O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,12 Mb.
#279679
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
Nutq ostirish nazariyasi va metodikasi



 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
 
 
Muallif:  Sh. Qodirova 
 
 
 
 
 
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI 
 
Fanidan ma’ruza matn 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Termiz – 2018 
 
 


 

NUTQ  O’STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI FANINING  PREDMETI 
 VA UNING NAZARIY ASOSLARI 
 
Nutqni  rivojlantirish 
metodikasi 
–  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  nutqni 
rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir 
Nutqni rivojlantirish metodikasiga oid oliy o’quv yurti kursining vazifalari 
Nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari 
 
 
Nutqni 
rivojlantirish 
metodikasi 
–  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  nutqni 
rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. 
 Ilk yoshlardagi va maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachisining bolalarga ularning o’z 
ona tilini o’rgata olish kobiliyati uning kasbiy tayyorgarligining muhim ko’rsatkichi hisoblanadi. 
Bolaga  tabiat  ato  kilgan  barcha  akliy  kobiliyatlar  ona  tilini  o’zlashtirish,  ayniksa  uni 
maktabgacha yoshda o’rganib olish tufayli yuzaga chikadi hamda rivojlanadi. 
Bolalarning  ona  tilida  avloddan-avlodga  o’tib  kelayotgan  xalq  ma’naviy  boyliklarini 
qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o’z davrining ilmiy yutuklarini 
o’zlashtira  olishlari,  ularning  insoniyatning  ilђor  sheriy  va  estetik  ideallariga  sodikligi,  ya’ni 
mustaqil  O’zbekistonda  demokratik  jamiyatning  to’lakonli  kuruvchilari  bo’la  olishlari  
tarbiyachiga bog’liqdir. 
Bolalarga  ona  tilini  o’rgatish  uchun  bo’lajak  tarbiyachi  nutqni  rivojlantirish  metodikasi 
nazariyasini  chukur  o’rganishi  va  ushbu  sohaning  fanga  ma’lum  bo’lgan  metodlarini 
o’zlashtirishi, bolaning ona tilini o’zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim. 
Ona tilini  o’kitish metodikasi  pedagogik  fanning  bir tarmog’i  hisoblanadi.  Unda  bolalar 
bog’chasida nutqni rivojlantirish metodikasi hamda boshlang’ich va o’rta maktabda o’zbek (rus) 
tilini o’kitish metodikasi ajratilgan. Ularning har biri o’z maksadi vazifalari va mazmuniga ega. 
Nutqni 
rivojlantirish 
metodikasi 
–  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  nutqni 
rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. 
Metodikaning  asosiy  vazifasi  –  ilmiy-psixologik  asosda  nutqni  rivojlantirishning  eng 
samarali  vositalari,  metodlari  va  usullarini  ishlab  chikish  hamda    bolalarda  zarur  nutqiy 
ko’nikmalarni  muvaffakiyatli  ravishda  rivojlantirishlari  uchun  ular  bilan  bolalar  bog’chalari 
tarbiyachilarini kurollantirishdan iboratdir. 
Nutqni  rivojlantirish  metodikasining  asosiy  mazmuni  -  bolalarda  og’zaki  nutqni,  uning 
atrofdagilar  bilan  nutqiy  muloqoti  ko’nikmalarini  shakllantirishdir.  Nutqni  rivojlantirish 
metodikasi  quyidagi  asosiy  savollarga  javob  topish  imkonini  beradi:  nimani  o’kitish  (bolalarda 
kanday  nutqiy  ko’nikmalarni  tarbiyalash),  kanday  o’kitish  (bolalar  nutqini  shakllantirishda 
kanday  sharoitlarda  qaysii  metod  va  usullardan  foydalanish  lozim),  nega  endi  aynan  shunday 
o’kitish  zarur  (nutqni  rivojlantirishning  taklif  etilayotgan  usullari  nazariya  va  amaliyotning 
qaysii ma’lumotlariga asoslanmokda). 
Nutqni  rivojlantirish  metodikasi  nazariyasida  bolalarga  ona  tilini  o’rgatishning  ob’ektiv 
xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi sohasida O’zbekiston Respublikasida 
va xorijda yaratilgan va hozirda mavjud bo’lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan.  
Nutqni  rivojlantirish  metodikasi  nazariyasi  metodik  amaliyot  bilan  birgalikda 
rivojlanmokda.  Ayrim  metodik  koidalarning  yashovchanligi  amaliyotda  tekshirib  ko’rilmokda, 
amaliyotning o’zi fan oldiga hali o’z yechimini topmagan muhim masalalarni ko’ymokda. 
Metodik  nazariyani  bilmaydigan  tarbiyachi  fakat  o’z  farazlaridan  kelib  chikib  yoki 
boshkalarning tajribalaridan nusxa ko’chirgan holda bolalarni ko’r-ko’rona tarbiyalaydi. U ko’p 
narsani nazardan kochiradi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi.  
Nutqni  rivojlantirish  metodikasi  maktabgacha  ta’limdagi  boshka  xususiy  metodikalar 
bilan uzviy bog’liq bo’ladi, chunki nutq – bola shaxsini to’la-to’kis rivojlantirishning eng muhim 
vositalaridan  biridir.  Atrofdagilar  nutqini  tushunish  va  bolaning  o’z  faol  nutqi  har  kanday 
pedagogik jarayonda zarurdir Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo’ldosh bo’ladi. 


 

E.I.Tixeevaning  ko’rsatishicha  «ona  tili,  uni  hech  kanday  to’siksiz  va  har  tomonlama 
rivojlantirish tarbiyaning asosini tashkil etmoђi lozim». Nutqni o’z vaktida va to’lakonli egallash 
bolada  to’lakonli  psixika  paydo  bo’lishi  hamda  uni  keyinchalik  to’g’ri  rivojlantirishning  eng 
muhim va birinchi shartidir. O’z vaktida degani – demakki, bola tuђilganidan keyingi dastlabki 
kunlarda boshlanadigan, to’lakonli degani – til materiali bo’yicha yetarli bo’lgan va bolaning har 
bir  yosh  bosqichida  o’z  imkoniyatlarini  to’lik  ishga  solgan  holda  nutqni  egallashga  undovchi 
Mashg’ulotlar demakdir. 
Dastlabki  yosh  bosqichlarida  bola  nutqini  rivojllantirishga  e’tibor  berish  shuning  uchun 
ham  muhimki,  ushbu  davrda  bola  miyasi  jadal  sur’atda  o’sib  boradi  va  uning  vazifalari 
shakllanadi.  Fiziologlarga  ma’lumki,  markaziy  asab  tizimi  vazifalarini  aynan  ularning  tabiiy 
shakllanish  davrida  osongina  mashk  kildirish  mumkin.  Mashklarsiz  ushbu  vazifalarning 
rivojlanishi sekinlashadi va hatto umuman to’xtab ham kolishi mumkin. 
«Nutq uchun rivojlanishning bunday  «hal kiluvchi» davri bola hayotining dastlabki uch 
yili  hisoblanadi:  bu  muddatga  kelib  miya  nutqiy  sohalarining  anatomik  pishib  yetilishi  asosan 
nihoyasiga  yetadi,  bola  ona  tilining  asosiy  grammatik  shakllarini  o’zlashtirib  oladi,  katta  so’z 
zahirasini  shakllantiradi.  Agarda  dastlabki  uch  yilda  kichkintoy  nutqiga  yetarlicha  e’tibor 
berilmagan bo’lsa, bu holda kelgusida uning o’rnini to’ldirish uchun juda ko’p mehnat qilishga 
to’g’ri keladi»
1

Nutqni  rivojlantirish  metodikasi  boshka  har  kanday  pedagogika  fani  sifatida  ijtimoiy 
fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash haqidagi ta’limotlar uning metodologik asosi hisoblanadi. 
Xuddi  til  kabi  insonning  birgalikdagi  mehnat  faoliyati  mobaynida  paydo  bo’ladigan  va 
rivojlanadigan  fikrlash  uni  o’rab  turgan  borlik  aksi  hisoblanadi.  Tilning  fikrlash  bilan 
mustahkam uzviy bog’liqligi kishilarning ishlab chikarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda 
harakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud bo’lolmasa-da, 
ular aynan bir hodisaga taallukli emas. 
Fikrlash  –  ob’ektiv  borlik  aksi,  til  esa  –  fikrni  ifodalash,  mustahkamlash  va  uni  boshka 
kishilarga  yetkazish  usuli  hisoblanadi.  So’z  va  tushuncha  dialektik  jihatdan  o’zaro  bir-biriga 
bog’liqdir.  
Til bilan fikrlashning o’zaro uzviy bog’liqligi haqidagi koida bolalarga ona tilini o’kitish 
tizimini  ishlab  chikish,  ta’lim  va  tarbiya  ishlarining  o’zaro  bog’liq  bo’lishi  haqidagi  talabni 
asoslash uchun hal kiluvchi ahamiyatga egadir. 
Intellekt,  ya’ni  tashki  dunyoni  xotira,  tasavvur,  xayolot,  fikrlash,  shuningdek  nutq 
yordamida anglash kobiliyati – bu insonni hayvondan ajratib turuvchi muhim xususiyatlardir. Va 
intellekt  ham,  nutq  ham  insonda  ilk  bolalik  yoshida  paydo  bo’ladi  hamda  u  o’smirda  va  yosh 
yigitda  fakatgina  uning  organizmi  rivojlanayotgani  uchun  emas,  balki  ushbu  odam  nutqni  ham 
o’zlashtirib olgan takdirdagina jadal takomillashib boradi.  
Agarda  bola  atrofidagi  kattalar  uni  beshikdan  boshlab  to’g’ri  so’zlashga  o’rgatsalar,  bu 
holda bunday bola intellektual jihatdan normal rivojlanadi: unda tasavvur qilish, so’ngra fikrlash 
va  xayol  surish  kobiliyati  paydo  bo’ladi;  har  bir  yosh  bosqichda  bu  kobiliyat  takomillashib 
boradi.  Bola  intellektining  rivojlanishi  bilan  bir  vaqtida  uning  emotsional-iroda  sohasi  ham 
takomillashib boradi.   
Nutqni rivojlantirish metodikasi har kanday rivojlanishning umumiy shakllari, tomonlari 
va o’zaro bog’liqligini aks ettiradigan dialektika konunlari va toifalariga tayanadi. 
Til – tarixiy va o’zgaruvchan hodisadir. Har bir xalq, millat, elat va odamlar kabilasi o’z 
tiliga  egadir.  Har  bir  xalqning  tilida  mazkur  jamiyatning  tarixiy  rivojlanish  jarayoni,  uning 
turmush  sharoiti,  ijtimoiy  hayotidagi  o’zgarishlar  va  yangilanishlar,  ijtimoiy-mehnat 
faoliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan natijalari aks etgan. 
Har  bir  til  o’zining  asosiy  kismlariga  ega  –  bu  lug’at  boyligi  (leksika),  tovush  tizimi 
(fonetika) va grammatik tuzilishi (grammatika)dir. 
                                              
1
 Кольцова М.М. Ребёнок учиться говорить. М., 1973, 5-бет. 


 

Lug’at  boyligi  (leksika)  go’yo  o’zida  bizning  atrof-olam  haqida,  bir  odamning  psixik 
hayoti  haqidagi  turli  xil  bilimlarimizni  saklaydi.  So’zdagi  asosiy  narsa  -  uning  mazmuni  va 
semantik  tarkibidir.  Leksika  tilning  kurilish  materiali,  uning  mazmun  tomoni  hisoblanadi.  Til 
qanchalik  rivojlangan  bo’lsa,  uning  lug’at  tarkibi  ham  shunchalik  boy  bo’ladi.  Har  bir  tildagi 
ko’p  sonli  so’zlar  ichidan  tilning  asosiy  lug’at  jamђarmasini  tashkil  kiladigan  asosiy  o’zak 
so’zlarning muayyan guruhini ajratish mumkin. Tilning lug’at jamђarmasi – bu leksikaning juda 
barkaror,  asrlardan  buyon  yashab  kelayotgan  kismi  bo’lib,  u  barcha  yoki  deyarli  barcha  yangi 
so’zlar va so’z birikmalarining vujudga kelishi uchun asos bo’lib xizmat kiladi. 
Tovush  tizimi  leksika  va  grammatika  bilan  uzviy  bog’liqdir.  Jaranglayotgan  nutq 
yordamida  inson  boshka  kishilar  bilan  muloqotda  bo’ladi  hamda  o’z  fikrlari  va  his-tuyђularini 
ifoda kiladi. Bir til fonetikasi odatda, boshka til fonetikasiga o’xshash emas, ya’ni jaranglayotgan 
nutq  go’yo  bir  tilni  boshkasidan  uzoklashtiradi.  Bir  til  doirasida  talaffuz  me’yorlari  yagona 
bo’ladi (shevalar adabiy tildan katta bo’lib, ular undan fark kiladilar).  
Tilning  grammatik  kurilishi  gapda  so’zlar  va  so’z  birikmalarini  o’zgartirishga  oid 
konunlar  hamda  koidalarning  umumiyligi  hisoblanadi.  Grammatika  yordamida  gapdagi  so’zlar 
joylashtiriladi va bir-birlari bilan ko’shiladilar. So’zlar fakat gaplar orkaligina muloqot vositasiga 
aylanadilar. Gapdan tashkarida har kanday so’z, xoh u ona tilidagi, xoh chet tilidagi so’z bo’lsin, 
muayan  ma’noga  ega  bo’lmaydi.  SHuning  uchun  tilni  o’rganishda  uning  grammatik  tuzilishini 
o’zlashtirish  ulkan  ahamiyat  kasb  etadi.  Bolalarga  ta’lim  berishda  orfoepiya,  grammatika  va 
leksikaning zamonaviy me’yorlarini hisobga olish zarur. 
Nutqni  rivojlantirish  metodikasi  psixolingvistikaning  asosiy  koidalari  asosida  kuriladi. 
Uning  «til  inson  faoliyatining  barcha  sohalarida  muloqot  vositasi  bo’lib  xizmat  kiladi»  degan 
asosiy  koidasi  nutqni  rivojlantirish  metodikasida  dasturilamal  bo’lib  hisoblanadi.  SHu  bois 
nutqni  rivojlantirish  metodikasi  tarbiyachini  muloqot  vositasi  sifatida  bolalar  nutqini 
rivojlantirishga oid bilimlar va kobiliyatlar bilan kurollantirishga karatilgandir. 
Tilning asosini ona tilining leksikasi, tovush tizimi va grammatik tuzilishi tashkil kiladi. 
Bolalar  bog’chasining  nutqni  rivojlantirishga  doir  Dasturi  lingvistikada  erishilgan  yutuklar 
asosida ishlab chikiladi va u bolalar lug’atini boyitish, ona tilining fonetik jihatlarini, grammatik 
qurilishini  rivojlantirishni  ko’zda tutadi.  Bolalarning  turli  nutqiy  kobiliyatlarini  shakllantirishda 
ularga  o’zlarining  ona  tili  bo’lmish  o’zbek  tili  o’kitiladi,  ya’ni  ular  o’zbek  leksikasi,  o’zbek 
tilining  o’ziga  xos  fonetikasi  va  o’zbek  tili  grammatikasining  o’ziga  xos  xususiyatlarini 
o’rganadilar. 
Bolalarga ona tilini o’kitishda professional mahoratga ega bo’lish uchun pedagog nutqni 
rivojlantirish  metodikasi  nazariyasini  chukur  o’rganishi,  ushbu  rivojlanishning  ilmiy  usullarini 
o’zlashtirishi hamda bolaning nutqni o’zlashtirish qonuniyatlarini bilishi shart. 
 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish