Vositali kalorimetriyada maʼlum bir vaqt oraligʻida isteʼmol qilingan va ajralib chiqayotgan gazini aniqlash orqali organizmdagi energetik sarf xisoblab topiladi. Chunki energiya ajralishi asosan organizmdagi oksidlanish jarayoniga bogʻliqdir. Shuning uchun ham gaz almashinuvini oʻrganish orqali Organizmdagi energetik sarfni aniqlash mumkin.

II.4 Organizmda energiya muvozanati va uni aniqlash
Moddalaming kirim va chiqim energiya muvozanatini, organizmga oziq moddalar bilan tushgan energiya miqdori bilan organizm tomonidan tashqi muhitga ajratadigan energiya miqdori orasidagi nisbatni hisoblab aniqlash mumkin.
Organizmga qabul qilingan oziq moddalarning vazni va tarkibi, uning tarkibidagi oqsillar, yog`lar va uglevodlar miqdori hamda o'zlashtirilish koeffisiyentlarini hisobga olgan holda organizmda oksidlangan oziq moddalarning miqdorini aniqlash mumkin, demak organizmning energiya muvozanatini hisoblash mumkin.
Metabolizm darajasini aniqlash. Katabolizm natijasida hosil boʻlgan energiyaning deyarli yarmi ATF molekulasini sintezi paytida issiqlik sifatida sarflanadi. Muskul qisqarishi paytidagi energiyaning 80% issiqlik sifatida yoʻqoladi, faqat uning 20% gina mexanik ish (muskul qisqarishi) ga sarflanadi. Agar inson ish bajarmasa unda hosil boʻlayotgan energiyaning barcha qismi issiqlik sifatida chiqarib yuboriladi (masalan: inson tinch holatda yotganda). Demak ajralib chiqayotgan issiqlik kattaligi odam organizmidagi modda almashinuvi darajasini toʻla oʻzida aks ettirar ekan.
Energiyani kunlik sarfi. Sogʻlom odam Organizmidagi kunlik energetik sarfi asosiy almashinuvdan farqlanadi va u quyidagi qismlardan tarkib topgan: asosiy almashinuv; ishchi qoʻshimcha, yaʼni maʼlum bir ishni bajarish uchun sarflangan energiya; ovqatli moddalarning spetsifik dinamik taʼsiri.

Bir sutkada ajralib chiqqan energiyalarning yigʻindisi ishchi almashinuvni tashkil qiladi. Har xil jismoniy harakatlarda ajralib chiqadigan energiya jismoniy faollik koefitsiyenti bilan aniqlanadi, u umumiy energetik sarfni asosiy almashinuv kattaligiga boʻlgan nisbat bilan aniqlanadi.