Ovqat hazm qilish sistema, ovqat xazm qilish kanali



Download 30,77 Kb.
bet1/7
Sana12.03.2022
Hajmi30,77 Kb.
#492272
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ovqat hazm qilish sistema


  1. Ovqat hazm qilish sistema, ovqat xazm qilish kanali (og'iz bo'shlig'i, halqum, qizil ungach, oshqozon-me’da, ingichka va yo'g'on ichaklar). Ovqat hazm qilish bezlari, katta va kichikari: joylashish.

Jigar, me’da, me’da osti bezi, so'lak bezlari. Ovqat hazm qilish. organlariga: og'iz bo'shlig'i, halqum, qizilungach, me’da, ingichka ichak va yo'g'on ichak kiradi. Hazm qilish
organlari uzun kanal shaklida bo'lib, og'iz teshigidan boshlanib, orqa chiqaruv teshigi (anal teshik) bilan tugaydi.
Hazm qilish kanalining devori asosan uchta pardadan iborat. Bularga ichki shiliq parda va shiliq parda ostidagi qavat, o'rta muskul qavati va tashqi - seroz parda kiradi.
Shiliq parda epiteliy to'qima bilan qoplangan. Epiteliyda bir qancha hazm qilish bezlari ham bor. Ular hazm qilish kanaliga quyiladigan o'ziga xos moddalar ishlab chiqaradi. Shiliq pardadan tashqari, hazm qilish kanalining tashqarisida ham hazm bezlari bor. Bularga uch juft so'lak bezi, jigar va me’da osti bezi kiradi. Bu bezlarning maxsus chiqarish yo'li bor.
Bezlarda ishlanib chiqqan so'lak, o't-safro va me’da osti bezi shirasi shu yo'l orqali hazm qilish kanaliga tushadi.
Ovqat hazm qilish kanalining muskul qavati ovqatning siljishida va mexaniq o'zgarishida katta rolь uynaydi. Muskul qavati halqumda va shzilungachning 2G'3 qismida ko'ndalang - targil muskul to'qimasidan, qizilungachning. pastki qismi, me’da va ichaklarda Silliq musxul yuukimasidan iborat. Muskul qavati ustini halqum va qizilungachda oiriktiruvchi to'qima, me’da, ingichka ichak va yo'g'on ichakda seroz parda o'rab turadi; seroz parda qorin pardasining vistseral varag'ini hosil qiladi.
Og'iz bo'shlig'i. Og'iz bo'shlig'i (cavum oris) hazm organlarining boshlang'ich qismi bo'lib, oldingi tomondan lablar, yon tomondan lunjlar, yuqoridan qattiq va yumshoq tanglay, pastdan og'iz bo'shlig'i tubidagi muskullar bilan chegaralangan. Orqa tomonda og'iz bo'shlig'i tomoq orqali halqumga qo'shiladi.
Tomoq. Tomoq yuqoridan yumshoq tanglay, pastdan til ildizi va yon tomondan tanglay ravoqlari bilan chegaralangan. Ravoqlar orasidagi chuqurda limfa to'qimasidan hosil bo'lgan tanglay mo'rtagi bor. Ular organizmni himoya qilish vazifasini bajaradi. Jag' suyaklari, milklar va tishlar og'iz bo'shlig'ini ikki qismga: og'iz bo'shlig'i dahlizi va asl og'iz bo'shlig'iga ajratib turadi.
Og'iz dahlizi va asl og'iz bo'shlig'i ichki tomondan shiliq parda bilan qoplangan bo'lib, jag' suyaklarining alьveolyar o'simtalari ro'parasida bu shiliq parda milklarga aylanadi.Milklar jag' suyaklarining suyak pardasi bilan birikib ketgan.
Og'iz bo'shlig'ining shiliq pardasi ko'p qavatli epiteliy to'qimasi bilan qoplangan. Bu pardada juda ko'p mayda so'lak bezlari bor. Ularda ishlanib chiqadigan so'lak og'iz shiliq pardasini xo'llab turadi.
Bezlar joylashgan o'rniga qarab nomlanadi: til bezlari, tanglay bezlari, lunj bezlari va h.k.z. Mayda so'lak bezlaridan tashqari, og'iz bo'shlig'iga uch juft yirik so'lak bezi yo'llari ochiladi. Bular quloq oldi, jag' osti va til osti
bezalaridir. Quloq oldi bezining yo'li og'iz dahlizida, jag' osti va til osti bezlarining yo'li til ostida og'iz bo'shlig'iga ochiladi. Lablar harakatchan organ bo'lib, ovqatni og'iz bo'shlig'iga olishda va gapirishda katta rolь o'ynaydi. Lablarda asosan og'izning doiraviy muskullari joylashgan. Muskullar ustki tomondan teri bilan ichki tomondan shiliq parda bilan qoplangan. Lunjlar ham lablar kabi tuzilgan. Lunjlar sirtida, teri, o'rtasida lunj muskullari va ichkarisida shiliq parda bor. Og'iz bo'shlig'ining yuqori tomonida qattiq tanglay joylashgan. U orqa tomonda yumshoq tanglayga o'tadi. Yumshoq tanglay asosan muskullardan iborat, muskullar ustini shiliq parda qoplab turadi. Yumshoq tanglayning orqa qismi parda kabi osilib tushadi, uning o'rtasida tilcha joylashgan. Ovqat yutishda yumshoq tanglay ishtirok etadi. Muskullar qisqarishi natijasida tanglay pardasi yuqoriga ko'tarilib, og'iz –halqumni burun - halqumdan ajratadi, shu sababli ovqat luqmasi burun bo'shlig'iga o'tolmay va qizilo'gachga tushadi.
Til. Til ovqatni chaynashda, yutishda va gaprishida ishtirok etadigan: muskulli organ bo'lib, muskullar ustidan shiliq parda qoplab turadi. Tilda uni suyaklarga biriktiruvchi skelet muskullari va tilning xususiy muskullari bor. Tilning xususiy muskullari uzunasiga, ko'ndalang va vertikal joylashadi. Til uch qismga: tana, uch va til ildiziga bo'linadi. Tilning yuqori yuzasi til orqasi deb ataladi. Tilning shiliq pardasida zamburug'simon, ipsimon va bargsimon surg'ichlar joylashadi. Bu so'rg'ichlarda tam bilish piyozchalari bor. Shu sababli til ta’m bilish organi hisoblanadi. Til ildizida limfa to'qimasidan hosil bo'lgan til murtagi joylashadi. Tilni yuqori ko'tarsak, uning ostida til yuganchasini ko'ramiz.

Download 30,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish