II-MAVZU
NUTQ O‘STIRISH NAZARIYASI VA METODIKASINING FAN SIFATIDA
SHAKLLANISH TARIXI
Garb va SHarq mutafakkirlari ta’lim va tarbiya haqida
XVIII-XIX asrlarda o’zbek olimlari, pedagoglari, yozuvchilari o’sib kelayotgan yosh
avlodga ta’lim va tarbiya berish haqida
Garb va SHarq mutafakkirlari ta’lim va tarbiya haqida
Ta’lim va tarbiya muammosi juda kadimdan beri mavjud. U o’rta asrlardagi Garb va
SHarq mutafakkirlarining asarlarida ko’rib chikilgan. O’sha davrlarning buyuk mutafakkirlari
Abu Nasr al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, YUsuf Xos Hojib, Ahmad
YUgnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshkalar feodal zulm va mutaasib
ruhoniylarning kattik karshiligiga karamasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga bekiyos hissa
ko’shdilar.
O’tgan davrlarda mehnatkashlaring o’z munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy
ta’sirini yanada kuchaytirish maksadida yo’lga ko’yish borasidagi tajribalarini nafakat xalq
pedagogikasining kator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni
boshkaruvchi ob’ektiv umumiy ijtimoiy konunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham
o’rganish lozim.
O’rta asrlar SHarqining komusiy mutafakkiri Abu Nasr al-Forobiy (873-950) insonni har
tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxt-saodatga yetaklash yo’llari va usullarini
o’zining ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markaziga ko’yadi, bu esa uning dunyokarashlarning
umuminsoniy asosga egaligidan dalolat beradi.
Aynan shunday maksadlar Forobiyning shaxsni tarbiyalash va ta’lim berish, uni
takomillashtirish hamda uning ijtimoiy muammolarni hal etishdagi faol roliga nisbatan
dunyokarashlarining bosh mazmunini tashkil etadi.
Uning fikriga ko’ra, ta’lim va tarbiya oilada, o’kituvchi yordamida maktabda va
yaxshilikka asoslangan jamiyatda uning rahbari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Forobiy fikriga ko’ra – t a ‘ l i m – bu nafakat akliy rivojlanish, balki umuman ma’naviy
rivojlanish, shu jumladan axlokan rivojlanish poydevoridir. Ta’lim va tarbiya o’zaro bir-biriga
bog’liq bo’lib, ular shaxsni ma’nan kamolotga yetkazuvchi turli yo’llar hisoblanadi.
Forobiy ijtimoiy tarbiyani tartibga solish, uni boshkarish masalalariga alohida e’tibor
bergan. U mehnat faoliyati tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi, degan xulosaga keladi.
Abu Rayhon Beruniy (971 – 1050 yilga yakin) komusiy olim sifatida tarixga kirgan. U
fanni dindan ajratish zarur deb hisoblagan, aks holda, uning fikriga ko’ra, ilmiy bilimlar hakikiy
bo’la olmaydi. Olimning dinga bo’lgan tankidiy munosabati ko’p jihatdan uning tarbiya va
ta’limga bo’lgan munosabatlarini ham belgilab berdi.
13
Beruniy o’z asarlarida ta’limning uzluksiz, ko’rgazmali, anik maksadga yo’naltirilishi
lozimligini va uning muayyan tizim asosida o’tkazilishi zarurligini ta’kidlagan.
Beruniy yosh yigitda shaxs tarbiya jarayonida shakllanadi, deb hisoblagan. Bunda u
mehnatga alohida o’rin bergan.
Beruniyning karashlari cheklangan tusga ega edi, zero u ham o’sha davrdagi boshka
ko’plab olimlar singari fan va bilim jamiyat tarakkiyotida mutlak ahamiyatga ega, deb bilgan.
Birok fan, bilim, mehnatning ahamiyati haqidagi fikrlarning o’zi to’g’ri edi. Bilim olishning
o’zini Beruniy kuch, vakt va sabr-tokat talab kiladigan mehnat, deb hisoblagan.
Ibn Sin (980 - 1037) pedagogika masalalariga ijodiy yondoshgan. U bola tabiatini
nafakat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham chukur bilishini namoyon kilgan. Olimning
bolalarga ta’lim va tarbiya berish haqidagi ko’plab fikrlari o’zining chukurligi, insonparvarlik
ruhi bilan yo’ђrilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni to’g’ri talkin qilishi bilan kishini lol
koldiradi.
Ibn Sino taklif kilgan tarbiya va ta’lim mazmuni akliy tarbiya, jismoniy soђlomlashtirish,
estetik tarbiya, axlokiy tarbiya va hunar o’rgatishlarni o’z ichiga oladi. Ibn Sino bola
tarbiyasining butun mashakkati va murakkabliklarini juda chukur tushungan. «Tib
konunlari»ning «Tarbiya haqida» nomli bo’limida ko’yilgan masalalar anik hal etiladi, bola
xarakterini tarbiyalash haqida kimmatli fikrlar bildiriladi.
Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik ijodiyotida oilaviy tarbiya alohida e’tibor karatiladi va
bunda bosh rol oila boshliђi – ya’ni otaga beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki
tarbiyasi tarbiyalashi lozimligini tushuntirib beradi. Uning fikrlariga qaraganda, bolaning onasi
o’z farzandi tarbiyasida ko’proq hissiyotlarga beriladi va bola tarbiyasida to’g’ri yo’lni tanlay
olmaydi. Ibn Sino tarbiyachi oldiga anik vazifalarni ko’yadi: u o’z shogirdini kachon jazolashi
yoki raђbatlantirishi mumkinligini yaxshi bilmoђi lozim.
Ibn Sino bola shaxsini hurmat qilish, bolaning tabiiy yosh xususiyatlarini hisobga olgan
holda uning kizikishlarini o’rganishga chakiradi. U yoshga karab davrlarga bo’lib chikishga
harakat kilgan. O’smirlik davrini u beshta davrga bo’lgan: chakaloklik (bola tuђilganidan
boshlab yo’lga yurib ketgunicha bo’lgan davr); bolalik davri (yo’lga yurgandan so’ng); organizm
chinikkani va kozik tishlari chiqqanidan keyingi davr; o’smirlik va jinsiy yetilish davri; o’smirlik
davri (o’sish to’xtatugancha bo’lgan davr).
Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va kiyinchiliklarini tushungan. U
jismoniy jazoning me’yoridan ortib ketishiga karshi chiqqan. Uning fikriga ko’ra, risoladagidek
tarbiyani muvaffakiyatli amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda bo’lish darkor.
Tarbiyachining o’zi bola shaxsini hurmat qilishi, uni sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda
bo’lishi lozim.
Ibn Sino tarbiya omilining ahamiyatini chukur anglagan va ijobiy omil ahamiyatini juda
kadrlagan, uni tarbiyaning asosiy vositalaridan biri deb bilgan.
YUsuf Xos Hojib (1021-9 yillarga yakin) o’rta asrning boshka ko’plab olimlari singari
musulmon SHarqi xalqlarining madaniy rivojiga sezilarli hissa ko’shgan. SHarqning
«Takvodorlar tuhfalari»
devoni (XII asr) insonni axlokan tarbiyalash muammolari ko’rib
chikilgan dastlabki didaktik asarlaridan biri hisoblanadi. Uning so’zlashishdagi bosiklik va odob
koidalari haqida bildirgan fikrlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’kotmagan: «Ma’rifatli
kishining so’zlarini tingla. Tarbiya koidalaridagi asosiy narsa – bu til, unga ehtiyot bo’lmok
lozim. YAxshi so’zli kishi hurmatga, tili zahar kishilar esa nafratlanishga loyikdir. Kishining
ustidan kulma va uning jahlini chikarma: o’k yetkazgan zahmat bitadi, so’z bilan yetkazilgan
zahmat esa hech kachon bitmaydi».
Birok, o’z tasavvurida shoir kishilarda oliy axlok sifatlarini tarbiyalash orkali umumiy
farovonlikka erishish mumkin, deya hisoblagani holda o’sha davrda hukmron bo’lgan
dunyokarashlardan yukori ko’tarilmaydi.
O’zbekistonda XVI asrdan keyingi asosiy pedagogik fikr yo’nalishlari va ularning
xususiyatlarini tushunish uchun komusiy olim bo’lgan, o’z zamondoshlari o’rtasida juda
mashhur bo’lgan Jaloliddin Devoniy (1427 - 1502) asarlari bilan tanishish zarur.
14
Garchi Devoniy eron hududida yashagan va ijod kilgan bo’lsa ham uning
Do'stlaringiz bilan baham: |