Mavzu: Energiya va energiya resurslari narxi tuzulishi Energiya yun



Download 79,58 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.07.2022
Hajmi79,58 Kb.
#765513
Bog'liq
ett maruza



Mavzu: Energiya va energiya resurslari narxi tuzulishi
Energiya (yun.

harakat, faoliyat) 

har qanday koʻrinishdagi
materiya, xususan, jism yoki jismlar 
tizimini tashkil etuvchi zarralar harakatining hamda bu zarralarning oʻzaro va boshqalar zarralar bilan 
taʼsirlarining miqdoriy oʻlchovi. Xalqaro birliklar tizimida energiya xuddi ish kabi joulda; atom fizikasi, 
yadro 
fizikasi va elementar zarralar fizikasida esa elektronvolt on oʻlchanadi. Energiya yoʻqdan bor 
boʻlmaydi va mavjud energiya yoʻqolmaydi, faqat u bir turdan ikkinchi turga oʻtadi (qarang 
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni). Fizika materiya oʻzaro bogʻ
langan modda va maydon 
shaklida oʻrganiladi. Materiyaning harakatlariga mos holda energiya shartli ravishda mexanik, ichki, 
elektromagnit, kimyoviy va boshqalar turlarga ajratib tekshiriladi. Masalan, kimyoviy energiya 
elektronlarning kinetik energiyasi hamda elektronlarning bir-
biri va atom yadrolari bilan oʻzaro 
taʼsirlari natijasida vujudga kelgan energiyalar yigʻindisiga teng. Muayyan tizimning holatini ifodalovchi 
parametrlarga bogʻliq boʻlib, tizimning har bir holatiga aniq bir energiya qiymati toʻgʻ
ri keladi. 
Tizim1shng istalgan holatidagi energiya qiymati tizim bu holatga qanday usul bilan kelganligiga bogʻliq 
emas. Binobarin, energiya tizim holatining funksiyasidir. Tutash muhit yoki maydon uchun energiya 
zichligi va energiya oqimi tushunchalari qo
ʻ
llaniladi. Birlik hajmdagi energiya energiya zichligi va 
energiya zichligining uning tarqalish tezligiga koʻpaytmasiga teng kattalik esa energiya oqimi deb 
ataladi. Tartibsiz harakatlanuvchi juda koʻp zarralardan iborat tizimlarning, yaʼni makroskopik 
jis
mlarning oʻzaro taʼsirida issiklik miqdori muhim rol oʻynaydi. Tizimning mexanik harakatlanishi 
uchun tashqi kinetik energiyasini, boshqa tizimlar bilan maydonlarning oʻzaro taʼsiri tashqi potensial 
energiyasini hosil qiladi. Tizimning tashqi energiyasi tashqi kinetik va tashqi potensial energiyalari 
yigʻindisiga teng. Makroskopik harakatsiz, boshqa tizimlar va maydonlar bilan oʻzaro taʼsir qilmagan 
tizim energiyasi uning ichki energiyasi boʻladi. Tizimning har qanday holatidagi ichki energiyasi aniq 
qiymat
ga ega, yaʼni ichki energiya holat funksiyasidir. Tizimni tashkil qilgan atomlar va molekulalarning 
energiyalari, ular tarkibidagi elektronlar, yadrolarning oʻzaro taʼsir energiyalari va h.k. ichki energiya 
tarkibiga kiradi.Termodinamikada erkin energiya v
a bogʻlangan energiya tushunchalari qam keng 
qoʻllaniladi. Baʼzan energiya turlari ichida issiqlik ener
,giyasi ham mavjud. Tizim zarralarining betartib 
harakat energiyasi issiqlik energiyasi deb ataladi. Har qanday jism yoki elementar zarra energiyaga ega 
ekan, u massaga ham ega. Ammo shunday zarralar ham mavjudki, ularning tinch holatdagi massasi 
nolga teng, binobarin tinch holatdagi energiyalar ham nolga teng. Fotonlar va neytronlar shular 
jumlasiga kiradi. Atom yadrosi nuklonlardan tashkil topgan. Yadroning tinch holatdagi massasi 
nuklonlarning tinch holatdagi massalari yigʻindisiga teng emas Bu ikki massa ayirmasi AM yadroning 
massa defekti deyiladi. Klassik fizika tushunchalariga asosan har qanday tizimning holatlari uzluksiz 
ravishda oʻzgarib, energiyasi uzluksiz qiymatlarga ega boʻlishi mumkin. Ammo kvant nazariyasiga 
asosan harakatlari chegaralangan hajmdagi fazoda sodir boʻlayotgan mikrozarralar har qanday 
holatlarda boʻla olmaydi, u faqat maxsus holatlardagina boʻlishi mumkin, binobarin bu holatlarg

tegishli energiya uzlukli qiymatlarga ega boʻladi. Tashqaridan energiya kvantini qabul qilgan tizim 
koʻproq energiyali holatga oʻtadi. Energiya kvantini tashqariga chiqarish natijasida tizim kamroq 
energiyali holatga qaytadi.Barcha tabiat hodisalari, insonning butun hayoti va faoliyati energiya bilan 
bogʻliq. Keng koʻlamli energetika sohasi energiya tushunchasiga asoslangan. Energiya shakllarini oʻzaro 
almashtirish, energiyani uzoq masofalarga uzatish, uning maʼlum manbalaridan foydalanish, yangi 
energiya manbalarini qidirish kabi masalalar fan va texnika uchun asosiy muammolardan biri 
hisoblanadi.
Suv, shamol, oʻrmon, koʻmir, neft, gaz kabi cheklangan yer boyliklaridan katta surʼatlar 
bilan foydalanilishi natijasida ular tobora kamayib bormoqda, binobarin kishilik jamiyati oldida turgan 
dolzarb masala yangi energiya manbalarini qidirib topish. Hozirgi kunda diqqatga sazovor boʻlgan yangi 
energiya manbalari Quyosh (qarang Geliotexnika, Geliofizika) va atom yadrosi hisoblanadi. Ogʻir 
element yadrolarining par
chalanishidan hosil boʻladigan energiyadan xalq xoʻjaligida tobora keng 
foydalanilmoqda (qarang Atom reaktori, Atom elektr stansiyasi). Yengil element yadrolari 


qoʻshilishidan ogʻirroq element yadrolari paydo boʻlishida ajralib chiqadigan energiyadan foyda
lanish 
eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Guruh Nomi Narxi (so’m)
2019 yil 
15 avgustdan 
I guruh Ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan 
tarif bo‘yicha hisob
-
kitob qilinadigan iste’molchilar (byudjet tashkilotlari, suv ta’minoti tashkilotlari, 
fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalarining nasos stansiyalari, shuningdek davlat 
byudjetidan moliyalashtiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) uchun 450,0 
II guruh Elektr energiyasi uchun b
ir stavkali tarif bo‘yicha hisob
-
kitob qiladigan iste’molchilar, maishiy 
iste’molchilardan tashqari 450,0
III guruh Maishiy iste’molchilar (aholi turmush ehtiyojlari uchun uy
-joylar, xonadonlar, yotoqxonalar, 
yordamchi xo‘jaliklar, shaxsiy foydalaniladigan
tomorqa bog‘ ob’yektlari, shu jumladan bog‘ shirkatlari 
va dala hovlilar sug‘orish nasoslari, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlar, xususiy uy
-joy mulkdorlari 
shirkatlari va kommunal-ekspluatatsiya tashkilotlarining umumiy uy-joy ehtiyojlari, elektr 
ener
giyasidan aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun foydalanadigan idoraviy va munitsipal
uy-joy fondi, yuridik shaxslar yotoqxonalari va oilaviy korxonalar, shuningdek, elektr energiyasidan 
aholi ehtiyojlari uchun foydalanadigan lokal qozonxonalar) uchun 295,0 
Turar-joy binolari va yotoqxonalarda yashovchi uy-joy, belgilangan tartibda oziq-ovqat mahsulotlarini 
tayyorlash uchun elektr plitalari bilan jihozlangan maishiy iste’molchilar uchun 147,5
IV guruh Byudjet tashkilotlaridan tashqari elektr energiyasidan binolarni elektr bilan isitish, issiq suv 
ta’minoti va ovqat tayyorlash maqsadida foydalanadigan I va II tarif guruhlari iste’molchilari uchun 
450,0 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8
-noyabrdagi PQ-3379-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
ro‘yxat bo‘yicha “Mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va ayrim xizmatlar ko‘rsatuvchi” iste’molchilar 
uchun 

Download 79,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish