Varianti: Ta’bi kir bo‘ldi, ta’bi namozshom, ta’bi tirriq, ta’bini tirriq qilmoq, ta’bini kir qilmoq, ta’bini xira qimoq. Sinonimi: Ta’bi xira, kayfi buzuq, kayfini buzmoq, ta’bi xira bo‘lmoq. Antonimi: Ta’bi ochildi, vaqti chog`, og‘zi qulog‘ida.
2. Kanadan ham ko‘ra sigir uning achchig‘ini keltirdi.
Achchig‘ini keltirmoq – achchig‘i keldi, jahlini chiqarmoq.
Varianti: Achchig‘i chiqdi, achchig‘ini qistadi, jahli qistadi, achchig‘i qistab ketdi. Sinonimi: Qoni qaynadi, qonini qaynatdi, achchig‘i keldi, achchig‘ini keltirdi, g‘azabini keltirmoq, g‘azabga kelmoq, avzoyi buzildi. Antonimi: Chehrasi yorishdi, boshi ko`kka yetdi.
3. Hamida 16 yoshlardagi tiyrak, quvnoq qiz, pochchasini ko‘rib sevinib ketdi. Sevinib ketdi – hursandligi oshib-toshib ketdi.
Varianti: Sevinchi ichiga sig‘maydi, sevinchi yuragiga sig‘maydi, sevinchini yuragiga sig‘dira olmaslik, sevinch-quvonchi ichiga sig‘maydi, xursandligi ichiga sig‘maydi, quvonchi ichiga sig‘maydi, quvonchi olamga sig‘maydi, shodligi olamga sig‘maydi quvonchi olamga sig‘maydi, shodligi olamga sig‘maydi. Sinonimi:Quvonchi olamga sig‘maydi, dimog‘i chog‘. Antonimi: Jahli qistadi, g‘azabga keldi, jahli chiqdi, g‘azabi keldi, dili siyoh bo‘ldi.
4. O‘rtoq Boqijon Baqoyevning ta’bi ochildi.
Ta’bi ochildi – chehrasi yorishdi, xursand bo‘ldi.
Varianti:. Ta’bini ochirdi, ta’bi hush bo‘ldi. Sinonimi: Dili yorishdi, dimog‘i chog, kayfi chog`, kayfi xush bo‘ldi, ko‘ksi ko‘tarildi, ko‘ngil ochdi. Antonimi: Ta’bi xira bo‘ldi, ta’bi tirriq bo‘ldi, ta’bi kir bo‘ldi, ta’bi namozshom bo‘ldi.
5. Hamidaning boshi og‘irlashib ketdi.
Boshi og‘irlashib ketdi – boshi og‘ridi, tashvishlandi.
Varianti: Boshi qotdi, boshini qotirmoq, miyasini qotirmoq, miyasi qotmoq. Sinonim: Boshi g‘ovlab ketdi, ensasi qotdi.
Sh.Rahmatullayevning “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” nomli monografiyasining yana bir xarakterli tomoni shundaki, undan frazeologik omonimlarni frazeologik paronimlar va frazeologik paraformalardan farqlashga harakat qilinganligidir. Sh.Rahmatullayevning talqiniga ko‘ra o‘zaro frazeologik omonimlar va frazeologik paronimlar shuningdek frazeologik omoformalar va frazeologik paraformalar bir-biriga shu qadar o‘xshash bo‘ladiki, ulardan biri o‘rniga ikkinchisini xato ishlatib yuborish mumkin. Agar iboralar o‘zaro tarkibidagi biror so‘z komponenti bilangina farq qilsa, ularni frazeologik paronimlar deb yuritish mumkin bo‘ladi. Masalan, “ko‘nglini ko‘tarmoq” – “ko‘ngli ko‘tarildi” va “ko‘nglini tog‘day ko‘tarmoq” – “ko‘ngli tog‘day ko‘tarildi”. Agar ba’zi iboralar biri ikkinchisida yo‘q garmmatik shakllanish sistemasiga ega bo‘lsa, frazeologik paraformalar haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Masalan, “jon(i)kirdi” – “jonini kirgizmoq” va “jon kirdi” –“jon kirgizmoq” kabilar.
Dotsent Muxtorxon Mansurov nihoyatda istarasi issiq, nihoyatda dilkash chol. Istarasi issiq-hush ko`rinishli, yoqimli, jozibador.
Do'stlaringiz bilan baham: |