyasi faniga kirish


Buyraklarning gomeostazni saqlashdagi faoliyati



Download 491 Kb.
bet46/68
Sana11.02.2022
Hajmi491 Kb.
#442536
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68
Bog'liq
OHF dan ma\'ruza (2)

Buyraklarning gomeostazni saqlashdagi faoliyati.
Organizm ichki muhitini bir xil saqlashda buyraklar hal qiluvchi ish bajarib (ular osmoregulyasiyani amalga oshiradigan asosiy a'zolardir) bu borada bir qator boshqarib boruvchi tizim mavjud (maxsus retseptorlar nerv markazlari, gormonlar). Buyraklar ishi nerv impulslari va gumoral yo’l bilan idora qilib turiladi (gipotalamus markazlari, neyrogipofiz, antidiuretik gormon, insulin, aldosteron, kortizon va boshqalar).
Agar tanada suv ko’payib ketsa (gipergidratatsiya) qonda osmotik faollikka ega bo’lgan tuzlar konsentratsiyasi kamayadi va natijada qonning osmotik bosimi pasayadi. Bu hol gipotalamus yadrolarida joylashgan va jigar, buyraklar, taloq va boshqa a'zolarda joylashgan osmoretseptorlar faolligini pasaytiradi va natijada neyrogipofizdan ADG kam chiqib, siydik ajralishi kuchayadi. Buning teskarisi bo’lganida, ya'ni tanada suv kamaysa (degidratatsiya) qonda osmotik faol moddalar konsentratsiyasi yuqori bo’ladi. Natijada aytilgan osmoretseptorlar qo’zg’alib ADG sekretsiyasi kuchayadi va siydik ajralishi sekinlashadi.
Suvdan tashqari har xil ionlarning organizmda (xususan qonda) ma'lum konsentratsiyada bo’lishi buyraklarda nerv impulslarining hamda gormonlarning ta'siri (aldosteron, paratgormonlar) bilan amalga oshiriladi. Masalan qonda K+ ko’paysa, aldosteron biroz ko’proq ajralib uning siydik bilan chiqarilishini ta'minlaydi yoki qonda Sa++ kamaysa, paratgormonlar ularning birlamchi siydikdan reabsorbsiya qilinishini kuchaytiradi. Buyraklar qon reaksiyasining ma'lum bir me'yorida saqlanishida faol qatnashib, bu vazifani siydik tarkibidagi vodorod ionlari konsentratsiyasini keng ko’lamda o’zlashtirish bilan amalga oshiradi (siydik rN i vaziyatga qarab 4,5 dan 8,0 gacha o’zgarib turadi).
Buyraklarning kislota ajratib chiqarishi ko’p omillarga bog’liq, jumladan ovqatlanish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, go’shtli ovqat ko’p iste'mol qilinganida tanada umumiy kislotalilik holati kuchayib, siydik kislotali holda ajratiladi, o’simliklar va o’simlik mahsulotlari ko’p yeyilsa, ishqoriy reaksiya kuchayib, siydikda ishqoriy muhit kuchayadi. Kuchli jismoniy mehnat qilinsa, sport bilan shug’ullanilsa qonda sut kislotasi, fosfor kislotalari ko’payib siydik reaksiyasi kislotali tomonga qarab og’adi. Nafas olish siyraklashsa (gipoventilyasiya) SO2 tanada ko’payib qon reaksiyasi (shunga ko’ra siydik reaksiyasi ham) kislotalik tomonga og’adi (nafas olish atsidozi), nafas olish tezlashganda (giperventilyasiya) esa SO2 organizmdan intensiv holatda chiqarilib, reaksiya ishqorli tomonga og’adi (nafas olish alkolozi). Buyraklarning turli sharoitlarda har xil ishlashidan maqsad qon reaksiyasini doim bir xil saqlashdir (rN=7,36).
Tanada bo’ladigan oqsil va nuklein kislotalar almashinuvi natijasida azotli birikmalar ko’payadi va ular buyraklar orqali (mochevina va siydikchil) siydik kislotasi, kreatinin ko’rinishida ajraladi.
Buyraklarning yana inkretorlik (qonga faol moddalar chiqarishi) funksiyasi ham mavjud, masalan, u qonga renin ajratadi (u proteolitik ferment hisoblanadi). U qonda globulin α dan fiziologik nofaol peptidni ajratib oladi. Yana buyraklardan qonga urokinaza, prostoglandinlar, eritroginin kabi fiziologik faol moddalar ajraladi. Buyraklar yana bevosita molddalar almashinuvida ham qatnashadi, masalan ulardan oqsillar parchalanib, hosil bo’lgan aminokislotalar qonga o’tadi, shu yo’l bilan tanadagi aminokislotalar zahirasini me'yorlashtiradi. Buyraklardan siydik ajralishi reflektor va gumoral yullar bilan boshqarilib boriladi. Buyraklar faoliyatida shartsiz reflektor faoliyat bilan shartli reflektor faoliyat ham qatnashadi. Og’riq siydik ajralishini kamaytiradi (og’riq anuriyasi), bunda dastavval gipotalamusdagi og’riq bilan bog’liq maxsus markazlar faollashib, neyrogipofiz orqali ADG ajralishi kuchayadi. Buning natijasida simpatik qitiqlanish kuchayib buyrak usti bezidan katexolaminlar ajralishi ko’payadi. Adrenalin va noradrenalin esa siydik ajralishining kamayishiga olib keladi (koptokchalar filtratsiyasini kuchsizlantirish, kanalchalar reabsorbsiyasini kuchaytirish yo’li bilan).
Siydik tarkibi: Odatdagi suv rejimida sutkasiga odamdan 1-1,5 l siydik ajraladi. Uning tarkibidagi moddalar qon plazmasidan o’tadi va buyrak hujayralari tomonidan sintez qilinadi. Bir sutkada siydik bilan 25-35 g mochevina ajratiladi. Bu vaqt davomida 0,4-1,2 g azot, 0,7 g siydik kislotasi, 1,5 g kreatinin (fosfor kislotasining parchalanishidan) siydik bilan chiqariladi. Yana siydik bilan oz bo’lsada oqsilning chirish mahsulotlari bo’lgan indol, skatol, fenollar ham ajraladi. Odatda siydik tarkibida glyukoza uchramaydi. Lekin uning miqdori qonda ko’paysa (10 mmol/l dan oshsa) siydikda glyukoza paydo bo’ladi (glyukozuriya). Siydik rangi uning tarkibidagi pigment bilirubindan hosil bo’lgan urobilin va uroxromga hamda gemoglobinning parchalanish mahsulotlariga bog’liq. Siydik tarkibida gormonlar, vitaminlar va fermentlar ham bo’ladi. Buyraklardan ajralib chiqqan siydik maxsus yo’l bilan siydik jomiga tushadi va uning miqdori 150 ml bo’lganida siydik chiqarish uchun maxsus impulslar yuzaga keladi. Bu ko’rsatgich 200-300 ml ga borganida esa aytilgan impulslar ancha kuchayadi.
Teri fiziologiyasi. Odamda terining o’rtacha sathi 1,73 m2. U epidermis, derma va teri osti yog’ qavatlaridan iborat bo’lib, himoya, sezuv, chiqaruv (ajratish), nafas olish, so’rish, tana haroratini idora qilish, almashinuv, qon va suvning taqsimlanishida ishtirok qiladi. Teri mexanik zarba, infraqizil, ultrabinafsha va radioaktiv nurlardan (oz miqdorda) hamda ximiyaviy moddalardan organizmni himoya qiladi. Teri shikastlanmasa undan mikroblar o’ta olmaydi. Teri yuzasida lizotsim (gidrolazalar sinfiga kiruvchi ferment bo’lib, bakteriyalar po’stini parchalaydi), olein kislotalari bo’lib ular teriga tushgan mikroblarni 15-30 minutdan keyin o’ldiradi.
Og’riqni sezish (teri orqali) mexanik, termik, elektr va kimyoviy retseptorlarning qo’zg’alishi tufayli, haroratni sezish esa issiq va sovuqdan qo’zg’aladigan retseptorlarning ta'sirlanishidan, tuk follikulalari qo’zg’alsa tegish sezgisi paydo bo’ladi.
Odam terisi orqali 1 sutkada 7,0-8,0 g SO2 ajralib chiqarilsa, 3,0-4,0 g O2 o’zlashtiriladi. Bu miqdor organizmdagi umumiy gazlar almashinuvining 2 % ni tashkil qiladi. Teri orqali yog’da eruvchi va yog’ni erituvchi moddalar qonga o’tishi mumkin.
Teri orqali yo’qotiladigan suv nafas chiqarish bilan ajratiladigan suvdan 2 baravar ko’p bo’ladi. Teri yog’ va oqsillar almashinuvida ham faol qatnashadi. Yog’ bezlaridan xolesterin, yog’ kislotalar, jinsiy gormonlar, kazein va tuzlar mavjud sekret ishlab chiqaradi. Ter suyuqligi teri mahsuloti, u sho’r ta'mli, tiniq suyuqlik. Xona haroratida katta odam sutkasida 400-600 ml ter suyuqlik ajratadi. Ter tarkibida suv (98-99%) mochevina, siydik kislotasi, ammiak, ba'zi bir aminokislotalar, xolesterin, sovunlar, glyukoza, vitaminlar biogenaminlar, steroid gormonlar uchraydi. Ionlardan K, Na, Mg, Ca, CI , P uchraydi. Uning reaksiyasi kuchsiz kislotali.
Teri issiq iqlim sharoitida tana haroratini me'yor darajasida ushlab turishda muhim ahamiyatga ega. Bunday sharoitda tanadan 0,4-0,6 litrdan 10-12 l gacha ter suyuqligi ajraladi. Ter suyuqligining ajralishi bevosita ta'sirotlar tufayli (issiq havo, suyuqliklar) va psixoemotsional qo’zg’alish natijasida ro’y beradi.

Download 491 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish