Mavzu:Poyada oziq moddalarning harakatlanishi
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga o’simliklar poyasida oziq moddalarning harakatlanishi haqida bilimlar berishTarbiyaviy maqsad: Poya po’stlog’ining o’simlik uchun ahamiyatini tushunish, ularni shikastlamaslik kerakligini anglash
Rivojlantiruvchi maqsad: tajriba jarayonini kuzatish , fikrlash, hulosa chiqara olish, unga to’g’ri izoh berish, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish.Ta’lim shakli: Dars Metodlari: Guruhlarda o’qitish, kichik ma’ruza, prezentatsiya, Venna diagrammasi, biologic diktant.Nazorat: Prezentatsiya, og’zaki nazorat. Baholash: Rag’batlantirish, guruhlar ishini baholash, o’tgan mavzu bo’yicha yakka tartibda baholash.Jihozlar: Suvga solingan 3 haftalik novdalar, siyohli suvga 2-3 soat solingan novdalar, po’stlog’i halqa qilib kesilgandan keyin suvga solingan novdalar, guruhlar uchun yozma vazifalar, A-4 qog’oz.Kutilayotgan natija:O’ quvchilar berilgan novdalarni kuzatish orqali suv va unda erigan mineral tuzlar yog’ochli orqali, organik moddalar esa po’stloq orqali harakatlanishini mustaqil tushunib oladilar.
Barcha tirik mavjudotlar singari, o’simliklar ham oziq moddalar bilan tirik. Shunday ekan, bu oziq moddalar poyada qanday harakat qiladi, degan savol tug’iladi. Tarkibida mineral tuzlar bo’lgan suv yog’ochlik orqali ildizdan barglar tomon harakatlanadi. Buni tajribada sinab ko’rish mumkin. Buning uchun barg chiqargan novda yoki ochilib turgan gullardan foydalanish mumkin. Agar berilgan rangli suvga daraxt- ning bargli novdasini solib qo’yib, 2-3 soatdan keyin ko’n- dalangiga va uzunasiga kesilsa, rangli suv novda bo’ylab yuqoriga ko’ tarilganligi sababli yog’ochlik qism bo’yalganini ko’rish mumkin.Oziq moddalar lubdagi elaksimon naylar bo’ylab harakat- lanadi Shakar suvda oson erib, lubning elaksimon naychalari orqali o’simlikning turli qismlarida to’planadi. Shakar ayrim
O’simliklarning, masalan, sabzi va lavlagining ildizmevasida, boshqalarining esa mevasi va urug’ida to’planadi. Kartoshka tugunagida esa shakar kraxmalga aylanadi.Oziq moddalarning barglardan lubga va u orqali boshqa organlarga o’tishini tajribada ko’rish mumkin. Buning uchun tol yoki terakning bir xil uzunlikdagi ikkita bargli novdasidan kesib olinadi. Novdalardan birining pastki qismidan sal yuqo- rirog’idagi po’stlog’i halqa shaklida kesib olinadi. Novdalar bir vaqtda suvga solinadi. Lekin po’stlog’i halqa shaklida kesilgan novdaning faqat pastki uchi suvga tushiriladi. Oradan ikki hafta o’tgach, nazorat uchun olingan novdaning pastki qismida ildizlar paydo bo’ladi. Po’stlog’i halqa shaklida kesib olingan novdada esa ildizlar po’stlog’i kesilgan joyining (halqaning) yuqorisida hosil bo’ladi. Bundan ko’rinib turib- diki, novdaning po’stlog’i kesib olingan pastki qismiga oziq moddalar o’tmas ekan.Xulosa qilib aytganda, organik moddalarning o’simlik bo’ylab harakatlanishida lub qavati katta rol o’ynaydi.Shunday qilib, suvda erigan holdagi mineral moddalar (oziq moddalar) nay tolali bog’lamlar orqali o’simlikning barcha organlari bo’ylab harakatlanadi. O’simliklarning oziq- lanishida ularning barcha organlari bir-biriga bog’liq holda ishtirok etadi. Agar ulardan birortasi qatnashmasa, oziqlanish jarayoni buziladi. Masalan, ildiz suv va unda erigan mineral tuzlarni zarur miqdorda yetkazib bermasa, barglarda organik moddalar kam hosil bo’ladi. Aksincha, barglarda organik moddalar yetishmasa, o’simliklarning barcha hujayra, to’qima va organlari o’sish va rivojlanishdan to’xtaydi.O’simlikdagi oziq moddalar harakatini o’simlik shox-shabbasiga shakl berish va qisqartirish hisobiga kerakli tomonga yo’naltirish mumkin. Masalan, g’o’zani chilpish organik moddalarni barglardan gul va mevalarga tomon yo’naltirish imkonini beradi.Shunday qilib, poyaning yog’ochlik qismi orqali suv va unda erigan mineral tuzlar, lub qavati orqali esa organik moddalar harakatlanadi.Xona o’simliklaridan xinaning bitta shox- chasini oling, uni siyohli (rangli) suvga solib, unda moddalarning harakatini kuzating. Uning shoxcha- sini ko’ndalangiga kesib ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |