14-ma'ruza
Hazm fiziologiyasi
R e j a:
Ovqat hazm bo’lishining ahamiyati va uni o’rganish usullari
Ovqat hazm bo’lishining ahamiyati.
Ovqat hazm bo’lish tiplari.
Ovqat hazm qilish apparatining funksiyalari.
Ovqat hazm qilish apparati faoliyatini o’rganish usullari.
So’lak bezlarining sekretor funksiyasi.
So’lakning ahamiyati, xususiyati va tarkibi.
Har xil qitiqlagichlarga nisbatan so’lak bezlarining javob reaksiyalari.
So’lak ajralishining idora qilinishi.
Me'da bezlarining sekretor funksiyasi.
Me'da shirasining xususiyatlari va tarkibi.
Ovqatga nisbatan me'da bezlarining javob reaksiyasi.
Me'da sekretor funksiyasining idora qilinish mexanizmi.
Odam va hayvonlarning tirikligi faol hayoti har xil oziq-ovqat mahsulotlari, suv va ma'danli moddalarni tashqi muhitdan doimiy ravishda qabul qilib turish bilan yaqindan bog’liq. Tanada ovqat hazm bo’lishi murakkab fiziologik va biokimyoviy jarayon. Bu jarayon ovqatni qabul qilish, fiziologik va kimyoviy qayta ishlash, tegishli komponentlarga parchalash va hosil bo’lgan moddalarning qon hamda limfaga so’rilishidan iborat.
Ovqatni fizikaviy qayta ishlash deganda, uni maydalash, suyuqliklar bilan aralashtirish va eritish tushuniladi. Bu protsessda fermentlar hal qiluvchi rol o’ynaydi, proteazalar, oqsillarni lipazalar, yog’larni va karbogidrazalar karbonsuvlarni gidrolizlaydi. Hazm fermentlari so’lak, me'da, ichak, me'da bezlari va jigar gormonidan ishlab chiqarilib, maxsus yo’llar bilan og’iz bo’shlig’i, oshqozon va ichak bo’shliqlariga qo’yiladi.
Ma'lumki asosiy ovqat komponentlari (oqsillar, yog’lar va karbonsuvlar) yuqori molekulali birikmalar bo’lib oddiy molekulalarga parchalanmaguncha (aminokislotalar, glitsirin va yog’ kislotalari, monosaxaridlar) qon va limfaga so’rilmaydi. Tana hujayralari tomonidan foydalanilmaydi. Aytish kerakki, faqat suv va ma'danli moddalargina o’zgarishsiz so’rilishi mumkin.
Ovqat hazm bo’lish tiplari. Klassik fiziologiyada ikki xil ovqat hazm qilish tafovut qilinadi, ya'ni hujayralardan tashqari va hujayra ichida hujayradan tashqarida ovqat hazm bo’lishida maxsus to’qimalarda sintez qilinadigan fermentlar alohida mavjud bo’shliqlarga (og’iz, me'da va ichak bklari) chiqarilib, o’sha yerda o’z ta'sirini ko’rsatadi. Ammo umurtqasiz hayvonlarning ba'zi bir vakillari masalan, o’rgimchaklar (ferment aralashtirilgandan so’laklarini tanadan tashqarida o’ljasining ustiga tashlaydi). Bunday hazm distan ovqat hazm bo’lish deyiladi. Hujayra ichida ovqat hazm bo’lishi barcha bir hujayrali hayvonlarda hamda ayrim ko’p hujayralilarda uchrab turadi. Bunday hazm shu yo’l bilan yoki bir nechta hujayralar o’z o’ljasini to’xtatib maxsus shirasida uni eritadi va sitoplazmasiga o’tkazadi. Bunga xarakterli misol qilib, amyobaning ovqatlanishini misol keltirish mumkin.
I.I. Mechnikov tomonidan oq qon tanachalari leykotsitlarning fagotsitozlik xususiyatining ochilishi ham hujayra ichiga ovqat hazm bo’lishiga misoldir (fagotsitozlik yana muhim biologik ahamiyatga ega, batafsil tushuntirish).
Akademik A.M.Ugolevning xizmatlari bilan uchinchi ovqatlanish tipi kashf qilindi. Uni membranada ovqat hazm bo’lishi yoki ichak devorida ovqat hazm bo’lishi deyiladi. Bunda ovqatli moddalarning gidrolizlanishi ingichka ichak devorining ichki yuzasida fiksatsiya qilingan fermentlar ishtirokida amalga oshiriladi. Bu fermentlar ikki xil kelib chiqishga ega ya'ni birinchidan, me'da osti bezidan ishlab chiqarilib ximusdan ichak devoriga o’tirib olgan fermentlar (pankreotik fermentlar) va ichak devorini bevosita o’zidagi maxsus hujayralar - interotsitlar tomonidan sintez qilinadigan fermentlar (oligosaxaridazalar, oligopeptidazalar, monoglitsiridlipazalar, fosfotazalar va boshqalar). Fizikaviy-ximiyaviy nuqtai nazardan membranada ovqat hazm bo’lishi bir xil bo’lmagan yuzada giterogen gidrolizni eslatadi. Fermentlar membrana yuzasida shunday tizilib joylashadilarki, ularning faol markazi substratni gidrolizlanish uchun eng qulay holatda bo’ladi. Ichak bo’shlig’ida esa bunday vaziyatning bo’lishi juda qiyin.
Ovqat hazm qilish apparatining funksiyalari. Odam va hayvonot dunyosining ko’pchilik vakillarida ovqat hazm qilish kanali quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi. 1) harakat va motor funksiya (ovqatni qabul qilish, chaynash, aralashtirish, yuqoridan pastga tomon surish va foydalanmay qolgan qismlarini chiqarib tashlash yoki defikatsiya): 2) sekretor funksiya (hazm shiralari ishlab chiqarish): 3) so’rish funksiyasi (asosiy oziq moddalar, oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar parchalanishining oxirgi mahsulotlarini, suv, ma'danli moddalar va vitaminlarni hazm trakti devori orqali qon va limfaga o’tkazish).
Ovqat qilish hazm qilish apparati faoliyatini o’rganish usullari. Hazm a'zolari faoliyatini o’rganish usullari. Hazm a'zolari faoliyatini o’rganish usullari asosan akademik I.P.Pavlov va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan. Akademik I.P.Pavlov hazm a'zolari fiziologiyasini o’rganish usullari joriy qilingunicha bu boradagi tadqiqotlar o’tkir tajribalarga asoslangan bo’lib, olingan natijalar haqiqatdan ancha uzoq bo’lgan. Chunki o’tkir usul bilan olib borilganda, jarohat tufayli hayvon tanasida kuchli og’riq paydo bo’ladi. Bunday og’riq esa o’z navbatida kuchli reaksiya bo’lib, asosiy fiziologik ko’rsatgichlarni o’zgarishiga olib keladi. 1842 yilda Moskvalik jarroh V.A.Basov me'da sekretsiyasini fistula qo’yish bilan o’rganishga kirishdi. Bu usullardan foydalangan holda bir qator tadqiqotchilar (To’sh, Vella, Geydengayn) oldin operatsiya qilingan hayvonlarda ovqat hazm qilish a'zolarining funksiyalarini o’rganishga kirishdi. Ammo ularning olib borgan ishlarida bir qator xato va kamchiliklar mavjud bo’lib, faqat akademik I.P.Pavlov qo’llagan usullarigina tadqiqot olib borishni mukammallashtirdi. Ya'ni uning taklifiga ko’ra har qaysi hazm a'zolariga fistulalar jarrohlikning barcha qonun - qoidalariga rioya qilgan holda qo’yiladigan bo’ldi. Bevosita tajribalar olib borish esa operatsiya qilingan hayvon tamomila tuzalib, yara yaxshi bo’lganidan keyin boshlanadigan bo’ldi. Bunday usul me'dadagi sof holdagi shirani yig’ib, uning miqdorini o’lchash, tarkibini o’rganish hamda me'da harakatini kuzatish imkoniyatlarini beradi. Xuddi shuningdek, ichaklarga qo’yilgan fistulalar ham ichak bo’shlig’ida bo’ladigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlar ustida nazorat olib borish imkoniyatini yaratadi.
Fistula quyish yo’li bilan olib boriladigan tajribalar yana shunday imkoniyat yaratadiki, fistula orqali oshqozon va ichak bo’shliqlariga tabiiy qitiqlagichlar yuborib (har xil oziq moddalar) sekretorlik faoliyatlarini o’rganish mumkin.
I.P.Pavlov so’lak bezlari, qizilo’ngach, me'da, jigar, ichaklar, me'ada osti bezi va o’t yo’liga fistutalar qo’yishning mukammal usullarini yaratdi. Bularning ichida eng diqqatga sazovori «Pavlovcha ichak me'dacha» yaratishdir (chizma va ko’rgazmali qurollar asosida ushbu operatsiyani batafsil tushuntirish).
I.P.Pavlov 1904 yilda hazm a'zolarnini fiziologiyasini o’rganish bo’yicha erishgan yutuqlariga ko’ra, halqaro Nobel mukofoti olishga sazovor bo’ldi. Keyingi yillarda kashf qilingan elektrofiziologik tekshirish usulllari odam hazm a'zolari faoliyatini har tomonlama mukammal o’rganish imkoniyatini berdi. (EGG ni batafsil tushuntirib berish). Hozir gastroentrologiya amaliyotida radiotelemetriyadan keng ko’lamda foydalanilayapti. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga mayda teleradioto’lqin tarqatgich beriladi (yutqiziladi), uning ko’lami 8x15-20 mm bo’lib, oshqozon ichaklarda ma'lum vaqt turib qolib u yerdagi shiraning tarkibi, miqdori, fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari haqida xabar berib turadi. Shu yo’l bilan sportchilar, kosmanavtlar, chuqur suv tagida ishlovchilarning hazm a'zolari faoliyatini o’rganish mumkin.
Hozir oshqozon-ichak faoliyatini bir qator biokimyoviy usullar ko’llash bilan o’rganishda operatsion usullar biopsiya usuli ham ishlatilmoqda, ya'ni maxsus zon - pichoq yordamida tekshiriluvchining oshqozon yoki ichagi shilliq qavatidan ozgina kesib olinadi (20-25 mg) va bo’lakcha gistoximik, bioximik, elektromikroskopik yo’l bilan o’rganiladi.
So’lak bezlarining sekretor funksiyasi.
So’lakning ahamiyati, tarkibi va xususiyatlari. So’lak bezlarining fiziologik ahamiyati ular ishlab chiqaradigan suyuqlik so’lakning bevosita ovqat hazm bo’lishida ishtirok qilishidir. So’lak bilan bir qatorda moddalar almashinuvi maxsulotlarini ham ajratadi (moddalar almashinuvida ishtirok qilishi). Yana so’lak ajralishi tanasida ter bezlari bo’lmagan hayvonlarda (masalan, itlarda) tana haroratini bir xil saqlashda (termoregulyasiya) ham ishtirok qiladi. So’lak ishlab chiqaruvchi bezlar uch juft katta va ko’plab kichik bezlardir. (Batafsil tushuntirish, chizma va rasmlar yordamida).
So’lak tiniq, kuchsiz, ishqoriy reaksiyaga ega (rN-7,4-8,0) hidsiz va mazasiz suyuqlik. U organizmning funksional holati, yeyiladigan ovqatga qarab suyuq, shilimshiq, suyuqsimon va boshqa ko’rinishda bo’lishi mumkin. So’lakning suyuq yoki quyuqligi uning tarkibidagi glikoproteid - musinning oz ko’pligiga bog’liq. Mutsin ovqat luqmasining og’iz va qizilo’ngachda erkin harakatini ta'minlaydi.
So’lak tarkibida anorganik moddalardan xloridlar, fosfotidlar, karbonatlar (Na, K, Ca, Mg karbonatlar), azot tuzlari, ammiak organik moddalardan globulin, aminokislotalar, kreatinin, siydik kislotasi va fermentlar uchraydi. So’lakning 98,5 - 99,5 % suv, qolgan 0,5-1,5 % qattiq moddadan iborat bo’ladi. Fermentlardan ptialin va maltaza uchraydi, ular quloq oldi va jag’ osti bezlaridan sintez qilinadi. Kraxmalni gidrolizlash xususiyatiga ega. So’lak oshqozonga tushishi bilan bu fermentlar inaktivatsiyaga uchraydi, ya'ni bu yerdagi xlorid kislota ta'sirida faolligini yo’qotadi. So’lakda yana juda kam miqdorda proteolitik va lipolitik fermentlar ham uchraydi (ular amaliy ahamiyatga ega emas).
So’lakdagi lizotsim (ferment) unga bakteritsidlik xususiyatini beradi (itlar yarasini yalab tuzatadi).
Bir sutkada odamda 1,5 l, qora mollarda esa 40-60 l- dan 120 l-gacha so’lak ajralishi mumkin (ovqat tarkibi va miqdoriga qarab).
1894 yili I.P.Pavlov so’lak bezlari yo’llarini tashqariga chiqarib tikib qo’yish usulini yaratgandan keyin so’lak ajralishini mukammal o’rganish boshlandi. Itlarda ma'lum qitiqlagich bo’lmaganida so’lak ajralmasligi aniqlandi. Turli ovqatli moddalarning rangi, hidi, mazasi, so’lak ajratuvchi asosiy qitiqlagichlar bo’lib xizmat qiladi. qitiqlanish boshlanishidan 1-3 sekund vaqt o’tishi bilan so’lak ajralishi boshlanadi. Quruq ovqat yeyilganida ko’p so’lak ajraladi. Itlarda orlib borilgan tajribalarda suv, fiziologik eritma so’lak ajralishini kuchaytirmasligini ko’rsatdi.
Odamda esa so’lak ajralishi to’xtovsiz davom etadigan protsessdir. U ko’proq nordon, sho’r moddalarga nisbatan kuchli ajraladi. Ham jismoniy ham aqliy mehnat so’lak ajralishini susaytiradi. I.P.Pavlov laboratoriyasida olib borilgan tajribalar shu narsani ko’rsatadiki, odamda ishqoriy moddalar kislotali, kislotali moddalar esa ishqoriy so’lak ajralishiga olib keladi. So’lak ajralishi dastavval reflektor protsess (markaziy nerv sistemasi boshqarib boradi). Markaziy nerv sistamasiga so’lak ajralishini chiqaradigan impulslar til, til - tomoq nervlari va adashgan nervning yuqori shoxchasi hisobidan va parasimpatik nervlar tarkibida nerv uchlarida maxsus mediator moddalar ajraladi. (Atsetilxolinsimon va adrenalinsimon moddalar), qaysikim bezlardan so’lak sintez qilinishida kimyoviy qitiqlagich bo’lib ta'sir qiladi. So’lak ajralishi ham shartsiz ham shartli reflektor yo’l bilan idora qilib boriladi (Batafsil tushuntirish kerak).
So’lak ajralishi qon tarkibining o’zgarishi bilan ham boshqariladi. Masalan, qonda SO2 ko’paysa (tegishli ravishda) karbonat kislota ko’payadi (so’lak ajralishi kuchayadi, masalan, odam bug’ilib nafas olishi qiyinlashganida) qon polikarpin yuborilganida so’lak ajralishi kuchayadi, atropin yuborilganda esa kamayadi..
Do'stlaringiz bilan baham: |