Foydalanilgan adabiyotlar: 1. https://uz.unansea.com/pol-ekman-biografiya-kitoblar-va-nazariyasi/
2. Alan Piz tana tili kitobi.
3. Pol Yekman Yolgʻon nazaryasi kitobi .
4. https://www.bbc.com/uzbek/lotin/2015/09/150908_latin_how_to_spot_a_liar.
5. https://optolov.ru/uz/balcony-and-loggia/chto-takoe-lozh-i-obman-v-obshchenii-proyavleniya-lzhivosti-i-lzhi-lzhivost.html.
6.blob:https://xn--80affa3aj0al.xn--80asehdb/9e2b704e-bb74-4ad6-8dbb 6e88c1bd7a0a.
KONSTITUTSIYA – HUQUQIY DAVLATNING ISHONCHLI KAFOLATI Termiz davlat Universiteti
Tarix fakulteti 4- kurs talabasi
Abdinabiyev Hikmatilla Ehsonovich.
Annotasiya: Ushbu maqolada konstitutsiya tushunchasi uning taraqqiyot bosqichlari, ta`rifi O`zbekiston respublikasida konstitutsiyasining hozirgi kundagi fuqorolik jamiyatini shakllantirishdagi o`rni, siyosatchilarning konstitutsiya haqidagi fikrlarini o`z ichiga oladi.
Kalit so`zlar: Konstitutsiya, demokratik tizim, fuqorolik jamiyati, huquq, Harakatlar strategiyasi, demokratik islohot.
Inson huquqlari muammosi bugungi kunda insoniyat oldida turayotgan eng dolzarb muammolardan biridir. Aynan inson huquqlarining a’minlanganganlik darajasi bilan davlatning demokratik rivojlanganlik darajasi o‘lchanadi, inson huquqlari muayyan bir mamlakatda demokratik-huquqiy davlat barpo etish siyosatining o‘ziga xos barometridir. Zero, inson huquqlarini ta’minlash jamiyatning barcha jabhalardagi taraqqiyotning asosi, chunki inson huquqlari ta’minlangan jamiyatda raqobat muhiti paydo bo‘ladi hamda ijobiy o‘zgarishlar va yangilanishlar sur’atlari jaddalashadi hamda pirovardida demokratik huquqiy davlat qurish bo‘yicha strategik maqsadga erishiladi. Har bir davlat tarixiy rivojlanish davrida o`zining ijtimoiy- iqtisodiy siyosiy va madaniy rivojlanish jarayonlarini belgilab beruvchi o`zining normalar tizimiga ega hisoblanadi. Yuksak darajada tuzilgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini o`zida aks ettirgan qonunlar tizimi bilan davlatlar fuqarolar uchun ijtimoy hayotda teng imkoniyatlar yaratib beradi. Har bir davlatning rivojlanishining asosiy bir qolip shakli yo`q lekin har bir davlatda demokratik tizimni belgilab beruvchi konstitutsiyasi bor. Konstitutsiya tushunchasi haqida to`xtalib o`tadigan bo`lsak huquqiy atama sifatida bu tushuncha turli davrda turlicha talqin etib kelingan hozirgi kunda bu tushuncha lotincha “constitutio” so`zdan olingan bo`lib “ tizim, tartib o`rnatish, barpo etish, tashkil qilish” degan ma`nolarni bildiradi. Konstitutsiya –eng oliy huquqiy shakl bo`lib unda konstitutsiyaviy tuzum qadriyatlari, institutlari va normalari, davlat hokimiyatining ijtimoiy aloqalari va munosabatlarini davlat-huquqiy tartibga solish asoslari mustahkamlab qo`yiladi. 1789 yildan hozirgi kungacha jahon mamlakatlarida 3500 dan ortiq konstitutsiyalar qabul qilingan bo`lib bu konstitutsiyalarda o`sha davr jamiyat nuqtayi nazaridan kelib chiqgan holatda qabul qilingan. Jamiyatdag barcha tartib tamoyillarni konstitutsion normalardan kelib chiqilgan holatda ishlab chiqiladi. Konstitutsiya haqida ingliz siyosatchisi Genri Sent-Jon vikont Volingbrokning fikri:– “Konstitutsiya deganda, biz ongu tafakkurimizning muayyan mustahkam prinsplaridan kelib chiqadigan va ijtimoiy farovonlik maqsadlariga yo`naltirilgan, jamiyat rioya qiladigan aniq va yagona tizimga solingan qonunlarning va qoida mujassamini tushunamiz.” Siyosatchining mulohazalariga tayansak fuqarolik jamiyatining mustahkam tayanchi va farovonligi vositasi bu konstitutsiyadir. O`zbekiston respublikasi konstitutsiyasida shu yurt odamlari ichida azaldan mavjud bo`lgana adolat va odillik mardlik, odillik, tantilik va bag`rikenglik kabi hislatlar bilan sug`orilib, asosiy qonunni qabul qilishda jahonning ilg`or rivojlangan demokratik davlatlarning konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi yuridik tajribalari inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining umum e`tirof etilgan normalari hamda boshqa xalqaro hujjatlarga asoslangan holda qabul qiingan. O`zbekiston respublikasi konstitutsiyasining qabul qilinishda o`zbek davlatchiligi rivojlanishining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan qoidalarini ustunligini tan olgan holda, respublika fuqoralarining munosib hayot kechirishlarini ta`minlashga intilib, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishni ko`zlab, fuqarolarining tinchligi va milliy totuvligini ta`minlashni maqsad qilib qo`ygan holatda qabul qilingan. Davlatimizning o`tgan davr miqyosidagi ijtimoiy hayotining barcha sohalarida tizimli va bosqichma bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarning tub negizida ham asosiy qonunimiz konstitutsiyamiz yotadi. O`zbekiston respublikasi konstitutsiyasi 13-modda: O`zbekiston respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson uning hayoti, erkinligi, sha`ni qadr-qimmati va boshqa daxlsizlik huquqlari oliy qadriyat hisoblandi. Demokratik huquq va erkinliklar konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Bu normadan bilishimiz mumkinki fuqarolarning davlat tomonidan huquqiy himoyalash tizimi belgilab qo`yilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyati fuqarolarning huquqlarini mustahkamlashi ijtimoiy hayotda ularga teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgandir. Shuningdek inson uning huquq va manfaatlarini himoyalashga qaratilgan tizim yilda-yilga takomillashtirib borilmoqda. O`zbekiston respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev ta`kidlab o`tganidek “Davlat organlarining kundalik faoliyatida inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy tamoyil so`zsiz ta`minlanishi shart. Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan prinsp barcha bo`g`indagi rahbarlar faoliyatida asosiy qoidaga aylanishi kerak deb bejizga ta`kidlamagan edi. 2010 yil 12-noyabrdagi “Mamlakatimizdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” da belgilab berilgan yo`nalishlarda davlatimizning fuqarolarning huquqlarini ta`minlash tizimini takomillashtirish belgilangan edi. Prezident Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va shu yilning 7 fevralida tasdiqlangan 2017-2021 yillarda “O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishni beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi”da ham mamlakatimizning ijtimoiy hayot tizimi va qonunchilik boshqaruv tuzilmasida ham tizimli o`zgarishlar qilishni belgilab berdi. Mamlakatda adolatli fuqarolik jamiyati rivojlanishini belgilab beradigan asosiy yo`nalishni konstitutsiya normalari belgilab beradi. O`zbekiston respublikasi demokratik tizimlar haqida ham xalqaro hamjamiyatda e`tiroflar mavjud, Shulardan Ma`muriy fanlar xalqaro institutining bosh direktori Role Loretan quyidagicha fikr bildirgan: “Dunyoning demokratik mamlakatlari konstitutsiyalari singari O`zbekistonning Asosiy qonuni ham davlatning rivojlanishidagi muhim va fundamental asos hisoblanadi. U barcha sohaning siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy jihatdan muvaffaqiyat bilan rivojlanish zaminini mustahkamladi. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar mohiyat-e’tibori bilan bu sohani butunlay yangi bosqichga olib chiqish, pirovardida inson huquq va manfaatlari himoyasini samarali ta’minlashga keng imkoniyatlar yaratdi. Harakatlar strategiyasida aynan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashga alohida urg‘u berilgani bejiz emas. Zero, odil sudlovni og‘ishmay amalga oshirishda, fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlari bo‘yicha adolatli qaror qabul qilishda buning ahamiyati beqiyos. Asosiy qonunda o`z ifodasini topgan mazkur me`yor va tamoyillar bilan tanish bo`lgan mutaxassis sifatida shuni ishonch bilan aytishim mumkinki, u fuqarolar huquq va erkinliklari, adolatli saylovlar taminlanishi, fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishining kafolati hamda mamlakat demokratik taraqqiyotining ustuvor asosi hisoblanadi.” degan fikrlaridan ham bilishimiz mumkinki konstitutsion tizimning demokratik tamoyillarga tayangan holatda ishlab chiqilganidan dalolat beradi va insonparvar demokratik huquqiy davlatda hamma narsa inson va uning farovon hayot kechirishi uchun qaratilganligini anglaymiz.
Muxtasar aytganda, inson huquqlariga oid xalqaro prinsip va standartlarni o‘zida mujassam etgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari va prinsiplari milliy qonunchilik negizini tashkil etdi hamda yurtimizda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilishning barqaror huquqiy asoslarini yaratishda mustahkam poydevor bo‘ldi.