Oʻtirgan holda yengil ish bajarish uchun bir sutkada 2400-2600 kkal jismoniy zoʻriqish bilan bajarilayotganda 3400-3600kkal, oʻta ogʻir jismoniy mehnat bilan shugʻullanganda 4000-5000 kkal va undan ortiq energiya zarur. Chiniqqan sportchilarda qisqa vaqt ichida jadal mashq bajargan paytlarida ishchi energetik sarf asosiy almashinuvga nisbatan 20 marotabagacha ortishi mumkin. Ovqat isteʼmol qilinishi energetik sarfni kuchaytiradi (ovqatli moddalarning spetsifik dinamik taʼsiri). Oqsilli ovqat modda almashinuv jadalligini 25-30%ga, karbonsuv va yogʻlar esa 10% ga orttiradi. Uxlayotgan paytda modda almashinuv jadalligi asosiy almashinuvdan 10% ga kamayadi. Buning sababi uxlayotgan paytda muskullarning boʻshashgan holda boʻlishidir. Qalqonsimon bezi giperfunksiyasida asosiy almashinuvi kuchayadi va gipofunksiyada esa susayadi. Gipofiz va jinsiy bezlar gipofunksiyasida asosiy almashinuv jadalligi pasayadi. - Ovqat isteʼmol qilinishi energetik sarfni kuchaytiradi (ovqatli moddalarning spetsifik dinamik taʼsiri). Oqsilli ovqat modda almashinuv jadalligini 25-30%ga, karbonsuv va yogʻlar esa 10% ga orttiradi. Uxlayotgan paytda modda almashinuv jadalligi asosiy almashinuvdan 10% ga kamayadi. Buning sababi uxlayotgan paytda muskullarning boʻshashgan holda boʻlishidir. Qalqonsimon bezi giperfunksiyasida asosiy almashinuvi kuchayadi va gipofunksiyada esa susayadi. Gipofiz va jinsiy bezlar gipofunksiyasida asosiy almashinuv jadalligi pasayadi.
Xulosa: - Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tirik organizmdagi har qanday jarayonlar energiya ajralishi bilan boradi. Energiya ajralishi organizmning ish bajara olishidan dalolat beradi. Bizga ma’lumki odam organizmi asosiy energiyani oziq-ovqat maxsulotlaridan oladi. Ovqat tarkibida organizmga tushgan murakkab organik birikmalar energiyasi issiqlik, mexanik va elektrik energiyalarga aylanadilar. Odam va hayvonlar atrof muhitdan energiyani yogʻ, oqsil, karbonsuv molekulalarining kimyoviy bogʻlaridagi potensial energiya sifatida oladi. Oziq moddalar murakkab kimyoviy o'zgarishlardan keyin yuqori molekulyar moddalalardan oddiy moddalarga aylanadi va bu energiya ajralishi bilan birga kechadi. Fiziologiyaning vazifasi organizmdagi umumiy modda va energiya sarfini bilish va uni toʻla qoplash uchun qanday ovqatlanish kerak ekanligini aniqlashdan iborat. . Modda va energiya almashinuvi jarayonlarining organizmda normal kechishi uchun ekologik muhit sog’lomligini doimo ta’minlashimiz kerak. Insonga tashqi muhitdan bo’ladigan har qanday ta’sir bu jarayonni buzishi mumkin. Odam o’z turmush tarzida havoni, suvni, tuproqni ifloslanishdan saqlashga , oziq moddalar tarkibida kerakli bo’lgan oqsillar, yo’g’lar , uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlarni yetarli bo’lishini ta’minlashi lozim .
E’tiboringiz uchun raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |