9
davrining tanikli tilshunosi L.V.Щerbaga tegishlidir. U nutqiy uyushishni (individning
psixofiziologik uyushuvi), til tizimini («barchalar asosida» chikariladigan koidalarni
umumlashtirish) nazariyada («muayyan davrda u yoki bu ijtimoiy guruh hayotida ro’y bergan
so’zlash va tushunish hodisalari»
5
) hamda til materialini (nutqiy faoliyatni) ajratdi. So’nggi
holatni L.V.Щerba «so’zlash va tushunish hodisalarining umumiyligi» deb ataydi.
L.V.Щerbaning ushbu uch a’zoli tizimi sovet davri lingvisti A.A.Leontev tomonidan
takomillashtirilgan.
A.A.Leontev «tilga kobiliyat»ni – til tizimining ushbu tilda so’zlayotgan inson ongida aks
etishini, «til jarayoni»ni, ya’ni tilga kobiliyatni amalga oshirish vositasi bo’lgan nutqning o’zini,
va «til standarti»ni – tilni individdan tashkarida mavjud bo’ladigan tizim sifatida ajratgan
6
.
SHunday qilib, u tomonidan til va nutqni farklashdan tashkari odam ongida mavjud
bo’lgan hamda unga tildan foydalanish, so’zlash va aytilgan so’zlarni tushunish (tilga kobiliyat)
imkonini beruvchi bir narsani ham ajratib ko’rsatgan. Bu narsa – nutqiy faoliyatni ta’minlash
mexanizmidir.
Odatda nutqiy faoliyat to’rtga ajratiladi: o’kish, yozish, so’zlash, tinglash. Ular o’zaro juft
holatda boђlanadi va til tizimini amalga oshirishning ikki shakli – og’zaki va yozma shakli orkali
belgilanadi.
Tildan foydalanish insonning ruhiy faoliyati bilan mos ravishda uyђunlashadi. Til uning
faoliyatiga «ko’shimcha» emas.
Til eng bevosita tarzda fikrlash bilan bog’liqdir. Aslida tilning o’zi fikrlash kurolidir.
Fikrlash jarayoni doimo tilda kuzatib boriladi, ammo uning natijasi til shakliga o’tkazilishi va
shu tufayli kelgusi avlodlarga yetib borishi mumkin.
Til akliy faoliyatni rejalashtirish imkonini beradi. Rejalashtirish jarayonida tilning yana
bir muhim vazifasi – insonning xulk-atvorini boshkarish vazifasi paydo bo’ladi. Til
insoniyatning o’tmishi mobaynidagi butun tajribasini to’plash va bir joyga jamlash, insonni
ushbu tajriba natijasida ishlab chikilgan me’yorlarga bo’ysundirishga yordam beradi. Biz o’z
o’tmishimizda, bugungi kunimizda ko’rgan, va hattoki kelgusida ko’rishimiz mumkin bo’lgan
narsalarning barchasi bizga til orkali keladi. Insonning xulk-atvorini boshkaradigan narsalarning
barchasiga, jumladan dunyokarash, axlokiy va estetik ideallar, madaniy me’yorlarga til va nutqiy
muloqot orkali erishiladi.
Inson butun hayoti mobaynida borlikni anglash jarayonida ishtirok etadi. Bilishga bo’lgan
ehtiyoj ko’p jihatdan til orkali kondiriladi
Bola atrofni o’rab turgan borlikni kabul qilish va anglash uchun u tarkok
predmetlarlardan foydalana olmaydi, u ahamiyatga molik jihatlarni (kublar, mashinalar va h.k.)
ajratib ko’rsatgan holda ob’ektlar, toifalarni birlashtira boshlaydi va oxir-okibatda belgilarni
umumlashtirish natijasida so’z bilan ifodalanadigan tushunchalar paydo bo’ladi. Biron-bir
tushunchaning, xoh u maishiy bo’lsin, xoh ilmiy bo’lsin, uning so’z kobiђisiz yashashi kiyin.
SHu tufayli biz o’z bilimlarimizni tilimizda kayd etishimiz, ularni boshka odamlarga
yetkazishimiz va til orkali yangi bilimlarga ega bo’lishimiz mumkin. Amerikalik olim CH.Pirs
shunday kayd etadi, «til shunday bir narsaki, biz uni bilish orkali yanada ko’proq narsalarni bilib
olamiz». SHunday qilib, tilning boshka yana bir muhim vazifasi ko’zga tashlanmokda, ya’ni: til
insonning bilish kurolidir.
Insonning yana bir o’ziga xos xususiyati, o’ziga xos insoniy ehtiyoji mavjud, bu – boshka
odamlar bilan muloqotga ehtiyojmandlik, «emotsional muloqotga ehtiyojmandlik»dir
(K.Obuxovskiy). Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bo’lgan. Muloqotga ehtiyojmandlik
doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning so’zlashni o’rganishining sababi shuki, unga kattalar
bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishga to’g’ri keladi, buning uchun esa bolaning unga
nimalar deyishayotganliklarini tushunishi va o’zi ham so’zlashi lozim. Bu o’rinda «tilning uch
sifati» (tajribani jamlash va sintez qilish – fikrga jamlash – muloqotni amalga oshirish) haqida
5
Щерба Л.В. О трояком аспекте языковых явлений и об эксперименте в языкознании.
Языковая система и речевая
деятельность. Л., 364-бет.
6
Леонтьев А.А. Слово в речевой деятельности. М., 1965.
11
aylandi, undan turli nutqiy nuksonlarni aniklash va davolashda foydalaniladi, u bolalar nutqidagi
muammolarni o’rganishda, sud psixologiyasi va kriminalistikada katta ahamiyatga egadir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish – bu murakkab ruhiy jarayon bo’lib,
u fakat bolaning eshitgan nutqiga taklid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda umuman
muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan
bog’liqdir.
Bolaning borlikning yangi tomonlariga yo’naltirilganligi: amaliy faoliyatdan olamni,
so’ngra odamlarni, ularning munosabatlarini o’rganishga o’tish yangi maksadlarga xizmat
kiluvchi yangi muloqot vositalari zaruratini keltirib chikaradi.
Bola leksikasini kengaytirish, uning o’z kechinmalarini yanada keng va xilma-xil
ifodalashni o’zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi.
Nutqni zamonaviy va to’lakonli rivojlantirish uchun atrofdagi odamlar bilan o’zaro
hamkorlik bolaning muloqotga bo’lgan ehtiyoji tarkibini boyitishi zarur. Bolalarning nutqni
egallab olishlarining sababi ularning muloqot faoliyatlarining
asosini ehtiyoj-motivatsiya
tashkil qilishi, uning tarkibi o’zgarganligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: