O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
YOSH TADQIQOTCHILAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI MATERIALLARI
TERMIZ 2022
Ma`sul muharrirlar:
Muharrirlar:
Muqaddima
OILAVIY MUNOSABATLARDA EMPATIYA VA TOLERANTLIK
Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
Amaliy psixologiya yo`nalishi 3-bosqich 312-guruh
talabasi Xayrullayeva Marjona Xayrulla qizi
Annotatsiya: Biz bilamizki, har bir bag`rikeng inson doimo atrofdagilarga g`amxo`r va ularga yordam bergisi keladi. Biz bu kabi insonlarni empat insonlar desak ham bo`ladi, sababi har bir bag`rikenglik mavjud bo`lgan insonda albatta empatiya ham bo`ladi. Aynan oilada ham shunday xususiyatlarni shakllantirish orqali undagi mavjud muammolarni bartaraf etishimiz mumkin boʻladi. Bu maqola orqali empatiya tadqiqoti o`tkazilgan va respondentlarda namoyon bo`lgan empatiya darajalarini guvohi bo`lishingiz, shu bilan birgalikda empatiyaning ahamiyati bag`rikenglikda qanchalik muhimligini va uning oilaga ta'sirini ham bilishingiz mumkin. O`zi bag`rikeng bo`lgan insonlar atrofidagilarni ham unga iliq munosabat qilishiga sababchi bo`lishi mumkin.
Kalit so`zlar: empat, oila, hamdardlik, qobiliyat, fikr, ota-ona, hissiyotlar, tolerantlik.
Oila tarbiyasi - bu umumiy ijtimoiy tarbiya jarayonining shunday bosqichiki, u insonning keyinchalik butun umri davomida oladigan ma'rifat va hayot saboqlari uchun asos, zamin, poydevor vazifasini o'taydi. Oila tarbiyasi ota-ona va farzandlar, shuningdek, bir necha avlodga mansub shaxslarning o'zaro qon-qarindoshchilik munosabatlari asosiga quriluvchi o'ziga xos betakror ma'naviy-ruhiy jarayondir. Oila tarbiyasi bir umr davom etadigan uzluksiz jarayon sifatida - ijtimoiy tarbiyaning bir turi bo'lib, oilaning barcha a'zolari unda faol ishtirok etadilar, bir-birlariga o'z bilim, tajribalarini o'rgatadilar.
Insoniy munosabatlar shunday o`zaro ta‘sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo`ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o`rtasida ro`y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvish-u quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqatda bo`lishgani sari, ular o`rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o`rtasida o`xshashlik va umumiylik kabi sifatlar paydo bo`ladiki, ular bir - birlarini bir qarashda tushunadigan yoki ―yarimta jumladan ham fikr ayon bo`ladigan bo`lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig`izligi teskari reaksiyalarni - bir - biridan dardkash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig`iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig`izlik oilaning barcha a‘zolari o`rtasida emas, uning ayrim a‘zolari o`rtasida bo`lishi mumkin.
O`z-o`zidan ma`lumki bag`rikenglik tushunchasi tolerantlik deb ataladi. Tolerantlik - о‘zgalarning xulq-atvori, e’tiqodlari va qadriyatlarini erkin qabul qilish imkonini beruvchi ruhiy tayyorgarlik; o‘zgaIarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga n chidamlilik va bag‘rikenglik; shaxsiy qarash va nuqtayi nazarlardan farqlanuvchi fikr va mulohazalariga bo‘lgan munosabatdir. Bugungi unda ularning eng asosiylaridan bittasi milliy bag`rikenglik hisoblanadi. Aynan oʻzaro bogʻliq boʻlgan tushunchalardan biri empatiya hisoblanadi. Empatiya-altruistik xulqdagi kishining o‘zi ham anglamagan holda boshqalar uchun qayg‘urish va g‘amxo‘rlik qilishga moyilligi. Empat - bu atrofdagilarning his-tuyg'ulari va his-tuyg'ulariga juda mos keladigan odam. Bu orqali oila a`zolari bir-birini yaxshi tushuna olishi mumkin. Ularning boshqalarning his-tuyg'ularini farqlash qobiliyati empatiyadan tashqariga chiqadi (shunchaki, boshqalarning his-tuyg'ularini tushunish qobiliyati deb ta'riflanadi) va bu his-tuyg'ularni haqiqatan ham qabul qilishga cho'ziladi; boshqa odam nimani his qilayotganini chuqur hissiy darajada his qilish. Aynan bu holatni ota-onalarda ayniqsa onalarda koʻrishingiz mumkin boʻladi. Bunaqa holatlar mavjud boʻlgan oilada deyarli muammoli yoki destruktiv holatlar ham kam boʻladi. Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta'sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o`ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomonlama yеtuk, barkamol, avlod, sog' va salomat shahs bo`lib yеtishish imkoniyatiga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |