DINIY E’TIQOD DINIY E’TIQOD – insonning dinga bo’lgan munosabatini belgilashda qo’llaniladigan tushuncha. Diniy e’tiqod erkinligi O’zRKonstitutsiyasining 31-moddasida mustahkamlangan. Unda quyidagi qoida bayon etilgan: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniyqarashlarni majburan singdirish yo’l qo’yilmaydi». Shuningdek, 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan, 1998 yil 1 maydao’zgartishlar va qo’shimchalar kiritilib, yangi tahriri tasdiqlangan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonundaushbu konstitutsiyaviy qoida rivojlantirilgan. Chunonchi, Qonunning 5-moddasida shunday deyiladi: «O’zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo’l qo’yilmaydi». Shuningdek Qonunning 3-moddasida «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi va diniy e’tiqod erkinligi huquqidan foydalanadilar hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tarzda javobgar bo’ladilar» deyilgan.
Diniy e’tiqod marosimlari borasida umumurug’ jamoa uylari o’rtasida so’nmas olovli katta o’choqlar topilishi, qoyatosh rasimlari mavjudligi hamda qabr tadqiqotlari jasadning joylashish holati, atrofidan topilgan ashyoviy dalilarqizil rang ohiralar qimmatli ma’lumotlar beradi. Respublikamiz hudularidan topilgan qoyatosh suratlari 146dan ortiq bo’lib dunyoning boshqa joyidan topilgan suratlaridan keskin farq qiladi. Hozirgi kungacha eng mashhurlari Zarautsoy, Sarmishsoy, Suratisoy va boshqalardir. Zarautsoy suratlari Lomayev tomonidan topilgan. Zaraut kamar ovchilar yashaydigan joy emas balki ovga tayorlanadigan ba’zi urf odatlar o’tkaziladigan joydir. Sarmishsoy suratlari Zarautsoy rasimlaridan farqli ravishda urub cho’kichlab ishlangan. 1958 – yil tarix va arxealogiya instituti ilmiy xodimi X.Muhammedov qisman o’rgangan. Sarmishsoy rasmlarining asosiy qismi tog’ darasi toraygan qoyatoshga ancha silliq ishlangan. O’rta Osiyo xalqlarining ko’pchiligi qadimdan mo’jizavi narsalar va jonivorlarga shu jumladan toshga sig’inish odati bo’lgan. Sarmishsoy davri odamlari qadimgi ajdodlar ibodat qilgan, sig’ingan muqaddas dargoh bo’lgan. U davr kishilari ma’lum vaqtlarda bu muqaddas dargohdagi rasmli qoyalar yonida ibodat qilib, diniy udumlar, irim sirimlarni bajo keltirgan bo’lishlari kerak. Anashu irim sirimlardan biri qoyalarga rasm chizish odati bo’lgan. Ba’zi etnografik ma’lumotlarga qaraganda qoyalarga va xar hil buyumlarga ishlangan rasmlar kishilarga baxt keltiradi, chorva mollari va yovvoyi hayvonlar tuyog’ini ko’paytiradi, ularni xar xil kasalliklardan asraydi deb hisoblaganlar. Sarmishsoydagi turli davrlarga mansub bo’lgan son sanoqsiz rasmlar hilma hil manzaralar xissiy go’zallik uchun yoki bekorchilikdan bezash uchun ishlangan emas. Alohida alohida ishlangan rasimlar ham ayrim voqea hodisalarni ifoda etuvchi manzaralar ham qadimgi davr kishilarining ibtidoiy tushunchalari va diniy e’tiqodlari bilan bog’liq bo’lgan sexrli ma’noni anglatadi. Rasmlarning mazmuni, mavzusi, tuzilishi, joylashishiga qarab xulosa chiqaradigan bo’lsak, ibtidoiy kishilar tomonidan afsungarlik, sexrgarlik va yana qandaydir diniy maqsadlarda ishlanganligiga amin bo’lish mumkin. 1 Neolit davri diniy tasavvurlari o’ziga xos ijtimoiy hayot nbilan birgalikda kechgan. Ma’lumki neolit davri o’rtoqlashuv jarayonida diniy tasavvurlar dexqonchilik soxasi bilan bog’liqdir. O’rta Osiyo beolit davri diniy e’tiqodlarini jahon madaniyati manzilgohlari bilan bog’laydigan bo’lsak bu vaqtda har qanday oziqa ilohiy hisoblanganligini ko’rish mumkin. Hayvonlar turli masalliq va ichimliklar bizning zamonaviy tushunchalarimizdan kelib chiqgan holda Xetlar bu oziqalarni o’z navbatida “yemish” deb atalishi va “qurbonlik” tushunchalarini mosligi deyarli bir xildir. Ayniqsa dafn marosimlarida nonni o’rniga termik ishlov berilgan donlar bilan almashtirish e’tiborlidir. Don sochish shuningdek nikoh marosimlari va yangi hayot tug’ilishi bilan ham bog’liq. Barcha tarixiy dinlarga ma’lum jinslar o’rtasidagi aloqalarni tartibga solish va ular buzilgan taqdirda jazolash aynan neolt davriga borib taqaladi. Ammo ajdodlarga bu kabi e’tibor ular hayotida aks etmay qolmasdi. Ajdodlar qabrlarini qavm yodgorliklarini iloji boricha tiriklarga yaqinlashtirish ular hayotini bir bo’lagiga aylantirish kerak edi. Avlodlar tom ma’noda ota bobolar suyaklari hoki ustida tug’ilishlari kerak edi. Bekorga qabrlarni neolitik uylardagi loy o’tirg’ichlar tirik odamlar o’tirgan va uxlagan uylarni ostidan topishmagan. 2 Yuqori paleolitga xos yerni xomilador ayol timsolida qadrlash neolit davridan saqlanib qolgan va murakkablashgan. Ammo bu ehtiromni tub ma’nosi o’sha –o’sha bu hayot urug’ining asoosi bo’lmish unsurni e’zozlash. Protoneolit va neolet davrida o’simlik u’rug’i don va dukkaklilar insoniyat urug’ini ramziga aylangan. Non ajdodlar va avlodlarni bog’lab turuvchi muqaddas hisoblangan. Ibodatxonalr bizga ma’lumki ilk uylardayoq paydo bo’lgan. Imoratlarda noinsoniy kuchlar borligini belgisi turli tasvir va oddiy predmetlar, hayvonlar haykalchalari ilk bosqichlarda esa ularning boshi va shoxlar hayvon yoki odam ko’rinishidagi idishlar, noodatiy shkaildagi toshlar va boshqa manbalarda namoyon bo’lgan. Erta neolitga xos nasliy ibodatxonaning ustunligi o’ziga xos diniy markaz bilan almashadi. O’troq hayot tarziga o’tish bilan birgalikda odamlarni o’z hayoti haqida tushunchalari o’zgargan. Qavmni muqaddas butunlik deb bilish marhumlarni uylar ostiga ko’mishga ularni chanoqlarini olovxona yainiga qo’yishga undagan. Aynan bu kabi tushuncha uyni muqaddas makonga aylantirgan. Olovxonalarda mexrob atrofida ko’pincha yirik toshlar turgan, lekin ularning ko’pligi va ajdodlar qabrlariga yaqinligi vafot etgan va shu yerda ko’milgan qarindoshlar bilan aloqani ko’rsatadi. Shu yerda duo o’qib ajdodlardan madad so’rashgan. Neolet davri boshlarida marhumni ko’mguncha uni embrion yoki uyqu holatida yotqizishgan. Demak uni uyg’onishiga ishonishgan. Ibtidoiy odamlarda o’limdan keyingi hayot haqida umumiy tushuncha bo’lmagan. Ibtidoiy odam dafn marosimi uni bajarganlar ongida odam tabiatini ikkilamvhiligi, qabrda chiriydigan tana va o’liklar makoniga ketadigan rux haqida tushuncha bo’lgan. Erta neolitga xos uylar ostidagi qabrlar mill. Avv. VII – VI ming yillik shaxarlarida ham saqlanib qolgan, lekin bundafaqatgina yosh bolalarning qabrlari uchraydi. Katta yoshlilarni uylarga ko’mmay qo’ygan. Neandertal va kramonyon kabi neolit odamlari bolalarni o’zga dunyoda ulg’ayadi deb xisoblashgan. Yana bir izohi esa kattalar gunohkor hisoblanishgan. Aynan marhumlar bilan birgalikda uy ro’zg’or anjomlarini birgalikda ko’mish jahon neolit davriga ham oiddir. Bu idishlar marhumni ko’kragi, qo’llari, kamdan – kam hollarda oyog’i va boshi teppasiga qo’yilgan. Marhum qilgan gunohlarini yuvaolmaydi,uning yaqinlari esa yaratuvchi marhamatiga umid qilishlari mumkin. Shuning uv=chun ham shifobaxsh zaytun yog’li idishchalar marhum yoniga qo’yilgan. 3 Aynan neolit davri diniy e’tiqodlari O’rta Osiyo bilan solishtirilganda Joytun madaniyatining o’ziga xos yangi qirralarini ko’rishimiz mumkin. Bu davrda matrarxar davrining ya’ni ona urug’i davrining ahamiyati ijtimoiylik bilan bog’liq bo’lib ayol xudolar vujudga kelishiga asos bo’lgan. Neolit davri Jaytu madaniyati dehqonchilik munosabatlarida kishilarning diniy ong o’zgarishlari eng yetakchi o’ringa chiqdi. Aynan ona urug’i rahbarligida qon – qarindoshchilikga asoslangan ijtimoiy tuzum ona urug’i atrofida birlashadi va bu birlashuvni ayol ona urug’i butun jamoani o’choq atrofiga birlashtiradi.
1 Kabirov J. “Sarmishsoyning” qoya toshlardagi rasmlar. T. 1976.