MAVZU: Organizmda energiya almashinuvi. - KIRISH
- I. Adabiyotlar tahlili
- II.Asosiy qism II.1. Energiya almashinuvi II.2. Hujayralararo energiya almashinuvining fizik-biologik asoslari II.3. Energiya o’zgarishlari va umuman moddalar almashinuvi II.4. Organizmda energiya muvozanati va uni aniqlash
- Xulosa
- Adabiyotlar ro’yxati
- Energiya almashinuvi hayot uchun asos bo'lib, inson fiziologiyasi, metabolizmi va ovqatlanishini o'rganishda asosiy tosh hisoblanadi. Tirik organizmdagi har qanday jarayonlar energiya ajralishi bilan boradi. Energiya ajralishi organizmning ish bajara olishidan dalolat beradi. Energiyalarning xossalariniva tizimda ularning o’zgarishini fizikaning maxsus bo’limi termodinamika o’rganadi. Atrof-muhitdan shartli ravishda ajratib olingan mavjudotlar majmui termodinamik tizim deyiladi. Termodinamik tizimni alohida, yopiq va ochiq turlarga bo’ladilar.
- Alohida yoki ajratib olingan tizimga kiruvchilarning energiya va massasi o’zgarmaydi, ular atrof muhit bilan modda va energiya almashmaydilar.
- Yopiq tizimda atrof muhit bilan energiya almashadilar, lekin modda almashmaydilar, shuning uchun ularning massasi doimiy o’zgarmas holda bo’ladi.
- Ochiq tizimda esa atrof muhit bilan ham modda, ham energiya almashinuvi sodir etiladi.
Termodinamika nuqtai nazaridan tirik organizmlar ochiq termodinamik tizimga kiradilar, chunki ular hayoti davomida tashqi muhit bilan tinimsiz modda va energiya almashinuvida bo’ladi. Organizmda barcha modda va energiya almashinuvlarini umumlashtirib metabolizm (modda almashinuvi) deb nomlangan. Metabolizm ikki qarama-qarshi yo’nalgan va bir-biri bilan bog’liq: anabolizm (assimilyatsiya) va katabolizm (dissimilyatsiya) jarayonlaridan iborat. Modda almashinuv jarayonida doimo energiya aylanishi sodir boʻladi: ovqat tarkibida organizmga tushgan murakkab organik birikmalar energiyasi issiqlik, mexanik va elektrik energiyalarga aylanadilar. Odam va hayvonlar atrof muhitdan energiyani yogʻ, oqsil, karbonsuv molekulalarining kimyoviy bogʻlaridagi potensial energiya sifatida oladi. - Modda almashinuv jarayonida doimo energiya aylanishi sodir boʻladi: ovqat tarkibida organizmga tushgan murakkab organik birikmalar energiyasi issiqlik, mexanik va elektrik energiyalarga aylanadilar. Odam va hayvonlar atrof muhitdan energiyani yogʻ, oqsil, karbonsuv molekulalarining kimyoviy bogʻlaridagi potensial energiya sifatida oladi.
- Hayot faoliyatining barcha jarayonlari anaerob va aerob metabolizm natijasida hosil boʻlgan energiyalar bilan taʼminlanadilar. Energiyani kislorod ishtirokisiz hosil boʻlishi, masalan, glikoliz (glyukozaning sut kislotasigacha parchalanishi), anaerob almashinuvi deyiladi.
- Glyukozaning (glikoliz) yoki glikogenni (glikogenoliz) anaerob parchalanishi natijasida 1 mol glyukoza 2 mol laktatga aylanadi va 2 mol ATF hosil boʻlishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |