IQTISODIY TIZIMLАR VA IJTIMOIT-IQTISODIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI
REJA:
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishga bo'lgan turlicha yondashuvlar.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari.
Iqtisodiy tizim turlari
Moddiy dunyo juda ko’p tizimdan tashkil topgan. Tizim - «sistema» so’zi grekcha bo’lib qonuniy jixatdan bir-biriga bog’langan ko’plab unsurlarning ma’lum bir yaxlitligini ifodalaydi. Unsurlar - murakkab yaxlit narsaning tarkibiy qismidir.
Tizim nuqtai nazaridan qaralganda ishlab chiqarish axborot aloqalari bilan birlashsa kibernetika tizimini tashkil etadi. Tizim unga kiruvchi va narsalarda ifodalanuvchi moddalar sifati va xolati bilan xarakterlanadi, boshqa tizimlar bilan o’zaro ta’sir natijasida mavjud buladi, ya’ni doimo xarakatchan, o’zgaruvchan xususiyatga egadir.
Xarakat - bu materiyaning mavjud bo’lish usulidir. Dunyoda xarakatsiz materiya va materiyasiz xarakat mavjud emas. Xarakat faoliyat, energiyani ifodalaydi.
Bizni o’rab turgan tabiat ma’lum tizimni yoki birikmani, jismlar bog’likligini tashkil etadi, bu yerda jism deyilganda barcha moddiy xaqiqat, yulduzlardan tortib atomlar, efir zarrachalarigacha tushuniladi.
Demak tizim - bu jismlarning tabiatini belgilovchi tarkibiy unsurlardan tashkil topgan birikmasidan iborat.
Bog’liklik - ob’ektiv dunyoning eng muxim xususiyatlaridan biridir. Bog’lik mavjudligi tufayli dunyo xodisalarining betartib yig’indisi emas, balki qonuniy xarakat jarayonidan iboratdir.
Tizimlar turli shakllarga ega bo’ladi. Turli-tuman bo’lishiga qaramay, ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: texnikaviy, texnologik, biologik, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlar.
Tizimning xar bir turi o’zining aniq vazifalariga ega:
texnikaviy tizim, uskunalar majmuining o’zaro bog’liq yig’indisidan, shu jumladan orgtexnika, EXMdan iborat (bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridir);
texnologik tizim qonun-qoida, me’yor, standartlar yig’indisi, marketing xizmatidan iborat;
tashkiliy tizim ishlab chiqarish jarayonni amalga oshirish, mexnat resurslaridan maqbul ravishda foydalanish, boshqaruv tashkiliy tizimlarini yaratish uchun imkon beradi;
Texnikaviy, texnologik va tashkiliy tizimlar birgalikda iktisodiyotni boshkarishning tashkiliy-texnikaviy jixatlarini ta’minlaydi.
Xalq xo’jaligining iqtisodiy tizimi xam ishlab chiqarish, xam ayirboshlashda yuz beruvchi barcha xo’jalik, moliyaviy, tashkiliy jarayonlar birligini ifodalaydi. Iqtisodiy tizim boshqaruv tizimini qayta qurishda uzluksiz va maqsadli jarayonni aks ettirib, barcha boshqa tizimlar faoliyati samaradorligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan birga, boshqa tizimlar xam iqtisodiy tizimga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin. Ijtimoiy tizim iqtisodiy tizim bilan birga iqtisodiyot maqsadlarini belgilaydi, boshqaruvning tamoyil va uslublarini shakllantiradi, ya’ni iqtisodiyotni boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy jixatlarini ifodalaydi. Xozirgi davrda iqtisodiyotda ijtimoiy o’zgarishlar amalga oshishi, boshqaruvda demokratiyaning asoslari kengayishi, xamkorlikning yangi shakllari yaratilishi, bozor munosabatlariga o’tilishi, butun xalq xujaligi tarkibi qayta qurilishi bilan bog’liq ravishda ijtimoiy tizim axamiyati ortib bormoqda.
Xar bir tizim unsurlari doimo o’zaro ta’sir ostida bo’lib, bu jarayon tizim unsurlari o’rtasidagi bog’liqlik vositasida ifodalanadi. Shunday qilib, unsur - bu xar bir tizim tarkibini tashkil etuvchi qismdir. Texnikaviy tizim unsurlari o’rtasidagi bog’liqlik moddiydir, masalan, avtomobil dvigateliningnkrivoshin-shatunli mexanizmi moddiy jixatdan bir-biri bilan bog’liq turli qismlardan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim unsurlari o’rtasidagi bog’liqlik axborot aloqalaridir. Axborot tizimi sifatida o’rganiluvchi ishlab chiqarish murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizimdir.
Inson eng muxim va faol unsur bulgan ijtimoiy-iktisodiy tizim asosini ijtimoiy, jamoa, shaxsiy manfaatlar: siyosiy, iktisodiy, ijtimoiy, xukukiy, mexnat manfaatlari tashkil etadi.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimi ikki mustaqil kichik tizim - boshqariladigan va boshqariluvchi tizimlardan tashkil topgan. Kichik tizim - bu umumiy tizimning aniq belgilari bo’yicha ajralib turuvchi, o’ziga xos xususiyatlarga ega, tizimning boshqa unsurlari bilan bog’liq qismdir. Kichik tizimni butun tizim ko’lami va tarkibiga bog’lik ravishda mustaqil tizim sifatida xam o’rganish mumkin.
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiy nazariyada ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari.
An’anaviy iqtisodiyot – deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham ko‘plab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, an’analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi. Ularda natural yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxo‘rlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg‘unlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular an’analar bilan ziddiyatli hisoblanadi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug‘diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki iqtisod muammosini hal qilishning bir xil va umum tan olingan yechimi mavjud emas. Xar xil madaniyat va tarixiy o‘tmish, har xil urf-odat va an’analar, qarama-qarshi mafkuraviy qarashlarga ega bo‘lgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy aniqrog‘i davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan xarakterlanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi.
Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor iqtisodiyoti tizimidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo‘lib, ba’zi adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo‘lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi.
Yerkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, o‘zlarining daromadlarini eng yuqori darajada yetkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uyg‘unlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning ko‘plab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud bo‘ladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo‘ladi. Shu sababli davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar o‘rnatishdan iboratdir.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini sotsial himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotdan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi.
Birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u iqtisodiyotda faol rol o‘ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. Ikkinchidan, sof kapitalizmdan farq qilib amerika iqtisodiyotiga yirik korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud.
Bu yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya iqtisodiyotida ham 90%dan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |